14
II BOB. INNOVATSION MARKETING - XO‘JALIK YURITUVCHI
SUB’EKTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA
SIFATIDA
2.1. Adidas AG kompaniyasi va uning yaralish tarixi
Adidas AG – dunyoga mashhur sport mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi nemis
kompaniyasi. Bosh ofisi Germaniyaning Herzogenaurach shahrida joylashgan.
Kompaniyaning bosh direktori – Gerbert Hayner. Hozirgi vaqtda kompaniya Adidas,
Reebok, Rockport, Y-3, RBK & CCM Hockey,
shuningdek, Taylor-Made Golf
kompaniyalari mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanadi.
Kompaniyaga Adolf Dassler tomonidan onasining uyida asos solingan; 1924-yilda
akasi Rudolf bilan birgalikda Aka-uka Dassler oyoq kiyim fabrikasi nomi bilan
nomlashgandi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun moʻjallangan
temir tishli oyoq
kiyimlar ishlab chiqish va rivojlantirishga hissa qoʻshishdi. Sport oyoq kiyimlari
sifatini oshirish maqsadida Adolf oldingi ogʻir boʻlgan temir tishlar oʻrniga qayta
ishlanuvchi rezina va charmdan foydalandi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni
1936-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida shaxsan oʻzi
tayyorlagan butsilardan
foydalanishga koʻndirgan. 1949-yilda ikki aka-uka oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli
Adolf Adidasni yaratadi, Rudolf esa Adidasga raqobatchi boʻluvchi Pumani.
Adidas Germaniyada joylashgan Herzogenaurach shahridagi onasining oshxonasi
yoki kirxonasida sport oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adolf “Adi” Dassler
tomonidan Birinchi jahon urushidan qaytganidan asos solingan. 1924-yil iyulida
biznesga akasi Rudolf ham qoʻshildi va Aka-uka
Dasslerlar nomi oyoq kiyim
fabrikasiga aylandi. Herzogenaurachda elektr energiyasi yetkazib berish uzluksiz
emasdi, shuning uchun aka-ukalar baʼzan qoʻzgʻalmas velosipeddan olingan tok kuchi
orqali oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishga toʻg‟ri kelardi. Dasslerlar koʻplab sport
turlari uchun tishli oyoq kiyimlarni ishlab chiqishdi. Dassler AQShlik sprentir Jasse
Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpia oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan
foydalanishga koʻndirgan. Owensning olimpiyadadagi toʻrtta oltin medalidan soʻng
Dassler oyoq kiyimlari shuhrati butun dunyo sportchilari
va ularning murabbiylari
orasida oshib ketdi. Biznes muvaffaqiyatli edi va Dasslerlar Ikkinchi jahon urushiga
15
qadar yiliga 200,000 juft oyoq kiyim sotishar edi. Dasslerlar fabrikasi Ikkinchi jahon
urushi davomida tankka qarshi qurollar ishlab chiqardi. 1945-yilga kelib esa AQSh
qurolli kuchlari tomonidan deyarli vayrona holatga keltirildi. Lekin Adolf Dasslerning
xotini Amerikaliklarni kompaniya va unning ishchilari faqat
sport oyoq kiyimlarini
ishlab chiqarishga qiziqqanligiga ishontirolishi tufayli saqlab qolindi. Amerika
okkupatsiya kuchlari keyinchalik Dasslerlarning katta buyurtmachisiga aylandi.
1947-yilda aka-uka munosabatlarining yomonlashuvi orqasidan Rudolf yangi
kompaniya tuzdi va uni RUdolf DAsler nomida atab RUDA deb nomladi, keyinchalik
esa uni Puma deya rebrending qildi. Adolf ham 1949-yil 18-avgustda kompaniyaning
eski nomi Adi Daslerdan rasman Adidas AG nomiga oʻzgartirdi. Unchalik ishonchli
boʻlmagan afsonalarda Adolf kompaniya nomi bilan “Kun
davomida sportni
oʻylayman” (All Day I Dream About Sports), demoqchi deyiladi. Ajralishdan soʻng
Puma va Adidas keskin va shiddatli biznes raqobatga kirishadilar. Vaziyat shu
darajaga yetib bordiki, shahar ikkiga boʻlindi va begona kishining qanaqa oyoq kiyim
kiyganliga qarab yurganidan shaharga “egilgan boʻyinlar” deb laqab berishadi.
Hattoki, shaharning futbol klublari ham ikkiga boʻlingan edi: ASV Herzogenaurach
klubi Adidas, 1 FC Herzogenaurach klubi Puma mahsulotidan foydalinishar edi.
Agarda biron kishini Rudolf uyga chaqirtiradiga bo‟lsa u atayin Adidas oyoq kiyimida
borar edi. Rudolf esa ularga yerto‟laga tushib o‟zlari uchun tekinga Puma oyoq
kiyimidan olishni aytar edi. Ikki aka-uka hech qachon qayta yarashmadi va hattoki bir
qabristonning bir-biridan qanchalik uzoqqa dafn qilish imkoni bo‟sa
shuncha uzoqqa
dafn qilindilar. 1948-yilda Ikkinchi jahon urushidan so‟ng G‟arbiy Germaniya milliy
terma jamoasining ilk o‟yinida bir qancha futbolchilar va shuningdek G‟arbiy
Germaniyaning urushdan keyingi dastlabki golini urgan Herbert Burdenski Puma
butsilarini kiygan edi. To‟rt yildan keyin Helsinkidagi 1952-yilgi Yozgi Olimpiada
o‟yinlarida 1500 metrga yuguruvchi Josy Barthel Pumaga birinchi Olimpiada medalini
taqdim etdi.
1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Adidas oʻzining
uch chiziqli
emblemasini fin firmasi hisoblanmish Karhu Sportsdan ikki shisha viski va 1600 yevro
evaziga sotib oladi. Adidas Shuning dek Dunyodagi raqobatji Kompaniyalardan biriga
16
aylandi.
1970-yildan buyon dunyo futboli boshqaruvchisi boʻmish FIFA Adidas bilan
Jahon Chempionatlarida hamkorlik qilib keladi. Hamkorlik doirasida 1970-yilgi Jahon
Chempionatida dastlabki Adidas futbol toʻplaridan foydalanildi. 2006-yilgi
chempionatda “Teamgeist” nomli toʻpdan foydanilgan boʻlsa, 2010-yilda JARda
boʻlib oʻtgan JCHda “Jabulani”, 2014-yilgi JCHda esa “Brazuca” nomli toʻpdan
foydalanilgan. Brazuca nomi muhlislar tomonidan tanlangan birinchi toʻpdir.
Do'stlaringiz bilan baham: