Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

 
7.3. Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch 
 
Umuman, raqobat iqtisodchilar tasavvuri bo’yicha quyidagilarni bildiradi: 
1)
Bozorda turli, istagan aniq mahsulot, resurslarni erkin holda sotuvchi va 
sotib oluvchilarning mavjudligi. 
2)
Sotuvchi va xaridorlarning istagan bozorda yoki iqtisodiy tarmoqda erkin 
qatnasha olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi. 
Raqobat o’z mohiyatini bozor ishtirokchilariga taalluqli iqtisodiy kuchlar 
tarqoqligida ifoda etadi. Buni shunday izohlash mumkin. Ma’lum bir bozorda, 
chunonchi, g’alla bozori yoki ip gazlama bozorida juda ko’p sotuvchi va xaridorlar 
mavjud, shu bilan birga tovarlar mo’l-ko’l, deylik. Bunday sharoitda sotuvchi va xaridorlar 
o’zlari uchun ma’qul bahoni talab eta olmaydilar. Chunki, alohida holdagi ularning 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


50 
urinishlari bahoga ta’sir etmaydi va bunda ayrim harakatlar muvaffaqiyat keltirmay, 
mavjud muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo’yicha oldi-sotdi amalga oshadi. 
Raqobatning mohiyati shuki, har bir sotuvchi bozordagi juda ko’p miqdordagi 
sotuvchilar ishtirokida o’zining nisbatan kichik hissasi bilan umumiy taklifga ta’sir 
ko’rsata olmaydi, demak, bahoni ham yakka holda o’zgartira olmaydi. Aytish 
mumkinki, raqobat shundan iboratki, har bir sotuvchi — taklif sub’ekti umumiy 
taklifga kichik hissa qo’sha oladi va umumiy oqim ichida bo’ladi. YAkka holdagi 
sotuvchilar taklifning umumiy miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydilar, shuning 
uchun ham yakka ishlab chiqaruvchi sifatidagi sotuvchi mahsulot narxini istaganicha 
o’zgartira olmaydi va unga istagan holda munosabatda bo’la olmaydi. Haqiqatan 
ham har bir sotuvchi yakka-yakka holdagi harakatda va raqobatda qatnashuvchi 
sifatida bozor ixtiyorida bo’ladi. Bunda raqobat yakka-yakka holdagi barcha yoki 
juda ko’pchilik sotuvchilar harakatidan iborat bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, raqobat 
bozorda hukmronlikni inkor etib, erkin harakatni talab etadi. 
Х
aridorlar to’g’risida ham shuni aytish mumkin, ya’ni ular ham bir-biriga 
bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy harakatda bo’ladilar. Umumlashtirib aytganda, 
raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning keng tarqoqligi bu 
hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan zararli foydalanish 
imkoniyatlarini chegaralab boradi. Demak, iqtisodiy imkoniyatlar uchun kurash 
iqtisodiy birliklarning o’z foydasini ko’zlab, bir-biriga zarar keltirishga to’siq bo’lib 
xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o’z manfaatlarini ta’minlashining 
amalga oshuvining chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham raqobat bozor 
iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. 
Yuqorida 
qayd 
qilib 
o’tilgan 
raqobatlarning 
ikkinchi 
tomoni 
ishtirokchilarning tanlov erkinligidir. Bozor sharoitida har bir tadbirkor istagan 
tovari bilan ish ko’rishi, xohlagan tarmoqda faoliyat ko’rsatishi va zarur topganda 
hech qanday to’siqlarsiz va qiyinchiliksiz bu tarmoqdan chiqib ketib boshqasiga 
o’tish imkoniga egadir. Bu bilan ma’lum tarmoqlar, sohalarning zaruriyatga qarab 
kengayishi yoki torayishi imkoni ta’minlanib boriladi. Chunki, talab va taklif 
muvozanati tufayli ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning tarmoqlararo harakati 
erkinligi ta’minlanadi. Bunday sharoit iqtisodiy moslashuvni ta’minlaydi va 
samaradorlikning saqlanib borishi imkonini tug’dirib boradi. 
Endi biz raqobatning faqat tarmoqlar manfaati bilan chegaralanmay, uning 
tarmoqlararo va umumjamiyat manfaatlari borasidagi ta’siri va harakatini ko’rib 
chiqaylik. Bozor mexanizmlari bo’lgan talab va taklif orqali iste’molchilar va 
jamiyat istaklari korxonalarga, korxonalar orqali esa resurslar bilan 
ta’minlovchilargacha etkaziladi. Bu jarayonda raqobat ta’sirini ko’ramiz. Ma’lumki, 
iste’mol talabining ko’tarilishida baho o’z aksini topadi. Talab ortib borishi tufayli 
baho ko’tarilib boradiki, natijada yuqori foyda olinadi. Bu o’z-o’zidan shu 
mahsulotlarga talab oshgan va ularni ko’proq ishlab chiqarish kerakligadan xabar 
beradi. Raqobat, ayniqsa bunga qo’shiluvchi yangi firmalar ishlab chiqarishni 
kengaytirib, bahoning xarajatlar darajasida bo’lishini ta’minlashi mumkin. Agarda bu 
jarayonga raqo-batning ta’siri bo’lmay, monopoliyalik mavjud bo’lsa, o’zgarish yuz 
bermaydi va ortiqcha foyda olish davom etaveradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


51 
Raqobat faqat jamiyat talabiga e’tibor berish va ba’zi tarmoqlarning kengayishi 
va qisqarishiga olib kelish bilan chegaralanmay, firmalarni eng samarali 
texnologiyaga o’tish, ilg’or ishlab chiqarishni ta’minlab borishga undaydi. U past va 
kam samarali texnologiya asosida ishlab chiqarishni uyushtirgan firmalarni 
qo’llamaydi va ularning boshqa ilg’or raqiblar tomonidan siqib chiqarilishiga olib 
keladi. Shuning uchun raqobat, aytganimizdek, texnik progress imkonini qo’llaydi va 
uni keng taraqqiyotiga undaydi. 
Raqobatli bozorning yana eng muhim tomonlaridan biri, oldingi mavzuda 
ko’rganimizdek, xususiy va ijtimoiy manfaatlar uyg’unligining ta’minlanishidir. 
Chunki, bu juda muhim va o’ta zarur bo’lgan manfaatlar tengligiga xos hodisadir. 
Bunda o’ta muhim bo’lgan davlat manfaati ham ko’zda tutiladi. Aytganimizdek, 
tadbirkorlar eng tejamli resurslar kombinatsiyasini, ya’ni mavjud raqobat sharoitida 
xususiy manfaatga ham to’la mos keladigan kombinatsiyani qo’llaydilar. 
Tadbirkorlarning texnik progressga asoslanmagan holdagi ishlab chiqarishi zarur 
foyda bermaydi va pirovardida sinishga olib keladi. Shu bilan birga kamyob 
resurslarni ishga solish, kam xarajatli ishlab chiqarishni uyushtirish eng samarali 
usullardan bo’lib, bu jamiyatga juda foydalidir. 
Х
ulosa qilib aytganda, raqobat kuchi shaxsiy manfaatni tartibga solib, uni 
shunday yo’naltiradiki, u o’zidan-o’zi jamiyat manfaatining maqsadga muvofiq 
ravishda ta’minlanishiga olib keladi. Bozorga xos "ko’zga ko’rinmaydigan qo’l" 
ta’siri shunday yakunlanadiki, firmalar o’z foydalarini imkoni boricha yuqori 
darajaga etkazsalar, jamiyat mahsuloti ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi. 
Raqobatning bo’lishi, raqobat ta’sirining kuchayishidagi asosiy shart 
xo’jaliklarning turli-tumanligidir. Umuman, kurash to’g’rililik, ko’p xalollikni talab 
qiladi. Bozor iqtisodiyotida ko’p xillik xo’jaliklar, ularning egalari bir-birlarining 
raqiblari bo’lib, ular raqobat jarayonida faol ishtirok etishlari kerak. 
Х
o’jalik turlari 
juda oz yoki bir xil bo’lsa, raqobatning ta’sir doirasini kengaytirish uchun sharoit 
bo’lmaydi. 
Raqobat uchun xo’jalik usullari, shakllari ko’payishi kerak. Ayniqsa, xususiy 
xo’jaliklar ko’payib, asosiy o’rinni egallashi zarur. Qaror xususiy xo’jaliklar bilan bir 
qatorda kooperativlar, birlashma, qo’shma xo’jaliklar ko’payishi talab etiladi. Davlat 
xo’jaliklari ham shaklan va ham mazmunan o’zgarib, bozor talablari asosida qayta 
tashkil etilishi kerak. Bularga hissador (aktsiyali) jamiyatlar, ijarali xo’jaliklar kabilar 
misol bo’li-shi mumkin. 
Yuqorida aytganimizdek, busiz xo’jalik yuritishda mustaqillik bo’lmaydi, 
mustaqilliksiz raqobatni tasavvur etib bo’lmaydi va umuman bozor mazmunsiz 
bo’ladi. 
Raqobat jahon iqtisodiyoti miqyosida ham bo’lib, uning milliy mamlakatlar 
iqtisodiyotiga ham ta’siri bo’ladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish