9
o„zaro aloqa o„rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va talabni yaratishdan iboratdir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu
holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning
maqsadi talabni tiklash
zarurligini bildiradi, ya‟ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. Talab o„zgarib
turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing turidan foydalaniladi.
Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni
tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va
boshqa tebranishlar bilan
xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga to„g„ri kelmaydi. SHuning uchun
sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me‟yorini tekislashdan iborat.
Qo„llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini to„ldirish,
yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo„lgan talab va ehtiyoj darajasini
saqlab qolishga imkon beradi.
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim.
Bu holatda
demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni ko„tarish, servisni
qisqartirish yo„li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
Tarmoq marketingi – bozor va mijozlarni birlashtiradigan sotuvchilar va
xaridorlar o„rtasida munosabatlar o„rnatish, rivojlantirish va qo„llab-quvvatlash bo„yicha
marketing faoliyatidir.
Ijtimoiy marketing - iste‟molchilar va ushbu tovar o„rtasida ayirboshlashga ijobiy
ta‟sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta‟sir ko„rsatadigan notijorat
harakatlarini o„z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonidan iborat bo„ladi.
Geomarketing - taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy iste‟molchilar
talabini tushunish va aniqlashga yo„naltiriladi. U ko„cha/kvartal/sektor
tipologiyasini
aniqlash uchun iqtisodiy makonlarni aniq va geografik tahlil qilishga asoslanadi.
Virusli marketing – bu shunday strategiyaki, unda tovar,
xizmat yoki ularning
reklamasi kishiga shu qadar ta‟sir ko„rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish
g„oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o„za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu
kishining u haqida do„stlari va tanishlariga o„zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan,
unga yoqadigan reklamadir.
10
Kross-marketing – bir vaqtning o„zida bir nechta yo„nalish bo„yicha iste‟molchilarni
jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda
keltiradigan texnologiya
hisoblanadi.
Mobil marketing – ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni, smartfon
yoki cho„ntak portativ kompyuteri (KPK) foydalaniladigan
kommunikatsiyalar
interaktiv marketing vositasi.
To„g„ridan-to„g„ri marketing (direct-marketing) – iste‟molchidan javob olishga –
yoki mahsulotga buyurtma ko„rinishida, yoki axborotga keyingi buyurtma ko„rinishida,
yoki bevosita ta‟minotchiga murojaat shaklida javob olishga qaratilgan har qanday
tadbir.
Do'stlaringiz bilan baham: