136
bo‘lmaydi, ammo yig‘ila boradi. Piravordida portlash sodir bo‘lishi ehtimoli
o‘sadi;
ishontirish usuli;
majbur qilish usuli. rahbar o‘z nuqtai nazarini qabul qilinishiga majbur qilish
uchun hukmronlikdan foydalanadi.
Quyidagilar ushbu usulning kamchiliklari bo‘ladilar:
qul ostidagilarning tashabbusini bo‘g‘ish, faqat bitta nuqtai nazar taqdim
etilganligi sababli barcha muhim omillar ham hisobga olinmas- liklari ehtimoli
vujudga keladi;
murosaga kelish usuli, ya‘ni boshqa nuqtai nazarni qabul qilinishi. Ushbu
usul boshqaruv vaziyatlarida yuqori baholanadi, chunki yomon niyatlilikni
kamaytiradi va nizoni tez hal qilish imkoniyatini beradi. Ammo muhim muammoni
hal qilish munosabati bilan vujudga kelgan nizoning boshlang‘ich bosqichida
murosadan foydalanish, mukobillarni qidirib topishga halaqit berishi mumkin.
muammoni hal qilish usuli. Bu usuldan foydalanayotgan rahbar nizoli
vaziyatni hal qilishning eng yaxshi variantini topishga harakat qiladi. Tadqiqotlar
nizoli vaziyatlarni boshqarishga ushbu yondoshuvning yuqori samaradorligini
tasdiqlaganlar.
Menejer tomonidan nizoli vaziyatlarni hal qilishda tashkilotning qadriyatli
mo‘ljallari (hulq me‘yorlari)ga o‘zgarishlarni tashkiliy kiritish yo‘li bo‘yicha
borish; har xil manfaatlarni hisobga olish mexanizmlarini ishlab chiqish;
qarashlardagi yagonalikni ishlab chiqish uchun tadbirlar kiritish (guruhlar bilan
muzokaralar olib borish, ishontirish usulidan foydalanish, maslahatlar o‘tkazish,
rozi bo‘lish) tavsiya etiladi.
Bunda menejerlarga hech qachon faqat nizoda ishtiroq etuvchi bir tomonning
o‘rganish bilan cheklanmaslik va buning asosida qarorlar qabul qilmaslik kerak.
Nizolarni hal qilishning usullari va vositalari har xil bo‘lishi mumkin.
shaxsiy (shaxsli yondoshuv);
rasmiy (ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar, qoidalar asosida);
ijtimoiy (guruhlarning ijtimoiy holatini hisobga olish bilan);
yuridik (qonun doirasidagi harakatlar).
SHunday qilib, mehnat jamoalaridagi nizoli vaziyatlarni boshqarsa bo‘ladi.
Ularni bartaraf qilishda rahbarlar, menejerlarga katta rolь tegishlidir.
Turli tuman yondoshuvlar va aniq axborotlar qarorlar qabul qilishga ta‘sir
ko‘rsatuvchi muhim omillar bo‘lgan murakkab vaziyatlarda menejerlar vujudga
kelayotgan nizolarni o‘z vaqtida aniqlashlari va ularni hal qilishlari, alohida
hollarda vujudga kelgan vaziyatlarni rag‘batlan- tirishlari va ulardan
muammolarni hal qilish uchun foydalanishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: