47
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
tashkiloti mansabdorlari, muassasa rahbari, hisobchisi, qurilish bo‘yicha mutaxasis,
xo‘jalik bo‘limi mudiri xodimlari o‘rtasida turli tizimli jinoiy mehanizmlar asosida
talon-toroj qilinmoqda.
Oltinchidan,
oliy ta’lim muassasalarini o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash joriy
etilmaganligi davlat budjeti mablag‘larini o‘zlashtirishning asosiy sabablaridan biri
hisoblanadi.
Agar ta’lim muassasasi o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlasa davlatdan unga pul
mablag‘lari ajratilmaydi, bu o‘z navbatida budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatini
butunlay oldini olishga xizmat qiladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
3 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi
moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qarori bilan 2020 yil 1
yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida 10 ta oliy ta’lim muassasasiga o‘zini
o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishga ruxsat berildi.
II. Oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilish jarayonida
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishining sabab va omillari.
Birinchidan
, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imtixonlari, ya’ni test
sinovlari eskirgan bo‘lib, asosan yodlash va hotirada saqlash qobilyatiga asoslangan.
Bu ayniqsa ijtimoiy va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida keng tarqalgan, aniq fanlar
doirasidagi tizimli qoida va hisob kitob amallarini tushunish qobilyati ko‘rinadi
holos. Test sinovlari nomzodning dunyoqarishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari,
umuman olgan sof bilim darajasini belgilab bera olmaydi.
Ikkinchidan
, test sinovlariga talablardan juda keng doiradagi ma’lumotlarni
yodlashi talab etilgani sababli ularda bilmagan savol tushub qolishligi, imtihonlar
adolatli bo‘lmasligi haqida ishonchsiz tasavvurlar shakllanishiga olib kelmoqda va
bu ularni, ularning ota-onalarini oliy ta’lim muassasasiga kirishni noqonuniy
yo‘llaridan foydalanishga undamoqda.
Uchinchidan
, mamlakatimizda kirish imtixonlari kompyuter texnologiyalari
asosida o‘tkazilmaydi, talaba o‘z imtixon natijasini ma’lumot muddat o‘tkandan
so‘ng biladi. Imtixonlarni natijalarini tekshirish inson omiliga bog‘liqligi albatta
korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘ladi.
To‘rtinchidan
, kirish test sinovlari video tasvirga olinayotgan bo‘lsada, ayrim
ijodiy imtixonlarni tasvirga olish, uni saqlash talablari umuman yo‘q. Murojaatlarni
o‘rganish davomida sport amaliy san’at bo‘yicha imtixon video tasvirlarda kerakli
jarayonlar mavjud emasligi sababli masalaga oydiklik kiritishni imkoni bo‘lmayapti.
Beshinchidan
, mamalakatimizda oliy ta’limning qamrov darajasi past bo‘lib,
2019 yilda bu ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etmoqda. Raqobat muhitini kuchliligi
o‘z-o‘zidan bitiruvchi nomzodlar o‘rtasida oliy ta’limni muhim bosqichga
Do'stlaringiz bilan baham: |