21
III BOB. YANGI TOVARNI YARATISH, BAHOLASH VA
JOYLASHTIRISH JARAYONI
3.1 Innovatsiya tavakkalchiligini baholash
Barcha yangi tovarlarning faqat 10
foizigina haqiqatdan ham yangi, original
hisoblanadi va jahon miqyosida yangi tovarlar deb ataladi. Bunday yangi tovarlarni
tayyorlash, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish va
bozorga olib chiqish katta
xarajatlar sarflashni talab qiladi hamda tavakkalchilik darajasi yuqori bo„ladi. Bu esa
kompaniyalar yangi tovarlar ishlab chiqishni aksari hollarda mavjud tovarlarni
takomillashtirish va modifikatsiyalash bilan bog„lashlariga asosiy sabab bo„ladi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va bozorga kiritish
innovatsion siyosat asosida,
xususan, tovar innovatsiyasi jarayonining tamoyillari va usullari asosida amalga
oshiriladi.
Innovatsiya jarayoni o„z ichiga quyidagi oltita bosqichni kiritadi:
1) yangi tovarlar haqidagi g„oyalarni izlab topish;
2) g„oyalarni tanlash;
3) yangi tovar g„oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish;
4)
tovarni ishlab chiqish;
5)
tovarni bozor sharoitlarda test va sinovdan o„tkazish;
6)
tovarni yangi bozorga kiritish.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovarlar haqidagi g„oyalarni izlab topishdan
boshlanadi. Korxonaning ichki va tashqi g„oya manbalari tovarlar haqidagi g„oyalar
uchun baza vazifasini bajaradi.
Tashqi g„oyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
savdo korxonalari;
xaridor va iste‟molchilar; raqobatchilar; ko„rgazma va yarmarkalar;
turli xil
nashrlar;ilmiy tadqiqot institutlari; ta‟minotchilar; ishlab chiqarishning boshqa
tarmoqlarida
ishlab chiqarilgan tovarlar; reklama agentliklari; xo„jalik birlashmalari,
vazirliklar va boshqa davlat organlari.
Ichki g„oyalar qatoriga esa quyidagilar mansub: marketing tadqiqotlari bo„limlari;
texnik va istiqbolli rivojlanish bo„limlari; patent bo„limlari; ishlab chiqarish bo„limi;
marketing bo„limining barcha bo„linmalari; xalqaro iqtisodiy
22
hamkorlik bo„limi; tovarni tayyorlash bo„limi; g„oyalarni izlab topish va rivojlantirish
bo„yicha doimiy yoki muvaqqat xodimlar guruhlari.
Yangi tovarni rejalashtirish vazifasi tovar siyosatining
muqobil variantlarini
qidirib topish va ishlab chiqish, ularning imkoniyatlari va xatarlarini asoslab
berishdan iboratdir. Rejalashtirilayotganchora-tadbirlarning
natijalarini oshirish
maqsadida tovar innovatsiyasining g„oyalarni izlab topish yoki g„oyalar olish
bosqichi, g„oyalarni baholash bosqichi va g„oyalarni amalga oshirish bosqichi kabi
asosiy muammolarga alohida e‟tibor qaratish zarur.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli xil usullar qo„llaniladi(3.1-jadval).Yangi
tovar haqidagi g„oyalarni izlab topish va ularni rivojlantirish
uchun bozorni tadqiq
etish ijodiy izlanish texnikasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: