Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

 
7.4. 
Х
alqaro raqobat kurashi 
 
Х
alqaro raqobat kurashini
 
olsak, u mamlakatlar o’rtasidagi, shuningdek, 
xalqaro yirik birlashmalar, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi kurashdir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


52 
Bunda xalqaro bozorlarni egallash, xomashyo hududlarini o’zlashtirish, ilmiy-texnika 
manbalarini qo’lga kiritish kabi asosiy tomonlarni ko’proq egallashga uriniladi. 
Natijada iqtisodiy taraqqiyot manbalarini o’z ixtiyoriga olish, buning asosida o’z 
boyliklarini orttirish, olinadigan foydaning darajasini ko’tarish kabilarga muyassar bo’linadi. 
Jahon iqtisodiyotiga qo’shilib borish, xalqaro bozorda ta’sirli kuchga ega 
bo’lish va xalqaro mehnat taqsimotida manfaatli o’rinlarni egallash xalqaro raqobat 
tufayli amalga oshadi. Bu barcha mamlakatlarni kuchli iqtisodiyotga ega bo’lishga, 
ilyur ishlab chiqarish darajasini qo’lga kiritishga undaydi. 
Jahon miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi mamlakatlar va birlashmalar soni ortib 
bormoqda. Bu faqat jahon iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’sir qo’rsatish bilan 
chegaralanmasdan, balki ichki bozordaga monopol holatning oldini olishga ham 
ta’sir etmoqda. Chunki, bozorda qatnashuvchi sotuvchilar qancha ko’payib borsa, 
monopol ta’sir shuncha zaiflashib boradi. Ko’pchilik mahsulot bozorlarida mayda 
firmalar kamayib, yiriklari ko’payib bormoqda. Bu resurslar bozoriga ham taalluqlidir. 
Mehnat bozoridagi kasaba uyushmalarining faoliyati ham shunday mazmunda 
bo’ladi. Bir qator yuqori foydali tarmoqlarda patent mushkulligi va boshqa tur 
resurslardan foydalanishdagi to’siqlarning ko’payib borishi raqobat kuchini 
zaiflashtiradi. Lekin jahon raqobat kurashi natijasida chet mahsulotlarining kirib 
kelishi bozor ishtirokchilarini ko’paytirish orqali ichki raqobat imkoniyatlarini 
oshiradi. 
Chunonchi, AQSh, G’arbiy Ovro’po, qisman YAponiyani olsak, avtomobil va 
po’lat bozorlari kabi, oziq-ovqat mahsulotlari, resurslar bozorlarida ham yirik 
firmalar hissalari oshib, bu raqobat ta’siriga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, 
hozirgi davrda bir qancha oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha chet firmalar o’zlariga 
yo’l ochib, istiqbollarini ta’minlamoqdalar. Masalan Gollandiya oziq-ovqat eksporti 
bo’yicha etakchi o’ringa chiqdi. 
Raqobat turlari va harakat mazmunlari mavjud bo’lib, u jadvalda 
ko’rsatilganlardan iborat bo’ladi. 
Raqobat turlari va ta’siri 
Raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda 
marketing kontseptsiyasida raqiblarga, uni tanlashga katta e’tibor beriladi. Raqiblarni 
RAQOBAT 
Tarmoqlar ichki 
raqobati 
Tarmoqlararo raqobat 
Ja
щ
on iqtisodiyotidagi 
raqobat 
Х
aridor uchun kurash, 
baho darajasiga ta’sir 
etish. 
Texnik progress, shaxsiy 
va ijtimoiy manfaatdorlar 
Jahon bozori rivoji, 
ichki bozorga ta’sir 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


53 
avvalo firmalarga qarab belgilash kerak, ya’ni qaysi firmalar qanday tovarlarni 
bozorga chiqaradi, ya’ni sotuvchi sifatidagi raqiblarni aniqlash va ularni o’rganishga 
qaratilgan ishlarni belgilash va amalga oshirish talab etiladi. So’ngra xaridor-raqiblar 
o’rganiladi. Bunda mashhur "Mar-keting asoslari" kitobi muallifi Filip Kotlyar 
izlanish usulini taklif etadi. U raqiblarni to’rtga bo’lib o’rganishni tavsiya etadi: 1) 
istak bo’yicha raqib; 2) tovar turi bo’yicha raqib; 3) tovar xili bo’yicha raqib va 4) 
tovar markasi bo’yicha raqiblar. Iste’molchilar xarid qilish bo’yicha qanday qarorga 
kelishini aniqlash har bir firma uchun ko’proq o’z tovarini sotish yo’lini topish, ya’ni 
o’z xaridorlarini aniqlash imkonini beradi. U "Neksiya" mashinasini chiqaruvchi 
Asakadagi zavod misol keltirib, avvalo xaridorning qanday tovarlar sotib olishi 
mumkinligi, ular ichida qanchasi transport vositalari, so’ngra qanchasi mashina sotib 
olishi, oxiri mashinaning "Neksiya" markalisini qancha xaridor sotib olishi 
mumkinligini va umuman, boshqa markali mashinalarni sotib oluvchi raqiblarni 
Rossiya, Qozog’iston va boshqa davlatlarda aniqlab, o’z xaridorlarini ko’paytirish 
choralarini qo’llashi qayd qilinadi. 
Raqobat asosiy tartibga solish mexanizmi sifatida ishlab chiqaruvchilar va 
resurslar bilan ta’minlovchilarni xaridorlar hukmiga yoki iste’molchilar 
mustaqilligini ta’minlash manfaatiga to’la bo’ysundiradi. Haqiqatan ham raqobat 
sharoitida ko’pchilik sotuvchi va xaridorlarning hukmi bozor bahosini belgilaydi
ya’ni yakka holdagi ishlab chiqaruvchilar va resurslar bilan ta’minlovchilar 
xaridorlarning istagiga moslashadilar. Bu istak-larni bozor tizimi inobatga olgan holda 
sotuvchilarga etkazadi. Bozor tizimiga bo’ysunib ish tutuvchi raqobatdagi ishlab 
chiqaruvchilar foydaga ega bo’lib, o’z mavqelarini mustahkamlab borsa, bozor 
qonunlarini buzuvchilar zarar ko’radi va ularni sinish, bankrotlik kutishi mumkin. 
Raqobat kuchi ta’siri sharoitida xaridorlar xo’jayin, bozor — ularning vakili, 
korxonalar esa ularning xizmatkori vazifasini bajaruvchi sifatida mavjud bo’ladilar. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish