57
modelning to’rt muhim tomonini ko’rsatish mumkin: 1) sotuvchi yakka, tarmoqning
tengdoshi yo’q, chunki firma yakkayu-yagona; 2) sotiladigan mahsulot juda yuqori
darajada bo’lib, undan yaxshirog’i yoki uning o’rnini bosadigani yo’q (ko’pincha
ba’zi xomashyo va yangi mahsulot ta’minotchilariga xos); 3) monopolist bozorga o’z
hukmini o’tkazadi,
bahoni nazorat qiladi, tovarning bozorga kelishini o’z qo’lida
ushlab turadi; 4) monopolist tomonidan raqiblar uchun bozorga kirish yo’li to’la
to’siladi. Bunda uning yagonaligi ish bersa, zaruriyat tug’ilsa, sun’iy to’siqlar ham
ishga solinadi. Ayniqsa bunda patent, litsenziyalardan to’la foydalanish mumkin.
Hozircha shu bilan chegaralanib (chunki quyida yana monopolizmga
qaytamiz), bundan keyingi model — monopollik raqobatni ko’rib chiqaylik. Bunda
tanholik yoki ommaviylik sharoiti hukmron bo’lmay, bozorda nisbatan ishlab
chiqaruvchilar ko’p bo’ladiyu, lekin ularning tovarlari bir xil bo’lmay, farqlanadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar va firmalar minglab bo’lmay, o’nlab bo’lsa
etarli. Sof raqobatda standartli tovarlar yoki bir xil
tovarlar bozorga olib chiqilsa,
bunda tabaqalashtirilgan tovarlar olib chiqiladi. Tabaqalashtirish yoki turlilik
mahsulot va xizmatlar sifatiga taalluqli bo’lgani tufashga iste’molchining bularga
munosabati narx-navoga bog’liq bo’lmaydi.
Aytaylik, vinolarning alohida xillari
yoki bir xil turdagi shokolad kabilarni misol keltirish mumkin. Kiyim modalarida
buning o’rni albatta katta. Bunda raqiblarga nisbatan bo’lgan ta’sir
va munosabat
faqat baholar orqali bo’lmay, tovar va xizmatlar turliligiga katta e’tibor berish yo’li
bilan ham amalga oshadi hamda bu asosiy tamoyil bo’lib hisoblanadi. Bu modeldagi
bozor, ya’ni monopolli raqobatning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki,
tarmoqqa kirish va ma’lum tovar bozorida ishtirok etish oson ko’chadi. Bunday bozor
ishtirokchilari juda yirik ishlab chiqarishga ega bo’lmay, nisbatan katta bo’lmagan
firmalar bo’lib, ularning xarajatlari uchun katta mablag’ talab etilmaydi.
Monopolli raqobatdagi monopollik mazmunini nima belgilaydi,
degan savol
tug’ilishi mumkin. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, tovar xillari turliligi,
sotuvga
chiqariladigan tovarlarning farqlanishi va o’ziga xos monopol egalikning mavjudligi
bozorda monopol hukmronlikni yuzaga keltiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning
yagona bo’lmay, yana boshqalarning bo’lishi va tarmoqqa kirish erkinligi mavjud
bo’lishiga qaramay, o’z tabaqalashgan tovari yoki xizmatiga o’zi baho qo’yish
imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari bu bozorda mayda va o’rta ishlab
chiqaruvchilar bilan birga yiriklari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham hozirgi
zamon harbiy mamlakatlar bozori tuzilishida shu biz ko’rayotgan monopolli raqobat
ustunlik qiladi.
Keyingi model —
Do'stlaringiz bilan baham: