Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

Yunusobod tumani oziq-ovqat do’konlarini tovar oborotining hajmi bo’yicha guruhlash 
Tovar oboroti hajmi 
bo’yicha do’konlar 
guruhi, mlrd, so’m 
Do’konlar 
soni 
Tovar oboroti 
hajmi, mlrd. 
so’m 
Muomala xarajatlari 
Xajmi, 
mln.so’m 
Nisbiy 
darajasi,(%) 
1,8-2,8 
17 
39,2 
2746 
7,01 
2,8-3,8 

16,0 
990 
6,19 
3,8-4,8 

34,2 
2040 
5,95 
Jami 
30 
89,4 
5776 
6,46 
Lekin iqtisodiyotda shunday natijalar borki, ularning o’zgarishi bir 
paytning o’zida bir qancha omillarning o’zgarishiga bog’liq. Bu 
bog’lanishlarni o’rganishda, qisman bo’lsada, kombinatsion jadvallardan 
foydalanish mumkin. 
Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana 
guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham 
guruhlangan ko’rinish olgan jadvallar tushuniladi. 
Jadval kesimini ishlab chiqish muhim masalalardan biridir. Kesim birinchidan 
ega bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Jadval o’rganish ob’ekti kesim bo’lib 
hisoblanmaydi. Kesimni to’g’ri va aniq tanlash bilan, uning ko’rsatkichlari 
yordamida ajratilgan guruhlarning xarakterini va ajratib turuvchi eng muhim 
belgilarini ifodalash mumkin. 
Mavjud informatsiya va tekshirishning vazifasi va maqsadiga bog’liq holda 
kesim oddiy va murakkb kesimlarga bo’linishi mumkin. Ko’rsatkichlar birin-
ketinlik bilan oddiydan murakkabga qarab joylashtirilsa, bu oddiy kesim deyiladi, 
agarda ular guruhlarga va guruhchalarga ajratilsa, murakkab kesim deyiladi. 
Maqsad va vazifasiga muvofiq u yoki bu kesimni qo’llash mumkin. 
Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo’yicha quyidagi qoidalarga amal
qilinadi: 
1.
Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda 
murakkab bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan 
bog’langan bir nechta jadvalda ifodalash zarur. 
2.
Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak. 
Unda vaqt, hudud, o’lchov birligi (agar ham ko’rsatkichlar bitta o’lchov 


32 
birligida o’lchansa) ko’rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa 
va tushunarli bo’lishi lozim. Jadvallarda so’z qisqartirishsiz yoziladi. Agar 
umumiy o’lchov birligi bo’lmasa har bir qator va ustun uchun o’zining o’lchov 
birligi keltiriladi. 
3.
Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo’shiladigan bo’laklar tamoyilida 
joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi. Agarda hamma bo’laklar to’g’risida 
ma’lumot bo’lmasa yoki ularni hammasini ko’rsatishga zaruriyat bo’lmasa 
oldin jami berilib, undan keyin shu jumladan degan so’z yozilib eng asosiy yoki 
kerakli bo’laklar sanab o’tiladi. 
4.
Agarda jadval katta bo’lsa, qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga 
tartib nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan 
belgilanishi mumkin. Jadvalda o’zaro bog’liq ma’lumotlar yonma-yon 
keltiriladi. 
5.
Jadvalda ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” 
tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi. 
6.
Jadvallarni to’ldirishda quyidagi shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim: agarda 
ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (. . .) qo’yiladi yoki “ma’lumot yo’q” deb 
yoziladi. Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi. 
Hisoblanishi lozim bo’lmagan katakka iks (x) qo’yiladi. Masalan, jadval 
qatorida aholining yoshi guruhlari kesimida esa ajralgan oilalar soni (har ming 
kishiga) berilgan. Qatorda birinchi guruh 5-7 yoshgacha bo’lsa, bu qatorni 
kesim bilan kesishgan katagida “x” qo’yiladi. Bu hammaga tushunarli. 
O’rganilayotgan yil bo’yicha ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha (*) 
qo’yib, qaysi yilga taaluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak. 
7.
Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0,1; 0,01; 
0,001 va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi 
qoidaga amal qilishi kerak. Masalan, 650% emas, 6,5 marta deb yozgan ma’qul. 
Keyin, mutloq raqamlarni ham o’qish oson bo’lishi uchun o’lchov birliklari 
kattaroq yozilgani ma’qul. Masalan, qatorda so’m yozib, ustunda quyidagi 
raqam berilsa 8769618534. Bunday raqamlar jadvalda 10 ta bo’lsa, uni hech 
kim o’qimaydi. Shuning uchun, qatorda so’m emas, mlrd.so’m deb berib, 
ustunda esa 8,8 raqami berilsa jadval ixcham va o’qiydigan bo’ladi. 
8.
Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisob-
kitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
9.
Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar 
tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida 
hisoblanganligi ko’rsatiladi. 
10.
Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va 
umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan 
bo’lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari 
asosida kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni 
umumiy jamlar yoki o’rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to’plam 
bo’yicha umumiy ifodani olib, keyin, uning bo’laklari, ya’ni qator va ustunlarini 


33 
o’rganishga o’tiladi. Bu bilan, birinchi navbatda, jadvalning eng muhim 
elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish