Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

6.2.
 
 Bozor iqtisodiyotining turlari 
 
Bozor iqtisodiyotining yashovchan va istiqboli bo’lishi sabablaridan biri uning 
inson ezgu niyatlarini amalga oshira olishida. Kishilarning shaxsiy manfaati «o’zim 
bo’lay» degan so’zni yuzaga chiqaradi. Bozor iqtisodiyoti har bir kishining shaxsiy 
manfaatini o’zgalar manfaati bilan bog’lay oladi. Kishilarshshg o’ziga naf keltiruvchi 
ishi boshqalarga ham ma’qul tushadi. Masalan, tovarni ishlab chiqarish va sotishdan 
foyda ko’rish uchun uni bozorbop qilib, ya’ni boshqalarning talab — ehtiyojini 
qondira oladigan qilib yaratish zarur, o’zgalar manfaatini bozor orqali hisobga 
olmagan kishi o’z
 
manfaatiga erisha olmaydi. 
Kishilardagi «o’zim bo’lay» degan harakat ularda mulk sohibi bo’lish 
ishtiyoqini yuzaga ksltiradi. Inson tabiatiga eng mos tushadigan mulk bu xususiy 
mulkdir. Kishilar qanchalik «o’zim bo’lay» demasin, baribir o’zlari tanho yashay 
olmaydilar. Ular albatta ayirboshlash yuzasidan aloqaga kirishadilar. Shu xislat bilan 
odam boshqa tirik jonzodlardan ajralib turadi. 
Insondagi ayirboshlashga bo’lgan moyillikni na ayirboshlashni bozor iqtisodiyoti 
yuzaga chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy tanlov erkinligi bor, har bir kish o’ziga naf 
keltiruvchi ishni o’zi tanlashga haqli. Shu sababli u yoki bu ish bilan tanho bir yoki 
bir necha kishining shug’ullanishi iqtisodiy erkinlik tamoyiliga zid keladi. Raqiblar 
bir xil ish bilan shug’ullanishi o’z kuchini turli sohada sinab ko’rishi mumkin. 
Masalan, savdo-sotiqni eplay olmagan kishi sanoat, maishiy xizmat yoki 
dehqonchilik bilan shug’ullanishi mumkin. Kuch sinab bellashuvda «kim 
yutadi?» qoidasiga binoan va tavakkaliga ish qilish imkoni cheklanmagan. 
Har bir kishining boshqalardan ajralib turishi, o’z o’rnini topib ustunlikka ega 
bo’lishi, obro’ — e’tiborga erishgisi keladi. Bozor iqtisodiyotidagi raqobatchilik- 
vaziyati bunga yo’l beradi. Inson o’zi uchun harakat qilsada, baribir unda insoniylik 
xislatlari, jamiyatdagi kishilar orasida mehr-oqibat, odamiylik, nochorlarga yordam 
qo’lini cho’zish kabi intilishlar tabiiydir. Bozor iqtisodiyoti bunday intilishlarni 
namoyon etish uchun ham keng yo’l ochadi. Misol qilib ijtimoiy himoya 
mexanizmini olish mumkin. Bugunga kelib O’zbekistonda mavjud nafaqa (pensiya) 
tizimining takomillashtirishga muhtojligi tizimning moliyaviy barqarorligini 
ta’minlashtirilishiga muhtojligini ko’rsatadi. Chunki respublikada nafaqa oluvchilar 
soni 3 million kishidan ko’p, shu jumladan qarilik nafaqasini 69%, invalidlik 
nafaqasini 22% va 9% boquvchisini yo’qotgani asosida nafaqa oladi. O’zbekistonda 
qarilik nafaqasiga erkaklar 60 va ayollar 55 yoshda chiqsa AQSh vaGermaniyada 
erkaklar va ayollar 65 yoshda chiqadi. Kelajakda O’zbekistonda nafaqa oluvchilar 
oshib boradi. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, 2025 yilga borib, nafaqa oluvchilar 
soni 2000 yilga nisbatan O’zbekistonda 2 marta oshadi. Oddiyroq qilib aytganda 
bitta ihlovchi bitta nafaqaxo’rni nafaqasini qo’shimcha ishlab bersa, 2025 yilga kelib 
2 baravar oshadi. Shu sababli nodavlat nafaqa jamg’armalariga doir jahon tajribasini 
o’rganish katta ahamiyatga molik. Bunday jamg’armalar jamiyat va aholiga qarlik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


44 
uchun mablag’ yig’ish, davlat byudjetiga bosimini kamaytirish va iqtisodiyotga 
jamlamalarni jalb qilishni rag’batlantirish mumkin. 
Inson har doim adolat qidiradi. Bozor iqtisodiyoti esa adolatparvarlikni yuzaga 
chiqaradi. Har bir kishining ishlab topganiga yarasha yashashi, narxlarning bozorga 
qarab adolatli bo’lishi, ish xaqining ish natijasiga qarab to’lanishi, soliqlarning 
daromadga qarab ortib borishi, o’ta kam daromaddan soliq olinmasligi, tabiatga 
keltirilgan zararning qoplanishi, insofsizlikka yo’l bermaslik adolatparvalikka yaxshi 
misol bo’ladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish