Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil


V. Talabalarni bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana12.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#656782
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
cbec92c485a85217cbe4312ceee25eac

V. Talabalarni bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini 
tayyorlash va himoya qilishi bilan bog‘liq korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning 
sabab va omillari

Oliy ta’lim muassasida bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini 
yozish va muvaffaqiyatli topshirish eng muxim imtixonlardan biri hisoblanadi. Shu 


50 
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 
sababli mazkur jarayondagi ayrim salbiy omillar korrupsiyaviy holatlarni keltirib 
chiqarmoqda. 
Mazkur jarayonda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar asosan uch xil usulda 
amalga oshirilmoqda: 
– yozilgan bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish 
sinovidan muvaffaqiyatli o‘tkazib berish evaziga pora olish orqali; 
– bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini yozib berish va 
himoya qilish sinovidan muvaffaqiyatli o‘tkazib berish evaziga pora olish orqali; 
– bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini yozib berish (bu 
asosan mas’ul ilmiy rahbar sifatida tayinlangan o‘qituvchilar tomonidan amalga 
oshirilmoqda).
VI. Oliy ta’lim muassasasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va himoya 
qilish bilan bog‘liq korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishining sabab 
va omillari. 
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va himoya qilish 
jarayonida korrupsiyaviy holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni keltirib 
o‘tamiz. 
Birinchidan
, ilmiy daraja berish tartib-taomillaridagi murakkabliklar, o‘rinsiz 
talab va korrupsiyaviy normalar ta’lim sifatiga ta’sir etmoqda. 
Xususan, ilmiy darajani himoya qilish uchun maxsus ilmiy nashr va xorijiy 
ilmiy jurnalda chet tilida ilmiy maqola chop ettirish, dissertatsiya natijalarini 
konferensiya materiali to‘plamlarida chiqarish izlanuvchidan qo‘shimcha mablag‘ 
talab qilish bilan birga ularni korrupsiyaviy harakatlarni sodir etishga undamoqda. 
Ikkinchidan
, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini baholashda
hamon eskicha fikrlashdan voz kechilmagan, professor-o‘qituvchilar umumiy 
sonini, ilmiy darajalilari soniga bo‘lib chiqarish amaliyotidan foydalanib 
kelinmoqda. 
Ilmiy salohiyatni belgilashda ilmiy ishlanmalar natijadorligi, ilmiy darajali 
pedagog kadrlarning ilm-fanga qo‘shgan hissasi kabi jihatlar umuman hisobga 
olinmay qolingan. 
Germaniya, Angliya, Avstriya, Shveysariya kabi Yevropa davlatlaridagi 
universitetlarining ilmiy salohiyati 53-90 foizni tashkil etsa, Rossiyada institut va 
universitetlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun 55-60 foiz ilmiy salohiyat talab 
qilinadi. 
Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 34 foizni tashkil 
etgani holda, bu ko‘rsatkich 31 ta oliy ta’lim muassasalarida 30 foizga ham 
yetmaydi. Ilmiy salohiyati eng past oliy ta’lim muassasalar qatorida 19% ko‘rsatkich 
bilan Termiz davlat universiteti hisoblanadi. 



Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish