Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil


  Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/127
Sana12.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#656782
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
Bog'liq
cbec92c485a85217cbe4312ceee25eac

60 
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 
ilovasiga qaratildi. Bunda ECTS ning vazifasi etib 2010 yilda yagonalashtirilgan 
oliy ta’lim tizimini yaratish emas, balki xalqaro “shaffoflik” ka erishish va mavjud 
ta’lim tizimlarini va malakalarini davlatlar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim siyosati 
sohasidagi avtonomligini saqlab qolgan holda moslashtirish belgilandi. Hozirgi 
kungacha deyarli barcha Yevropa davlatlari o‘z milliy oliy ta’lim tizimlarida 
islohotlar o‘tkazishdi, kredit ta’lim tizimini joriy qilishdi. Biroq, ular milliy ijtimoiy-
iqtisodiy masalalar yechimiga qaratilganligi sababli o‘zaro jiddiy farq qilishadi. Har 
bir davlat o‘zining noyob ta’lim tizimini, milliy, tarixiy va madaniy an’analarini 
saqlab qolishga harakat qilgan.
Shunday qilib, Yevropada mantiqan rad etib bo‘lmaydigan, maksimal darajada 
yaqinlashish va milliy tizimlarning baholash shkalalarini umumevropa andozasi 
bo‘yicha tenglashtirish uchun zarur bo‘lgan ECTS tizimi paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra 
Yevropa krediti – tyutor va talaba kontakt soatlari hajmining shartli birligi 
hisoblanadi. O‘rta hisobda bir o‘quv yilida talaba 60 Yevropa kreditlarini to‘plashi 
shart. 
Yevropa, Amerika va Britaniya sinov birliklari tizimi bilan bir qatorda Osiyo-
Tinch Okeani regioni uchun UCTS (University Credit Transfer System) universitet 
kreditlarini o‘tkazish tizimi ham mavjud. Bu tizimga regionning yirik davlatlari, 
masalan, Yaponiya va Xitoy umuman qo‘shilishmagan. Bu loyihaning tajriba 
sxemasi 5 yilga (1999-2004 yy.) mo‘ljallangan edi. Uning maqsadi UMAP (Osiyo-
Tinch okeani regionida universitetlar mobilligi) tashkiloti tomonidan regionda va 
UMAP faoliyat sohasiga kiruvchi hududlarda va dunyoning boshqa regionlaridagi 
davlatlar bilan birgalikda xorijiy oliy o‘quv yurtlaridagi olingan kreditlarni kafolatli 
tan olish orqali talabalar almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam ko‘rsatish 
edi. 
UCTS kreditlar shkalasi xuddi ECTS niki kabi bir akademik yil uchun 60 
kreditni tashkil qiladi (semestrda – 30). UCTS kreditlar shkalasi faqat 
konvertatsiyalash shkalasi sifatida ishlatiladi. U qabul qiluvchi va o‘qishga 
jo‘natuvchi oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud kreditlar tizimini (yoki o‘quv 
yuklamasini o‘lchashning boshqa turlarini) almashtirish uchun mo‘ljallanmagan. 
UCTS tizimi, akademik yil uchun 60 kredit va ECTS baholash shkalasi joriy 
etilganligi sababli ECTS modeliga asoslangan bo‘lib, u ECTS modelining 
soddalashtirilgan varianti hisoblanadi. UCTS tizimi institutlar o‘rtasida faqat 
talabalarning yuklamalari va baholarini tan olish va o‘tkazish maqsadida ishlab 
chiqilgan, u muayyan institutdagi mavjud tizimni almashtirishni nazarda tutmaydi. 
UCTS tizimida fakultet vakili faqat UCTS dan foydalanish bo‘yicha umumiy 
tavsiyalar beradi va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida muloqot yurituvchi shaxs 
hisoblanadi. Talabaning o‘zi shaxsiy xorijiy ta’lim dasturini tuzadi. Talaba dasturni 



Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish