I BOB. INNOVATSION MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng
qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob
mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar
almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga
ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb
qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda,
ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini
aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali
xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli
mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini
qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo
ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir.
AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari
mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi
tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday
jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga
oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va
sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida
qondiriladi».
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan
quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:
5
• talabni o'rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovarni o'rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o'rgatadi:
• bozorni o'rganishni;
• uni taqsimlashni;
• tovarini joylashtirishni;
• marketing siyosatini olib borishni;
• tovar siyosatini;
• narx siyosatini;
• taqsimot siyosatini;
• siljitish (yo'naltirish) siyosatini;
• yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi
xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va
boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish
orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo„linadi:
• marketing tadqiqotlari;
• mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
• sotish va taqsimot funksiyasi;
• tovarni siljitish;
• narxni tashkil etish funksiyasi;
• marketing-menejment funksiyasi.
1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
•xalqaro bozorni tahlil etish;
•sotish bozorini tadqiq etish;
•iste‟molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
•marketing operatsiyalarini o„rganish;
6
•axborot to„plash va qayta ishlash;
•marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
•raqobatlarni o„rganish;
•benchmarking;
•talabni va sotishni prognoz qilish va boshqalar o„rganiladi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati,
iste‟molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki
muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar-
texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar
hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste‟molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya,
mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni
yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga
tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish
masalalari hal etiladi.
3. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish,
savdo-taqsimot tarmog„i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga
joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik
oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o„rganiladi.
4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag„batlantirish va reklama
siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag„batlantirishni samarali vositalarini asoslash;
tovarni siljitish to„g„risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma
reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag„batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish
va boshqalar to„liq o„rganiladi.
5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va
taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash
davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o„zgarishi mexanizmini
tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal
etiladi.
7
6
. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish;
nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing
faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati
faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o„rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya‟ni ishlab chiqarish, kadrlar,
moddiy texnika ta‟minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga
amalga oshiriladi.
Marketingning asosiy vazifalari
Marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
• xaridorlar ehtiyojini o„rganish va aniqlash;
• narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish, tovarlar reklamasini
tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish;
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun
ma‟lumotlar to„plash va tahlil qilish;
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to„g„risida ma‟lumotlar olish;
• to„ldiruvchi tovarlar va o„rnini bosuvchi tovarlar to„g„risida axborot yig„ish;
• tovarlarga bo„lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan
iboratdir.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash
va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida
imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari bo„lib,
uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar
yotadi.
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan
to‘rtta
marketingni muqobil maqsadlarga
ajratiladi.
1. Iste‟mol darajasini oshirish;
2. Iste‟molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
3. Iste‟mol tanlovini maksimallashtirish;
8
4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste‟mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o„sishga olib keladi,
ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni
kamayishiga olib keladi.
Iste‟molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste‟mol kutayotgan tovar
(xizmat) xossalariga to„liq mos kelishiga erishishni ko„zlaydi.
Iste‟mol tanlovini maksimallashtirish iste‟molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli
xillarini ko„rsatib, ularning xodimlariga to„liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib
topish mumkin bo„lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta‟minlash va
tovar (xizmat) narx bo„yicha maqbul bo„lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan
sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari:
1. Iste‟molchiga yo„naltirilganlik.
2. Kelgusiga yo„naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo„ljalni olgan bo„lishi
kerak.
3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo„naltirilganlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |