52
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarorida jarayon tartibi aniq ko‘rsatilmaganligi
korrupsiyaviy holatlarga olib kelmoqda.
Jumladan, “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta
tiklash
va
o‘qishdan
chetlashtirish
tartibi
to‘g‘risida”gi
Nizomning
4-bandida, Oliy ta’limning turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan. Turdosh ta’lim
yo‘nalishini qarorda aniq ko‘rsatilmasdan havolaki normaga yo‘naltirilishi mazkur
qarorda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz rivojlanayotgan va dunyo hamjamiyatida o‘z munosib o‘rnini
belgilayotgan bir paytda, Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, faqatgina
erishilayotgan yutuqlarimizga mahliyo bulish kayfiyatida bo‘lmasdan, Vatanimizni
yanada yuksaltirish maqsadida muammo va kamchiliklarga ham e’tibor berib, ularni
aniqlab va o‘z vaqtida bartaraf etishimiz lozim.
Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishiga sababchi
bo‘lgan omillarni turli asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Xususan, mazkur omillarni xususiyatlarni umumiyligiga ko‘ra: iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy va ma’daniy omillarga bo‘lish mumkin. Har bir omillarni amaliy
misollar yordamida ko‘rib chiqish ularni tub mohiyatini anglashga yordam beradi.
Iqtisodiy omillar
har doim har jabhada namoyon bo‘ladi ta’lim sohasida ham
bundan mustasno emas. Oliy ta’lim sohasida sodir etilayotgan ko‘plab
huquqbuzarliklarda iqtisodiy omillar yetakchi o‘rin egallaydi. Masalan, oylik
maoshini ko‘tarish, oliy ta’lim muassasasini zarur moddiy-texnik ashyolar bilan
ta’minlash, muassasada yangi binolar quyrish yoki mavjudlarini rekonstruksiya
qilish holatlarini barchasi iqtisodiy omillar bilan bog‘liq.
Siyosiy omillar
korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha sohalarga tasir
qilgani kabi oliy ta’lim sohasida muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, amalda
hukumat oliy ta’limni sohani “korrupsiyadan holi” tizimga aylantirish borasida
ijobiy islohotlarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmaganda, sohadagi
korrupsiyaviy holatlarni yillab muhokma qilganimizda ham foydasi bo‘lmas edi.
Zero, barcha o‘zgarish va islohotlar normativ huquqiy-hujjatlarni qabul qilish orqali
amalga oshiriladi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash barcha sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim sohasida
ham mavjud. Oliy ta’lm muassasalariga kirishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida 10 ta toifa bo‘yicha imtiyozlar berilgan bo‘lib , bular bir qarashda ijobiy
qo‘llab-quvavatlash bo‘lish mumkin, biroq ushbu imtiyozlarga ega bo‘lish
jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yilishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |