56
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2020 yilga “Ilm, ma’rifat
va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishning taklif etilishi, maktab
bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini bosqichma-bosqich oshirib
borish, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish,
mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish, oliy ta’limda
o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkazish, qator oliy ta’lim muassasalarini
o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tkazish, ta’lim sohasini to‘liq raqamlashtirish,
davlat-hususiy sheriklik mexanizmlarini ta’lim sohasiga ham keng tatbiq etish
masalalari shu kunning dolzarb masalalari ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu murojaatnomada birinchi o‘ringa xalqning bilim darajasini oshirish
masalasi qo‘yilgan, bu esa millatning raqobatbardoshligini belgilovchi omil
hisoblanadi. Shu sababli, tabiiyki, ushbu hujjatda zamonaviy talablar va jahon
standartlariga javob beradigan milliy ta’lim tizimini yaratish muammosining
elementlari ham o‘z aksini topgan.
1999 yilda 29 ta davlat tomonidan Bolonyada yagona ta’lim muhitini yaratish
jarayonida ishtirok etish haqidagi Deklaratsiya imzolandi. Uning maqsadi
taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul qilish, akademik va kasbiy tan olishni
yengillashtirish va bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlashga
qaratildi. Bolonya jarayoni barcha davlatlar uchun ochiq bo‘lib, bugungi kunga kelib
ishtirokchi davlatlar soni 50 ga yaqinlashib qoldi.
Bolonya deklaratsiyasini imzolagan barcha davlatlar oliy ta’limning ikki
bosqichli (bakalavriat – 3-4 yil, magistratura – 1-2 yil) tizimiga o‘tishgan. Oliy
ta’limdan keyin doktor (3-4 yil) darajasini olishga imkon yaratiladi.
Xorijda ECTS (European Credit Transfer System) tizimi ta’lim tizimining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Har bir o‘quv faniga yuklama hajmidan,
kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhimligidan kelib chiqib kredit bali belgilanadi.
Talaba har bir fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan taqdirda belgilangan kreditlarni
oladi va bu kreditlar yig‘indisi unga mos bo‘lgan bakalavr yoki magistrlik darajasini
olishga imkon beradi.
Xo‘sh, kredit-modul tizimi nimani nazarda tutadi? Bugungi kunda ta’lim
dasturlarini amalga oshirish uchun dunyo tajribasida kredit tizimi deb nomlangan
amaliyotdan keng foydalaniladi. Kredit tizimi o‘z ichiga ta’lim va uning uchun
sarflanadigan umumiy mehnat xarajatlari miqdorini qamrab oladi. Jahon
amaliyotida Amerika Qo‘shma Shtatlari kredit tizimi (USCS), Kreditlarning
to‘plash va o‘tkazishning Britaniya tizim (SATS), Yevropa kredit tizimi (ECTS),
Universitet kreditlarini o‘tkazishning Osiyo - tinch okeani tizimi (UCTS) eng keng
tarqalgan tizimlar hisoblanadi.
“Kredit soat” tizimi dastlab AQShda paydo bo‘lgan va takomillashgan. 1969
Do'stlaringiz bilan baham: |