Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

 
Internet veb-saytlari 
 
1.
http:\\www.cer.uz
 –
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


62 
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


63 
IX-MAVZU. MULK SHAKLLARI 
 
9.1. Mulk shakllarining bozorga ta’siri 
9.2. Davlat mulki 
9.3. 
Х
ususiy mulk 
 
9.1. Mulk shakllarining bozorga ta’siri 
 
Har qanday iqtisodiy tizimda bo’lganidek, bozor iqtisodiyotida ham mulk 
muammosi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va harakatdagi mavjud mulk 
shakllarining bozor talabiga, uning xususiyatlariga mos kelishi talab etiladi. Yuqorida 
qayd qilganimizdek, erkin iqtisodiy taraqqiyot, xo’jalik xillarining turliligi, iqtisodiy 
tashabbuskorlik, raqobat holati bozorning mo-hiyatini belgilovchi asoslardir. Bular 
avvalo mavjud mulk shakllariga bog’liq bo’lib, ularning ifodasini tashkil etgan xolda 
asosan mulk mohiyatidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiy tizimlar mulk shakllarining aksi bo’lga-nidek, bozor munosabatlari 
ham o’zlariga xos va mos mulk shakllarini talab etadi. 
Tarixda turli mulkchilik va yakka mulkchilik davrlari mavjud bo’lgan. Jamiyat 
turli xil mulkchilik asoslarida rivojlanib kelgan. XX asrga kelib yakka mulkchilik 
tizimi ham barpo bo’ldi. Bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyotining mulk 
shakllariga bog’liqligi ijtimoiy mulkchilik sharoitida, ayniqsa juda ayon
bo’ldi. 
Х
o’jaliklarning turliligi, darajalarining har xilligi kurashga da’vat etadi, ya’ni 
raqobatga olib keladi. Ijtimoiy mulk esa, aksincha, tenglik, bir xillik xususiyatini 
yaratadi. Bundan tashqari u xo’jalik yuritishda
markazlashuvga olib kelib, mustaqil 
harakat qilish, tashabbus ko’rsatish imkonlarini yo’q qiladiki, bunday sharoit bozor 
taraqqiyotini inkor etadi. 
Eng muhim narsa shuki, ijtimoiy mulk bir xillik bo’lsa, xususiylik turlilikdan 
iboratdir. 
Mulk moddiy va boshqa boyliklardan foydalanish sharoitlari, munosabatlari, 
egalik qilish, o’zlashtirish mazmunini o’z ichiga oladi. Mulkka egalik esa ko’proq 
boylikka ega bo’lish va u bilan boshqa barcha sharoitlarni qo’lga
kiritishdir. Shunga 
ko’ra u iqtisodiyot asosidir. Iqtisodiy faoliyatda mulkning hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etishi unga egalik darajasini kuchaytirish va boyliklarga nisbatan erkin munosabatda 
bo’lishga erishishda ifodalanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish sharoiti, taqsimot va 
iste’mol holati, miqdori va darajasi albatta mulk munosabatlariga bog’liq va u bilan 
belgilanadi.
 
Undan foydalanish, unga egalik qilishda umumiylik va xususiylik 
mavjuddir, boshqacha qilib aytganda, uning qatnashchilari tenglik, tengsizlik va 
itoatkorlik holatida bo’lishi mumkin. Bunda albatta mulkiy munosabatlar bir xilda 
bo’lmay, balki turli xilda va turli ta’sirda bo’ladi. 
Mulkka egaliqdagi umumiylik amalda tenglikni yuzaga keltirmaydi. Chunki, 
uning harakati kimdir tomonidan boshqarilishi kerak, u vakil, belgilangan shaxs, 
yoki tashkilot bo’lishi mumkin. Bunday sharoitda barchaning manfaatlari bir xilda 
e’tiborga olinishi mumkin emas, chunki, kimki mulkka yaqin u uni boshqarish 
huquqlariga ega bo’lsa, u manfaatdorlikdagi bir xillikka to’la rioya eta olmaydi va u 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


64 
o’zi, o’ziga yaqinlarning manfaatiga ko’proq e’tibor beradiki, bu boshqalarning 
manfaati hisobiga amalga oshadi. Shu bilan birga umumiylikda xaqiqiy mulk egaligi 
ta’min-lanmaydi, asosan egasizlik ustunlik qiladi. Shuning uchun ham yirik 
iqtisodchilarning ijtimoiy mulkda egasizlik xususiyati mavjud, deb ta’kidlashida 
haqiqat bor. Shuning uchun ham mulqdagi umumiylikning samaradorlik darajasi, 
ayrim voqelikdan tashqari, yuqori bo’la olmaydi. Bu esa ijtimoiy mulkning 
istiqbolini belgilaydiki, bunga asoslangan tizim uzoq umr ko’rishi, yuqori 
taraqqiyotni ta’minlashi mumkin emas. Bundan tashqari mulkdagi umumiylik bozor 
sharoitlarini inkor etadi. 
Mulkdagi xususiylikning ijobiy tomonlari ko’p, u ijtimoiylikka nisbatan bir 
qancha ustunliklarga ega. U, avvalo, umumiylikning teskarisi bo’lgan turlilik, xilma-
xillik, tengsizlik sharoitlari bilan borliqdir. Bunda egalik darajasi yuqori bo’lib, 
javobgarlik hissiyoti kuchli bo’ladi. Eng muhimi shaxsiy manfaatdorlik to’la yoki 
to’laroq ifodalanadi. Mulqdan foydalanishning shaxsga bevosita bog’liqlik darajasi 
yuqori bo’ladi. 
Mulk xususiyligi
 
yuritishdagi turlilik, xilma-xillik va erkinlik sharoitlarini yaratish 
tufayli bozor munosabatlariga mos keladigan raqobatga asos soladi. Bozor 
munosabati bilan mulk muammosi, uning harakatdagi shakllariga e’tibor berar 
ekanmiz, uning bozor iqtisodiyoti rivojida o’rni, ahamiyati, bozor uchun uning 
ma’qul va zarur ko’rinishlari, bozor iqtisodi rivoji maqsadida mulk 
munosabatlarining taraqqiyotiga e’tibor berish zarur. 
Mulkchilikning turi va shakllari mavjud. Mulk turi ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarga 
nisbatan belgilanib, asosan bularga xos mulkiy munosabatlarni ifodalaydi. Bunda mavjud 
mulk shakllari avvalo ekspluatatsiya yoki noekspluatatsiya tuzumlarining asosi bo’lib 
hisoblanadi. Ma’lumki, tarixan yashab o’tilgan tuzumlar ekspluatatsiya bilan bog’liq 
bo’lib, ularni quldorlik, feodal va kapitalizm tuzumlari deb farqlar edik. 
Ekspluatatsiyaning mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boyliklar 
ma’lum sinf, guruhlar qo’lida bo’lib qolganlarning ular uchungina mehnat qilishi bilan 
belgilanadi. Mehnat qilgan mahsulot taqsimotida ishtirok etmay, kam daromad olgan va 
mulk egalari esa mehnatsiz ham ko’p daromad olgan. O’z mehnati bilan daromad oluvchi 
mulkdorlar ham bo’lganu, lekin ular asosiy guruhlar qatoriga kirmagan. 
Jamiyat taraqqiyotida, avval, iqtisodiy rivojlanish natijasida aralash iqtisodiyot 
yuzaga kelib, ko’pchilikning mulk egasi bo’la olishi sharoiti paydo bo’ladi. Yuqori 
darajada ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish ko’pchilikning mulkka hissador bo’lishi, 
moddiy resurslar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o’zlashtirishda qatnashuvi mumkin 
bo’ladi. Umuman, iqtisodiy taraqqiyotda barchaning manfaatdorligi yuzaga keladiki, 
bu yangicha mulkiy munosabatlar mazmuniga xos mulk turini yaratadi. 
Mulkchilik yakka hukmronlikdan turlilik tomon rivojlanadiki, bu shakllari 
taraqqiyotini ko’rsatadi Mulk to’g’risida yuqorida aytib o’tilgan fikrlar uning 
shakllarida o’z ifodasini topadi va o’z ta’sirini mavjud harakatdagi mulk shakllari 
tufayli namoyon etadi. 
YAkkamulkchilik to’la ijtimoiy mulk shaklidan iborat bo’lsa, mulk shakllarining 
turliligi asosan davlat mulki, shaxsiy mulk, shuningdek, jamoa, qo’shma, kooperativ 
mulklari kabilardan iboratdir. Mulkdan foydalanishda yana qo’shimcha shakllar ham 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


65 
yuzaga keladi. Bular qatoriga ijara, pudrat, sheriklik, fermerlik (dehqonchilik) 
kabilarni qo’shish mumkin. 
Mulk shakllari mulkni o’zlashtirishdagi qo’rinishlar, mulkning amaliy ifodasi 
bo’lib, uning mazmunini bildiradi. 
 
4-tarx. 
Bozor iqshsodiyotvdagi mulk shakllari 
Aytganimizdek, bozor iqtisodiyoti turli mulk shakl-larini taqozo etadi. 
Yuqorida keltirilgan tarxda mavjud mulk shakllari bog’liqligi ko’rsatilgan. Asosan 
davlat, xususiy va birlashma mulklarni mulk turlari desak, turlar shakllarga, shakllar esa 
o’z navbatida, yana o’z ichida mulk subshakllariga bo’linib ketadi. Mulk shakllarining 
turliligi, yangilarining paydo bo’lishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti natijasidir. Biron 
bir mulk shakli mavjud ekan, demak u samarali harakatda bo’ladi. 
Mulk turlari nisbatini xo’jalik sub’ektlari tuzumi bo’yicha olsak, O’zbekistonda 
bu 2002 yilning 1 yanvariga qadar quyidagicha edi: 
1.
Davlat korxonalari
2.
Х
ususiy korxonalar
3.
Birlashma korxonalar

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish