Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni xo„jalik


I BOB. INNOVATSION MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING



Download 414,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana11.06.2022
Hajmi414,54 Kb.
#653257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI INNOVATSIYA

I BOB. INNOVATSION MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING 
NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari 
Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng 
qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi. 
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob 
mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi. 
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar 
almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi. 
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga 
ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi. 
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb 
qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, 
ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat. 
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini 
aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali 
xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli 
mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini 
qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir. 
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo 
ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. 
AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari 
mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi 
tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday 
jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga 
oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va 
sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida 
qondiriladi». 
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan 
quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur: 



• talabni o'rganish; 
• bozor tarkibini aniqlash; 
• tovarni o'rganish; 
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; 
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 
Marketing quyidagilarni o'rgatadi: 
• bozorni o'rganishni; 
• uni taqsimlashni; 
• tovarini joylashtirishni; 
• marketing siyosatini olib borishni; 
• tovar siyosatini; 
• narx siyosatini; 
• taqsimot siyosatini; 
• siljitish (yo'naltirish) siyosatini; 
yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi 
xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va 
boshqalarni kiritish mumkin). 
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish 
orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo„linadi: 
• marketing tadqiqotlari; 
• mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; 
• sotish va taqsimot funksiyasi; 
• tovarni siljitish; 
• narxni tashkil etish funksiyasi; 
• marketing-menejment funksiyasi. 
1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
•xalqaro bozorni tahlil etish;
•sotish bozorini tadqiq etish;
•iste‟molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
•marketing operatsiyalarini o„rganish;



•axborot to„plash va qayta ishlash;
•marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
•raqobatlarni o„rganish;
•benchmarking;
•talabni va sotishni prognoz qilish va boshqalar o„rganiladi. 
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati
iste‟molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki 
muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- 
texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar 
hisobga olinadi. 
Tashqi muhit omillariga iste‟molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, 
mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi. 
2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni 
yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga 
tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish 
masalalari hal etiladi. 
3. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, 
savdo-taqsimot tarmog„i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga 
joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik 
oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o„rganiladi. 
4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag„batlantirish va reklama 
siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag„batlantirishni samarali vositalarini asoslash; 
tovarni siljitish to„g„risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma 
reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag„batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish 
va boshqalar to„liq o„rganiladi. 
5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va 
taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash 
davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o„zgarishi mexanizmini 
tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal 
etiladi. 



6
. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; 
nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing 
faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati 
faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o„rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya‟ni ishlab chiqarish, kadrlar, 
moddiy texnika ta‟minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga 
amalga oshiriladi. 
Marketingning asosiy vazifalari 
Marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: 
• xaridorlar ehtiyojini o„rganish va aniqlash; 
• narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish, tovarlar reklamasini 
tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish; 
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun 
ma‟lumotlar to„plash va tahlil qilish; 
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to„g„risida ma‟lumotlar olish; 
• to„ldiruvchi tovarlar va o„rnini bosuvchi tovarlar to„g„risida axborot yig„ish; 
• tovarlarga bo„lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan 
iboratdir. 
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash 
va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida 
imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. 
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari bo„lib, 
uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar 
yotadi. 
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan 
to‘rtta
marketingni muqobil maqsadlarga 
ajratiladi.
1. Iste‟mol darajasini oshirish; 
2. Iste‟molchilarni qondirilishini maksimallashtirish; 
3. Iste‟mol tanlovini maksimallashtirish; 



4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish. 
Iste‟mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o„sishga olib keladi,
ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni 
kamayishiga olib keladi. 
Iste‟molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste‟mol kutayotgan tovar 
(xizmat) xossalariga to„liq mos kelishiga erishishni ko„zlaydi. 
Iste‟mol tanlovini maksimallashtirish iste‟molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli 
xillarini ko„rsatib, ularning xodimlariga to„liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib 
topish mumkin bo„lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta‟minlash va 
tovar (xizmat) narx bo„yicha maqbul bo„lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan 
sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari:
1. Iste‟molchiga yo„naltirilganlik. 
2. Kelgusiga yo„naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa 
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo„ljalni olgan bo„lishi 
kerak. 
3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo„naltirilganlik. 

Download 414,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish