9.2. Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining
tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash
Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash
uchun keng qo‘llaniladi. Masalan, g‘arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning
muvofiq joylashgan yerini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun
hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini
o‘rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun ―Boshqaruv muammolari bo‘yicha Yevropa
forumi‖ (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan
mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan
ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat
bo‘lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi
guruhdashtiriladi:
-
iqtisodiyot(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi;
-
sanoatning ishlab chiqarish quvvati;
-
bozorning dinamikasi;
-
kishilik kapitali;
-
davlatning obro‘si;
-
xom ashyo bilan ta‘minlanganlik;
-
tashqi bozorga qaratilganlik;
-
innavatsion salohiyat;
-
ijtimoiy barqarorlik.
Bu 10 omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu
turli tumanlik menejerning ist‘edodidan ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri
sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o‘g‘itlarga
xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan
ishchi kuchining qiymatigacha, tsement ishlab chiqarishdan bo‘sh vaqtni
rejalashtirishgacha yoziladi. Bunda keltirilgan 10 omillardan har birini baholash
uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo‘yicha murakkab vazifa vujudga
keladi. SHveytsariyali mutaxassislar, masalan, ―kishilik kapitali‖ni ta‘riflash uchun
quyidagi indikator- lardan foydalanishni taklif qiladilar ( 2 - jadval).
80 – yillarda AQSH, Yaponiya, GFR, Kanada va SHveytsariya hamisha
yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil
145
qiluvchi, balki eng asosiysi – ularning raqobatbardoshligining tuzilishi bilan ham.
CHunonchi: iqtisodiyotni jahon talabi o‘zgarishlariga moslashganligi darajasi,
ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisos- lashishni to‘g‘ri tanlanishi,
qat‘iy va ba‘zida ma‘nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi
tovarlarni ishlab chiqarishga o‘ta olishlik, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va h.k.
bilan. Yetakchi g‘arbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlarining sababi
xuddi safarbarlikda, ya‘ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va o‘z
salohiyatini tarkibiy qayta qurish yo‘li bilan unga o‘z vaqtida javob qaytarish va
uni kerakli yo‘nalishlarda rivojlantirishdadir.
Mutaxassislarni ta‘kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida ―shtik bilan‖
hujumga boruvchi emas, balki to‘g‘ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi
kishi g‘alaba qozonadi.
Matritsa usuli
. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan
bog‘liqlikda ko‘rib chiquvchi g‘oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri
ushbu usulning metodologik asosi bo‘ladi.
70 –yillarning o‘rtalarida ―Boston konsalting grupp‖ marketing firmasi
o‘zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning
raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo‘lib, hozir u
har xil korxonalar va sohalarning raqobat- bardoshligini tadqiqot qilishda
qo‘llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko‘rsatkichlar asosida qurilgan
matritsadir. Vertikal bo‘yicha bozor sig‘imining to‘g‘ri chiziqli ko‘lamdagi o‘sishi
sur‘atlari ko‘rsatiladi. Gorizontal bo‘yicha esa – tadbirkor yoki korxonaning
bozordagi logarifmli ko‘lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar,
firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o‘zlarining parametlari va
bozor sharoitlariga ko‘ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo‘lganlar
raqobatbardoshroq hisoblanadilar.
Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o‘z
korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham
baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin .
Matritsa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qo‘llaniladi, bizning
tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun
ishonchli qurol bo‘ladi.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga
oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko‘proq menejerlarning
san‘ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy maho- ratiga bog‘liq. Biznesning
murakkab dunyosida bunday o‘zini o‘zi baholash yetarli emas. Ammo
muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar,
maslahatchilar va raqiblarning ko‘zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus
ishlab chiqilgan standartlardan, ya‘ni etalon uchun qabul qilingan har xil
korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan
foydalanish foydali- dir. Bu holda yutuqlarni o‘zi tomonidan baholashga aniqlik,
tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos
keladi.
146
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so‘z yotadi.
Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq
muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya‘ni jamiyatda qabul qilingan va
mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me‘yorlar, iste‘molchilarning ruhiy
qarashlari, milliy an‘analar va h.k. ko‘rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial,
ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga
imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq
tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi.
Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko‘rinishda quydagicha aks
ettirish mumkin:
E
bft
= D
Nt
+ D
po
+ D
pb
+ D
pf
P
ht
Pa yoki P
prim
shartida max
bu E
bft
>E
bnt
, agar E
bft
Ebnt
, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun ,
yoki faqat jamiyat uchun samarali bo‘ladi.
Evf* va Eb
i
* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes
samaradorligining haqiqiy va me‘yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig‘ma
daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to‘lovlar to‘langandan keyin
korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan
daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan
daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy
baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari,
xom ashyo, materiallarning me‘yoridan ortiq zaxiralari, o‘rnatilmagan uskunalar,
sug‘urta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qo‘llanilgan resurslar (avanslashtirilgan
resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya‘ni rezervli ish joylari, xom ashyo,
materiallarning me‘yoridan ortiq zaxiralari, o‘rnatilmagan uskunalar, sug‘urta va
tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks
ettiradi. CHunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda
faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat
qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat
raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar.
G‘arbda ular o‘zlarini o‘stirgan mamlakatlaring faxri bo‘ladilar, ularning
menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar
kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va
sotsial fondlarga ihtiyoriy to‘lovlar to‘langanidan keyin korxona ixtiyorida
qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo‘shilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati
minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial
147
to‘lovlarni o‘z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha
daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar,
to‘lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon
berishlar, holatiy yo‘qotishlar va h.k.) ko‘rinishida undirib olinadigan
daromadlarga bo‘linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy
fondlar va moddiy aylanma mablag‘lar, avans qilib berilgan yoki qo‘llanilgan
sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat,
vaqt, bozor sig‘imining o‘zlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo‘li
bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona
salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir
qator ko‘rsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi,
unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo‘ladi. Standartlarni ishlab chiqish
usullari g‘oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. CHunki rivojlangan
mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular
orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |