98
2-sessiya. Asosiy qism
18.
“Halokatga uchragan kema” treningi
O‘yin boshlanishidan oldin boshlovchi «Javobgarlikning o‘zi nima? Siz buni
qanday tushunasiz?» degan savolni o‘rtaga tashlagani ma’qul.
Boshlovchi ishtirokchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan,
ishtirokchilar
tomonidan «javobgarlik» so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilishlarini
odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush
tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab, so‘ng javoblarni qo‘shimcha
yangi misollar
bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim.
Bu o‘rinda boshlovchi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da javobgarlik so‘ziga
qanday tarif berilganligini aytib o‘tishi mumkin. Lekin lug‘atdagi so‘zning ma’nosi
faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi «javobgarlik»
tushunchasining izohidan tashqari o‘z zimmasiga olingan «javobgarlik mas’uliyati»,
«javobgarlikni o‘z zimmasiga olish», o‘z bo‘ynidan javobgarlikni soqit qilish,
javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir «tushyapti» kabi javobgarlikka taalluqli
umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o‘tish kerak.
«Javobgarlik» so‘zi tushunchasi hakida to‘la-to‘kis ma’lumot berilganidan so‘ng,
«o‘z zimmasiga javobgarlik olish»ning ahamiyati qayd etiladi,
keyin boshlovchi
tomonidan o‘quvchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini taklif etish maqsadga
muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o‘qituvchi tomonidan quyidagi
yo‘riqnoma beriladi: «O‘zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib ketayotgandek his
qiling. Yong‘in tufayli yaxtaning va yuklarning ko‘p qismi nobud bo‘ldi. Yaxta asta-
sekin cho‘ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan chiqqanligi sababli siz turgan joy
noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 1000 km.
masofada turibsiz. Bu holatdan qanday chiqish mumkin?
Quyida yong‘indan so‘ng butun qolgan va ziyon ko‘rmagan 14 ta jihozning
ro‘yxati berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda ihtiyoringizda
eshkagi bor pufakli
qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarini saqlash imkoniga ega.
SHuningdek, bunday holatlarda juda zarur bo‘lgan 4 ta narsa ham omon qolgan.
Bular bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta kog‘oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. SHu vaqt ichida okeanda siz o‘zingiz
uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his etishingiz kerak. Pastda
berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bulgan 4 ta narsani aniqlash lozimki, bu
jihozlar yordamida cho‘kayotganlarni ham qutqarish mumkin bo‘lsin. Bunday
tanlash jarayonida eng muhim hisoblangan jihoz 1-o‘ringa, keyingi muhim jihoz 2-
o‘ringa undan keyingisi 3-o‘ringa va h.k. qo‘yiladi.
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o‘rni belgilanadi.
Oqibatda, 14-
o‘rinni unchalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan jihoz egallaydi.
99
Endi quyidagi 14 ta jihozni o‘z o‘rniga qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Bunda aslo siz
o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini olayotganligingizni
unutmasligingiz kerak». SHundan keyin ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro‘yxati
havola etiladi.
1.
Kompas.
2.
Soqol olish uchun ko‘zgu.
3.
5 litrli suv idish.
4.
Baliq tutadigan to‘r.
5.
Tinch okeani xaritalari.
6.
Havo to‘ldirilgan yostiq.
7.
2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi.
8.
Kichik tranzistrli radio.
9.
Akulalarni qo‘rqituvchi jihoz, rapellent.
10. YOmg‘ir suvini yig‘ish uchun katta yuzali timqora plastik (kleenka).
11. Bir necha 80
s
li Puerto-riko romi.
12. Ikki quti shokolad.
13. 25 metr neylon yo‘g‘on arqon.
14. Bir yashik konserva.
O‘quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni bajarilgach, bir
qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. O‘quvchilar berilgan vazifani
alohida-alohida bajarib bo‘lishganidan so‘ng, birgalikda
hayot uchun yordam
beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo‘ladi.
Ularning umumiy bir to‘xtamga kelishi osonroq bo‘lishi uchun o‘quvchilarga
quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
- o‘zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo‘lish, ya’ni o‘zini ustun
qo‘ymasdan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qarorga ko‘ra
javobgarlikni olish;
- bu qiyin bo‘lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina qisman qabul qilish;
- qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni ko‘rib chiqish.
Butun guruh yuqorida qayd etilganlarning eng
muhimlarini tanlaganidan keyin,
shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli jihozlarni tanlab
olgan betaraf gurux fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo‘lmaydi.
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan iborat:
1.
Soqol olish uchun ko‘zgu: U havo va dengiz qutqaruvchilari uchun signal
berish vazifasini o‘taydi;
2.
Gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin bo‘lgan neft va gaz qorishmasining ikki
litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar e’tiborini tortadigan vositalardan biridir;
3.
CHanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;
4.
1 yashik konserva.
100
«Kemaning halokatga uchrashi» mashg‘uloti tugaganidan keyin boshlovchi o‘z
zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og‘ir paytlarda yuzaga kelmay, bu sifat
har
bir kishining oilaviy hayotida, kundalik turmush tarzining asosiy
xususiyatlaridan biri bo‘lishi lozimligini alohida qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: