Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

Individual 
mulk 
sharoitida boylik alohidalik asosida o’zlashtiriladi. Bunda mulk egasi mulki-dan 
foydalanishda ijaraga berish yoki biron guruhga qushi-lib ish tutishda to’la 
mustaqillikka ega bo’ladi. 
Oila mulki 
ham individual xususiy mulkdan ajrab chiqib, alohidalashadi. 
Korporativ mulk 
shakli hissadorlikka asoslanadi, ya’ni bunda birgalikda ish 
ko’rish uchun guruhlarga qo’shi. Bunda, albatta mulkdor boylikni yakka 
o’zlashtirish huquqiga ega bo’ladiyu, lekin bu ma’lum guruhlarga birlashuv sharoitida 
yuz beradi. Korporativ xususiy mulkning tub mazmuni individual mablag’larni 
birlashtirish tufayli paydo bo’luvchi jamiyatlarning korporativ mulkidan iboratdir. 
Korporativ xususiy mulk xo’jalik yuritish zaruriyatidan kelib chiqib, katta mablag’lar 
ishlatish va kapitallarni birlashtirish orqali yuzaga keladi. Shu bilan birga mayda 
xususiy mulk mas’uliyati o’rniga korporativ mas’uliyat paydo bo’ladi. 
Korporativ xususiy mulk monopolistik mulkni ham yuzaga keltiradi. Bular 
korporativ mazmundagi yirik xususiy mulk birlashmalaridan iborat va ular juda katta 
hajmdagi boylikdir. Bu boylik esa ozchilik ixtiyorida bo’ladi. 
Tub xususiy mulkdan keyin mikdor jihatdan ko’p shaklli mulk turi xisoblangan 
birlashma mulki turadi. Birlashma mulkning korporativlik mazmuni bo’lsa ham u bir 
necha mustaqil mulk shakllaridan, ya’ni aktsio-nerlik, jamoa, kooperativ, qo’shma 
tashkilotlar mulki kabilardan iborat bo’ladi. Shu bilan birga korporativ xususiy 
mulkdan farqli o’laroq bunda davlat va chet mamlakatlar mulklari ham ishtirok etadi. 
Bundagi ko’p tarqalgan bu mulk shakli avvalo 
jamoa mulkidir. 
Bu mayda xususiy 
mulkchilarning birlashmasi sifatida yuzaga kelib, bir qancha ustunliklarga ega. 
Bundagi muhim tomon asosan sarmoyalarni kuchaytirish imkoniga ega bo’lish, 
mulkchilarning monopollik harakatiga bardosh bera olish imkonini yaratishdir. Bu 
xil jamoa mulki turli tarmoqlarda harakatda bo’ladi, ya’ni bu mulkchilik ishlab 
chiqarish, muomala sohalari, infrastrukturalarda faol qatnashishi mumkin. 
Jamoa mulki, ayniqsa bevosita iste’mol buyumlari ishlab chiqarish va iste’mol 
qilish tarmoqlarida katta o’rin egallaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, ta’minlash, 
qurilish kabilarda uning ta’siri juda katga. Rivojlangan mamlakatlar ayniqsa, 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


68 
YAponiyada bevosita iste’mol va umuman, inson hayoti sharoitida bu mulk 
shaklining o’rni katta. U erda minglab jamoa korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. 
Bizning sharoitimizda asosan qishloq xo’jaligida bu mulk shakli keng quloch 
yoygan. Bular asosan jamoa, guruh mulki asosida harakatdagi xo’jaliklardir. Bundan 
tashqari savdoda, qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish va qayta ishlashda ham 
bu xil mulk keng tarqalgan bo’lib, bular matlubot jamiyatlari, xarid-savdo bir-
lashmalaridir. 
Jamoa mulki mayda mulkchilar faoliyatida ahamiyatli-dir. Chunki alohida 
holda mayda mulk samara keltirishi u yokda tursin, hatto raqobatga bardosh bera 
olmasligi va arzigulik ish ko’ra olmasligi mumkin, mayda mulkdorlar esa o’zaro 
birlashib, kattaroq hajmda tijorat ishlarini amalga oshirish imkonini tug’diradi. 
Shuning uchun ham xaqiqiy demokratik asosda yuzaga kelgan jamoa mulki va bu 
asosdagi xo’jalik juda ahamiyatlidir. Har bir bunday birlashma ma’lum darajada erkin 
harakatni chegaralashi sababli bir-lashuv faqat ixtiyoriylikni talab etadi. Shuni e’tirof 
etish zarurki, jamoa mulkiga davlatchilikni singdirish faqat zarar keltiradi: jamoa 
mulkidan kutilgan samara bo’lmaydi. 
Jamoa mulkining qo’llanilishidagi yana bir xususiyat shundan iboratki, 
boylikning o’zlashtirilishi uchun ish faoliyatida birgalikda qatnashish talab etiladi. 
Chunki, jamoa mulki mehnatsiz o’zlashtirishni inkor etadi va kor-porativ xususiy 
mulkdan farqlanib, ham mulkka, ham mehnatga hissa qo’shishi zarur hisoblanadi. Bu 
asosda tashkil etilgan xo’jalikdagi asosiy ish kuchi shu mulk egalarining o’zidir. Shu 
bilan birga zaruriyat talabi bilan yollanma mehnat jalb etilishi hollari ham mavjud 
bo’ladi. Mayda mulk bo-zorda ta’sirli kuchga ega bo’la olmasa, uning birlashuvi 
natijasida yuzaga keladigan jamoa mulki katta o’rin egallaydi va bozor iqtisodiyotining 
muhim ishtirokchisiga ay-lanadi, uning rivojida faol qatnashish imkonini tug’diradi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish