Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

7.2. Raqobat va baho 
 
Raqobat kurashida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan narsa 
bahodir. 
Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo’lib, raqobat orqali yuzaga 
keladi. Ma’lumki, har bir tovarga talab yuqori bo’lsa, baho ham ko’tarilishi kerak. 
Shunga ko’ra tovarlar sarf-xarajatiga ko’ra juda yuqori yoki juda past bahoda sotilishi 
mumkin. Yuzaki qaraganda sun’iy ravishda talabni ko’tarish tufayli bahoni oshirish 
mumkinga o’xshaydi. Mavjud sharoitga ko’ra shunday holat ham yuz beradi. Lekin 
raqobat natijasida bunday holat doimiy yoki uzoq cho’zilishi mumkin emas. Baribir 
ko’p tovar sotishga intilish ustun keladi. 
Iste’molchining daromad darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi baho raqobat holatiga 
bog’liq bo’lib, u turg’un bo’la olmaydi, to’xtovsiz o’zgarib turadi. Bozor ishtirokchi-
lari uchun bozor holatini ko’rsatib turadigan narsa ham baho bo’lib, u sotuvchi va 
xaridorlarning harakat yo’nalishini aniqlab beradi. Chunki bozor ishtirokchilari 
bozorga qachon va qancha tovar etkazib turishni baho darajasi orqali aniqlaydilar. Bu 
esa bevosita ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi. Qachon, qancha, qanday tovar ishlab 
chiqarishni bozordagi yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko’riladi. 
Raqobat tufayli paydo bo’ladigan bozordagi baholarning tadbirkor va 
iste’molchilar uchun muhimligini ikki narsada ifodalanadi. Birinchisida 
tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalanadi, ikkinchisida bozor holati aniqlanadi. 
Iste’molchi - xaridorni olsak, u ham bahoga ikki tomonlama bog’liqdir. 
Birinchidan, bahoning darajasi, harakat mazmuniga qarab, qaysi tovarni qachon sotib 
olish va qancha miqdorda sotib olishni aniqlaydi. Ikkinchidan, daromadning 
taqsimlanishi va reallik darajasini aniqlab beradi. Baho ko’tarilib boraversa, albatta 
daromad darajasi pasayib boradi. Lekin raqobat baholarning pasayishiga ham olib 
keladi. Chunki, iqtisodiyotda, shaxsiy daromadda yuz beradigan barcha o’zgarishlar 
bozorda raqobat tufayli yuzaga keladigan baho darajasida o’z ifodasini topadi. 
Shunga ko’ra, barcha bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar, katta diqqat va 
e’tibor bilan bahoni kuzatib boradilar, uning o’zgarishini o’z vaqtida bilib turish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


49 
choralarini qo’llaydilar. 
Demak, bozorda paydo bo’ladigan baho bozor iqtisodiyotining ko’zgusi bo’lsa, 
raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Raqobat va baho mexanizmlari o’z ta’sirlari 
bilan bozorni harakatlantiruvchi muhim mexanizmlar bo’lib, bozor iqtisodiyotining 
boshqarilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular bozor iqtisodiyotini o’zidan-
o’zi harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi ichki kuchlaridirki, unga tashqaridan 
sun’iy ta’sir ko’rsatish va bahoni raqobatsiz oldindan belgilash bozor tabiatiga to’g’ri 
kelmaydi, uning mexanizmi harakatlariga faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Aytish mumkinki, raqobatning asosida, shaxsiy manfaat yotadi va bu raqobat 
kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch bag’ishlaydi. Buning 
boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o’z nafsini ko’zlay-di. Har bir tadbirkor yuqori 
foyda uchun, hech bo’lmaganda kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar egalari 
uni sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish kuchi 
egalarini olsak, miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni boricha 
ko’p daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor sifatida, 
aytganimizdek, past bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor 
iqtisodiyoti faoliyatida tartib o’rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan 
tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki, 
turli iqtisoday birliklar o’z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat 
asosida ularning asosiy harakat tarzi shakllanadi. Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir. 
Masalan asosiy xalqaro savdo nazariyalarini ko’rib chiqqanda Olmoniya 
xalqaro bozorda sotadigan va sotib oladigan mollarining tabiati va sonini narx 
belgilaydi. Olmoniyada bitta sanoat uskunasiga 5 evro xarajat qilsa, qo’shni 
Daniyada bu xarajat 10 evroni tashkil qiladi, mebel esa 20 va 30 evroni tashkil 
qiladi. YA’ni Olmoniyada bitta mebelga 4 baravar ko’p xomashyo xarajat qilish 
kerak (20 : 5). Daniyada bu nisbat 3 ga teng (30 : 10). Demak Daniyada mebel 
chiqarish avzal, Olmoniyada esa uskuna ishlab chiqarish avzaldir. 
YAna bir misol. Braziliyada tayyorlangan poyabzalni narxi 15 evro bo’lsa, 
Italiyada tayyorlangani 30 evroga teng, kiyim esa 30 va 60 evrogv teng. Bu raqamlar 
raqobat bozorida Braziliyani ushbu tovarlar bo’yicha 1 : 2 nisbatan Italiya tovarlariga 
nisbatan ustunligini ko’rsatadi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish