92
13.
“G‘aram, tepalik, so‘qmoq” mashqi
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga bo‘linadilar. Har bir guruh a’zolari bir-
birlarining qo‘llaridan ushlab, davra quradilar. O‘yin ishtirokchilarning o‘ng
tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «So‘qmoq»
deyilganda ishtirokchilar bir qator bo‘lib o‘tirib olishlari kerak. 'G‘aram» deyilganda
har bir guruh 2 kichik guruhga bo‘linadi va bir-biriga yuzma-yuz bo‘lib, qo‘llarini
birlashtirib yuqoriga ko‘taradilar. «Tepalik» deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir
qator bo‘ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi o‘tirib oladi,
natijada tepaliklar ko‘rinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi
bajargan guruhga 1 ball beriladi. SHunday qilib eng ko‘p ball jamg‘argan g‘olib deb
topiladi.
2-sessiya Asosiy qism
14.
“Maqsadga erishish” treningi
Ko‘zingizni yuming, gavdangizni bushashtirib o‘tiring. O‘z
maqsadingizga
diqqat bilan qarang. Tasavvur qiling, maqsadingizga erishdingiz. Masalan, ish
boshladingiz va uni muvaffaqiyatli bajaryapsiz. O‘z
maqsadingiz manzarasini
aniqroq tasavvur qiling. Ko‘rayotgan narsalaringizni anglab ko‘ring - ranglar,
narsalar, odamlar, xonalar, xonadagi shart-sharoit va h.k. Atrofdagi barcha narsalar
-
tovushlar, ovozlar, gap so‘zlarni eshiting. Atrofdagi narsalarni ushlab ko‘ring,
ularni his qiling. Hayolan o‘z maqsadingizga tularoq etish mumkinligini tasavvur
qiling, keyin maqsadingizga erishish manzarasini ko‘rib, o‘zingizga ayting: "Men
albatta bu maqsadga erishaman. Maqsadimga erishish uchun xamma narsani
qilaman.
Bu amalga oshadigan maqsad, fakat unga erishish uchun harakat qilish
zarur!".
Endi, nihoyat tasavvur qilishdan to‘xtab, ongli hayotga erishish uchun mutloq
ishonch va mustahkam e’tiqod bilan qayting. Bu sizning holatingizda o‘zoq vaqt
saqlanib qoladi va maqsadingizga erishish uchun erdam beradi.
SHunday qilib, o‘z muammolaringizning hal qilish yo‘lini topdingiz. Bu
muammolarga turli tomondan qarab ko‘rdingiz va uni hal qilish mumkinligini his
qildingiz. Eng muhimi muammolarga nisbatan munosabatingiz o‘zgardi.
Muammolaringizni hal qilishda sizga quyidagi mulohazalar yordam beradi.
- Insonda doimo muammolar bo‘ladi. Hayotda muammolarning bo‘lishi
muqarrar.
- Bir
muammoni hal qilgach, ikkinchisi tug‘iladi.
- Birinchi muammodan keyin inson albatta ikkinchisiga duch keladi.
- Har kanday chiqarilgan qaror - bugun to‘g‘ri bo‘lsa, ertaga noto‘g‘ri tuyuladi.
- Muammoni hal qilish vaqti bor. SHuning uchun insonga sabr toqat kerak.
- O‘z hayotingizni takrorlanmas deb biling.
93
- Har bir kishi xato qilish mumkinligini unutmasligi kerak.
- Har bir inson o‘ziga “Bu men uchun muhim emas!” deb aytishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: