46
jazira (sahro, qumlar) nomi: Abskun (jazirasi), Qoraqum, Oroqum, Sahroyi
garim;
tepa, qiralar nomi: Bayot qiri, Burlu qiri, Ulug’ toba;
tog’lar nomi: Judi tog’I, Qut tog’I, Olatog’;
to’qaylar nomi: Chekdalik, Fotma to’qay to’qayi;
qal’a nomi: Chekdalik, Fotma to’qay to’qayi, Qora ayg’ir to’qayi;
dengiz nomi: Muhit dengizi, Achi dengizi, Sir dengizi;
daryolar, soylar nomi: Atil suvi, Sir suvi, Amu suvi, Ko’kmuron, O’rmuron,
Makrin;
quduq nomi: Dinor qudug’i, Sog’cha qudug’i;
bog’lar nomi: Bogi’ xurram, Qorabog’.
“Shajarayi
turk”dagi
gidronimlarni
ular
tarkibida
ishtirok
etgan
indikatorlarning turiga ko’ra quyidagi gurhlarga ajratish mumkin.
Suv indikatorlari: Oq suv, Qora suv, Sind suvi, Amu suvi, Yim suvi;
dengiz (tengiz) indikatorlari: Achi dengizi,
Mozandaron tengizi, Orol
dengizi;
buloq indikatorlari: Tug’a buloq, Boljuna bulog’i;
quduq indikatorli: Dinor tegan quduq, Peshgoh tegan quduq.
“Shajarayi turk” toponimiyalarini nomlanish asosiga ko’ra, shartli ravishda,
quyidagicha guruhlash mumkin:
1) tabiiy jug’rofiy xususiyat ifoda qiluvchi toponimlar;
2) shaxs nomlari asosida hosil qilingan toponimlar;
3) nomlanish asosi noaniq toponimlar.
“Shajarayi turk”dagi tabiiy-jug’rofiy xususiyat ifoda qiluvchi toponimlar
quyidagi guruhlarga ajraladi:
1) jug’rofiy tushunchalar bilan bo’g’liq toponimlar (bunda joyning relef
xususiyati nazarda tutiladi): Ar tog’i, Arqanaqun, Bobil iqlimi, Dashti Qipchoq:
2) Suvliklar bilan bog’liq bo’lgan nomlar: Andarob, Baljuna bulog’i,
Sog’cha qudug’i:
47
3) obyektlarning miqdoriy belgisi asosida vujudga kelishi toponimlar:
Beshto’ba, Beshbaliq:
4) etnonimlar asosida vujudga kelgan toponimlar: Arabiston, Bulg’or,
Kirayt, Mo’g’uliston, Turkiston.
“Shajarayi turk” tilidagi nomlanish asosi noaniq bo’lgan
toponimlarni ikki
guruhga ajratish mumkin:
a) nomlanish asosi aytilgan bo’lsa-da, nomning aniq ma’nosi noma’lum
bo’lgan toponimlar. Bunday toponimlarga quyidagilar kiradi. Ar tog’i, Arqanaqun,
Bayot qizi, Dinor quduq, Burma, Yozina, Judan tog’I, Karvok, Ko’kardlik,
Mazdehqon, Namanqahra, Sag’cha, Sag’irich, Tuk qal’asi, Churchit, Cho’tak:
b) nomlanish asosi aytilmagan va ma’nosi ham noaniq bo’lgan toponimlar:
Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: Kurdush, Saraychiq, Isfaroyin.
Abulg’ozi ba’zi toponimik aniqlagichlarning ma’no va etimologiyasiga
to’xtalgan. Chunonchi, u suv so’zi haqida yozadi: “Oqib boraturg’on ulug’
suvni
turkiy tilinda soy der”. U o’z fikrini davom ettirib soy ma’nosini bildiruvchi
so’zning tojik va mo’g’ul tillariga xos muqobillari haqida ham ma’lumot beradi:
“Oqib boraturg’on ulug’ suvni tojik kechkinrud va uluqin rudxona derv a arab
vodiyder. Mo’g’ul muron der”. Ma’lum bo’ladiki, tarkibida muron elementi
mavjud bo’lgan gidronimlar muron-soy (suv) onomastik indikatorning mo’g’ulcha
muqobilidir. “Ul sakkiz suvning otlari munlar turur: Ko’kmuron, O’nmuron,
Qorausin, Sonbiqun, Aqrimuron, Jig’anmuron, Jochamuran”.
Do'stlaringiz bilan baham: