Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni xo„jalik



Download 414,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana11.06.2022
Hajmi414,54 Kb.
#653257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI INNOVATSIYA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 
II BOB. INNOVATSION MARKETING - XO‘JALIK YURITUVCHI 
SUB’EKTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA 
SIFATIDA 
2.1. Adidas AG kompaniyasi va uning yaralish tarixi 
Adidas AG – dunyoga mashhur sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nemis 
kompaniyasi. Bosh ofisi Germaniyaning Herzogenaurach shahrida joylashgan. 
Kompaniyaning bosh direktori – Gerbert Hayner. Hozirgi vaqtda kompaniya Adidas,
 
Reebok, Rockport, Y-3, RBK & CCM Hockey, shuningdek, Taylor-Made Golf 
kompaniyalari mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanadi. 
Kompaniyaga Adolf Dassler tomonidan onasining uyida asos solingan; 1924-yilda 
akasi Rudolf bilan birgalikda Aka-uka Dassler oyoq kiyim fabrikasi nomi bilan 
nomlashgandi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun moʻjallangan temir tishli oyoq 
kiyimlar ishlab chiqish va rivojlantirishga hissa qoʻshishdi. Sport oyoq kiyimlari 
sifatini oshirish maqsadida Adolf oldingi ogʻir boʻlgan temir tishlar oʻrniga qayta 
ishlanuvchi rezina va charmdan foydalandi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni 
1936-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan 
foydalanishga koʻndirgan. 1949-yilda ikki aka-uka oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli 
Adolf Adidasni yaratadi, Rudolf esa Adidasga raqobatchi boʻluvchi Pumani. 
Adidas Germaniyada joylashgan Herzogenaurach shahridagi onasining oshxonasi 
yoki kirxonasida sport oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adolf “Adi” Dassler 
tomonidan Birinchi jahon urushidan qaytganidan asos solingan. 1924-yil iyulida 
biznesga akasi Rudolf ham qoʻshildi va Aka-uka Dasslerlar nomi oyoq kiyim 
fabrikasiga aylandi. Herzogenaurachda elektr energiyasi yetkazib berish uzluksiz 
emasdi, shuning uchun aka-ukalar baʼzan qoʻzgʻalmas velosipeddan olingan tok kuchi 
orqali oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishga toʻg‟ri kelardi. Dasslerlar koʻplab sport 
turlari uchun tishli oyoq kiyimlarni ishlab chiqishdi. Dassler AQShlik sprentir Jasse 
Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpia oʻyinlarida shaxsan oʻzi tayyorlagan butsilardan 
foydalanishga koʻndirgan. Owensning olimpiyadadagi toʻrtta oltin medalidan soʻng 
Dassler oyoq kiyimlari shuhrati butun dunyo sportchilari va ularning murabbiylari 
orasida oshib ketdi. Biznes muvaffaqiyatli edi va Dasslerlar Ikkinchi jahon urushiga 


15 
qadar yiliga 200,000 juft oyoq kiyim sotishar edi. Dasslerlar fabrikasi Ikkinchi jahon 
urushi davomida tankka qarshi qurollar ishlab chiqardi. 1945-yilga kelib esa AQSh 
qurolli kuchlari tomonidan deyarli vayrona holatga keltirildi. Lekin Adolf Dasslerning 
xotini Amerikaliklarni kompaniya va unning ishchilari faqat sport oyoq kiyimlarini 
ishlab chiqarishga qiziqqanligiga ishontirolishi tufayli saqlab qolindi. Amerika 
okkupatsiya kuchlari keyinchalik Dasslerlarning katta buyurtmachisiga aylandi. 

1947-yilda aka-uka munosabatlarining yomonlashuvi orqasidan Rudolf yangi 


kompaniya tuzdi va uni RUdolf DAsler nomida atab RUDA deb nomladi, keyinchalik 
esa uni Puma deya rebrending qildi. Adolf ham 1949-yil 18-avgustda kompaniyaning 
eski nomi Adi Daslerdan rasman Adidas AG nomiga oʻzgartirdi. Unchalik ishonchli 
boʻlmagan afsonalarda Adolf kompaniya nomi bilan “Kun davomida sportni 
oʻylayman” (All Day I Dream About Sports), demoqchi deyiladi. Ajralishdan soʻng 
Puma va Adidas keskin va shiddatli biznes raqobatga kirishadilar. Vaziyat shu 
darajaga yetib bordiki, shahar ikkiga boʻlindi va begona kishining qanaqa oyoq kiyim 
kiyganliga qarab yurganidan shaharga “egilgan boʻyinlar” deb laqab berishadi. 
Hattoki, shaharning futbol klublari ham ikkiga boʻlingan edi: ASV Herzogenaurach 
klubi Adidas, 1 FC Herzogenaurach klubi Puma mahsulotidan foydalinishar edi. 
Agarda biron kishini Rudolf uyga chaqirtiradiga bo‟lsa u atayin Adidas oyoq kiyimida 
borar edi. Rudolf esa ularga yerto‟laga tushib o‟zlari uchun tekinga Puma oyoq 
kiyimidan olishni aytar edi. Ikki aka-uka hech qachon qayta yarashmadi va hattoki bir 
qabristonning bir-biridan qanchalik uzoqqa dafn qilish imkoni bo‟sa shuncha uzoqqa 
dafn qilindilar. 1948-yilda Ikkinchi jahon urushidan so‟ng G‟arbiy Germaniya milliy 
terma jamoasining ilk o‟yinida bir qancha futbolchilar va shuningdek G‟arbiy 
Germaniyaning urushdan keyingi dastlabki golini urgan Herbert Burdenski Puma 
butsilarini kiygan edi. To‟rt yildan keyin Helsinkidagi 1952-yilgi Yozgi Olimpiada 
o‟yinlarida 1500 metrga yuguruvchi Josy Barthel Pumaga birinchi Olimpiada medalini 
taqdim etdi. 
1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Adidas oʻzining uch chiziqli 
emblemasini fin firmasi hisoblanmish Karhu Sportsdan ikki shisha viski va 1600 yevro 
evaziga sotib oladi. Adidas Shuning dek Dunyodagi raqobatji Kompaniyalardan biriga 


16 
aylandi. 
1970-yildan buyon dunyo futboli boshqaruvchisi boʻmish FIFA Adidas bilan 
Jahon Chempionatlarida hamkorlik qilib keladi. Hamkorlik doirasida 1970-yilgi Jahon 
Chempionatida dastlabki Adidas futbol toʻplaridan foydalanildi. 2006-yilgi 
chempionatda “Teamgeist” nomli toʻpdan foydanilgan boʻlsa, 2010-yilda JARda 
boʻlib oʻtgan JCHda “Jabulani”, 2014-yilgi JCHda esa “Brazuca” nomli toʻpdan 
foydalanilgan. Brazuca nomi muhlislar tomonidan tanlangan birinchi toʻpdir. 

Download 414,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish