Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Yaqin Sharq.
LIVIYA
(Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi)
Maydoni -1759500 kvadrat kilometr.
Aholisi - 5500000 kishi.
Liviya - Shimoliy Afrikadagi davlat. Shi- 
moldan uni O'rta dengizi o'rab turishi tufayli bu
joylarda subtropik iqlim hukmron. Ammo janubiy 
qismida Tibasti tog'ligining tarmoqlari va sharqiy 
qismida Liviya cho'li iqlimi butunlay boshqacha. 
Mamlakat shimolida yiliga 250 mm dan 625 mm 
gacha yomg'ir yog'sa, janub va sharqda 100 
mm, Liviya cho'lida esa 25 mm gacha yomg'ir 
yog'adi. Doimiy oqib turadigan daryolari yo'q. 
Dengiz sohilidagi yerlarda akatsiya, tamariks, 
makvis, kedr, sarv, janubroqda dag'al o't va buta 
o'sadi, cho'llarda esa o'simlik juda siyrak. 
Hayvonot dunyosiga kelganda, shimolda sirtlon, 
qashqir, tulki, quyon, turli qushlar yashasa, cho'lda 
ilon, kaltakesak va chayondan boshqa narsa 
uchramaydi.
Asosiy aholisi-arablaming butun tarixi chet el- 
lik bosqinchilarga qarshi kurash tarixidan iborat. 
Miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmi- 
da finikiyaliklarga, 7-asrda yunonlarga, 5-asr 
o'rtalarida Karfagenga, 6-asr oxiri va 5-asr 
boshlarida Axamoniylarga, keyinroq makedo- 
niyalik Aleksandr qo'shinlariga, miloddan avval­
gi 2-asrda rimliklarga, milodiy 6-asrda vizantiya- 
lik bosqinchilarga qarshi kurashdilar. 7-asrda 
Arab xalifaligiga qo'shib olindi.
Liviya 16-asrdan 1912-yilgacha Turkiya tarki­
bida bo'ldi. 1911-12-yillardagi Italiya-Turkiya 
urushidan so'ng Liviyaning dengiz sohilidagi yer- 
larini Italiya egalladi. Ikkinchi jahon urushi oxiriari- 
ga kelib Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy 
ma’muriyati qo'l ostiga o'tdi. Nihoyat, 1951-yilda 
Liviya Qo'shma qirolligi tuzildi. 1969-yilda yosh 
armiya ofitserlari monarxiyani ag'darib, Liviya 
Arab Respublikasi (LAR) tuzilganini e’lon qildi- 
lar.
50-yillaming o'rtalarida mamlakatda katta neft 
konlari topildi. Neft zaxiralari jihatidan Afrikada 
birinchi, gaz zaxiralari jihatidan uchinchi o'rinda 
turadi. Neftdan kelgan daromad evaziga hunar- 
mandchilik, yengil sanoat va uy-joy qurilishi rivojla- 
na boshladi. Qishloqlardagi dehqonlar arpa va 
bug'doy, sabzavot, yeryong'oq, zaytun, mevalar 
(apelsin, mandarin, xurmo, uzum) yetishtiradilar. 
Sahroi Kabirdagi ko'chm anchi va yarim 
ko'chmanchi aholi asosan chorvachilik bilan 
shug'ullanadi: qo'y, echki, qoramol, ot, eshak bo­
qadi.
Mamlakat poytaxti - Tripoli (Tarablus al-G'arb) 
O'rta dengizdagi port shahri bo'lib, unda 
to'qimachilik, ko'nchilik, oziq-ovqat korxonalari, 
universitet, machitlar, muzeylar bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi


LIXTENSHTEYN - qarang 
Mitti davlatlar.
LOBZIK BILAN ARRALASH
Mehnat darsida, to‘garaklarda, uyda bo­
lalar faner (yoki plastmassa, organik shisha, 
y u p q a m etall lis ti)d a n be jirim g u lla r 
(naqshlar) yasashadi. Undagi nozik yo'llar 
yupqa, ensiz, kalta arra lentasi o'matilgan 
taqasimon qo'l arra - lobzikda arralanadi. 
Lobzik bilan arralash uchun yana qisqich, 
dastgohcha, bigiz, nozik egovchalar, qum 
qog'oz, gul andazasi kerak bo'ladi.
A rralash uchun qiyshayib ketm agan, 
ko'zsiz va darz ketmagan quruq faner bo'lagi 
olinadi. Unga gul tushirish uchun sirtini 
qog'oz bilan tozalab, ustiga qora qog'ozni, 
so'ngra gul andazasini qo'yiladi. Bularning 
hammasi birgalikda knopkalab chiqiladi, gul 
andazasi chetlaridan qalam yurgiziladi, 
to'g'ri chiziqlarni chizg'ich bilan, dumaloq- 
larini sirkul bilan chiziladi.
Agar faner qalin bo'lsa, yirik tishli arracha, 
yupqa faner (plastmassa, organik shisha, 
yupqa metall listi) uchun mayda tishli arracha 
olinadi.
Arracha tishlarini pastga qaratib, dasta 
yo'nalishida lobzik qisqichlariga mahkamla­
nadi. Arracha juda tarang turishi kerak.
Arralash dastgohi qisqich yordamida stol- 
ga m ahkam lanadi, uning ustiga fanerni 
qo'yib, chap qo'l bilan bosib turiladi. Lobzik 
arrachasi bosh va ko'rsatkich barmoqlar 
orasida yurgizilishi kerak.
Arralayotganda to'g'ri o'tirish kerak, ar- 
rachani qiyshaytirmay, lobzikni qattiq bos- 
may yurgiziladi. Chiziq keskin buriladigan 
joylarda lobzik bir joyda ushlab turiladi va
ayni vaqtda fanerni kerakli yo'nalishda burib 
yurgiziladi.
Arrani gul chetlaridan chiqarib yubormaslik, 
qalam izlarini detal tomonda qoldirish kerak. 
Arracha juda qizib ketmasligi uchun vaqt-vaq- 
ti bilan tanaffus qilinadi.
Ichki teshiklarni arralashda arrachaning yu­
qori uchi qisqichdan chiqariladi, teshikdan 
o'tkaziladi va yana jo yig a m ahkam lab 
qo'yiladi. Qolgan barcha maslahatlarni (faner 
detallardan modelni qanday qilib yig'ish, fa­
nerni qanday bukish va yopishtirish, uning sir­
tiga ishlov berish haqida) arralab naqsh solish 
uchun chiqarilgan maxsus albomlardan o'qib 
olish mumkin. Bu ishda sizga mehnat darsi 
o 'q itu vch isi, 
to 'g a ra k 
rahbari 
ham 
ko'maklashadi.
LOKOMOTIV
Poyezdda sayohat qilishni yoqtirmaydigan 
bola bo'lmasa kerak. Vagonga kirib, qulay 
o'rindiqlarga o'tirdingiz. Mana, poyezd ohista 
joyidan qo'zg'aldi va borgan sari tezlasha bor­
di. Daraxtlar, uylar, dalalaroyna ortidan lip-lip 
o'ta boshladi. Hali oldinda yo'l olis.
Birdan kuchli chinqiriq eshitilib, narigi izda 
ro'paradan kelayotgan poyezd oyna oldidan 
jadal o'ta boshladi. Siz vagonlarni sanaysiz. 
Muncha uzun bu poyezd, deb o'ylaysiz. Vagon- 
lar, platformalar va sisternalar lip-lip o'tadi. 
Ularda qanchadan-qancha zarur yuklar: neft, 
ko'mir, sement, har xil mashinalar bor. Ana shu 
yuklar bilan to'lib-toshgan vagonlarni bittagina 
vagon tortib ketayotganiga ajablanasiz. To'g'ri, 
bu vagon - oddiy vagon em as, balki -
o'ziyurar vagon. Unda dvigatel (uni motor ham 
deyishadi) bo'lib, u vagon g'ildiraklarini aylan- 
tiradi. Aylantirganda ham shu qadar kuchli va 
tez aylantiradiki, shu bitta vagonning o'zi 40 ta 
og'ir yukli vagonni tortib ketishga qodir bo'ladi. 
Bu o'ziyurar vagon lokomotiv deb ataladi. Uni 
mashinistlar boshqaradi. Ilgari ko'mir shaxta- 
lari va ruda konlarida ko'mir va rudalar po'lat 
relslarda yuradigan vagonlarda tashilgan. Bu 
vagonlarni otlar tortib yurgan. Relslarda otlar- 
siz yuradigan birinchi lokomotivni 1803-yilda 
ingliz ixtirochisi R. Trevitik qurgan. Shundan 
so 'n g
1 8 1 4 -yild a
ingliz 
ixtirochisi 
J . J. S te fe n so n , 1 8 3 4 -yild a o ta -bo la
www.ziyouz.com kutubxonasi


Y. A. va M. Y. Chereponovlar qurishdi. Loko- 
motiv g'ildiraklarini suv bug'i bilan ishlaydi- 
gan dvigatel - bug1
mashinasi aylantirgan. 
Bu lokomotiv bug1
yordamida yurgani uchun 
uni parovoz (bug1
bilan yuradigan mashina) 
deb atashgan. Parovozning katta mo'risi 
bo'lib, undan qop-qora tutun chiqib turgan, chunki 
uning o'txonasida ko'mir yoqilib, suv isitilgan va 
bug1
hosil qilingan. O lt yoquvchi kishi o’txonaga 
to'xtovsiz ko'mir tashlab turgan. Uzoq vaqtgacha 
parovoz temir yo'llarda yagona «zahmatkash» 
hisoblanib kelgan. Keyinroq yangi dvigatellar -
elektr va ichki yonuv dvigatellari paydo bo'ldi. Ular 
haqida siz shu kitobdagi «Dvigatel» maqolasini 
o'qib bilib olasiz.
Elektr dvigatelli lokomotiv elektrovoz deb ata­
ladi. Elektrovozlar parovozlardan tezroq yurib
ko'proq vagonlami torta oladi. Ularga suv isitish 
uchun ko'miming keragi yo'q, chunki dvigatel ele­
ktr tokida ishlaydi, tok dvigatelga relslar ustiga 
tortilgan simlardan keladi. Simni dvigatelga ulash 
uchun elektrovoz ustiga pantograf - doim sim- 
ga tegib turadigan maxsus qurilma o'rnatilgan.
Temiryo'llarda ichki yonuv dvigatelli lokomotiv- 
lar ham poyezdlarni tortib yuradi. Bunday loko- 
motivlar teplovozlar deb ataladi. Shunisi qiziqki, 
teplovozlaming dvigateli g'ildiraklami emas, bal­
ki generatorni aylantiradi. Generator esa elektr 
toki hosil qilib beradi. Hosil bo'lgan tok elektr dvi- 
gatelni ishlashga majbur qiladi, elektr dvigatel 
esa g'ildiraklami aylantiradi. Ichki yonuv dvigateli 
(dizel)ning ishlashi uchun yonilg'i (kerosin-gazoyl) 
kerak. Shuning uchun teplovoz o'z yonilg'isini o'zi 
bilan olib yuradi. Dastlabki lokomotivlar - paro- 
vozlar hozir deyarli ishlatilmaydi.
LOMONOSOV
MIXAIL
VASILYEVICH
(
1711
-
1765
)
Mashhur olim Mixail Lomonosov Rossiyaning 
chekka qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. U 
o'qishni erta o'rganib oldi. Biroq unda bilimini 
oshirish istagi kuchli edi. Shu bois 1730-yilning 
oxirida muzlagan baliq ortilgan karvonga erga- 
shib Moskvaga piyoda yo'l oldi.
O'sha paytlarda dehqon bolasining aka- 
demiyaga kirib o'qishi man etilardi. Shuning 
uchun u o'zini dvoryan o'g'li deb tanitib, 1731- 
yilning yanvarida Moskva Slavyan-yunon-lotin 
akademiyasiga o'qishga kirdi. 1735-yilda eng 
yaxshi o'quvchilar qatorida Peterburgga, so'ngra 
yaxshi o'qiganligi uchun mukofot sifatida Ger- 
maniyaga o'qishga yuborildi. Qunt va sabot bi­
lan olgan bilimi bekor ketmadi. Lomonosov yirik 
olim bo'lib yetishdi.
Mixail Lomonosovning ilmiy faoliyati keng va 
mazmundor edi: u o'z tadqiqotlari bilan fizika, 
kimyo, astronomiya, rus tili va adabiyoti, tarix va 
falsafa, tasviriy san’at va boshqa fanlarda iz 
qoldirgan ensiklopedist olim edi. U Rossiyaning 
iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti tarafdori 
bo'lgani holda rus xalqining taqdiri va milliy man- 
faatlari uchun doimo kurash olib borgan.
1746-yilda u birinchi bo'lib rus tilida fizikadan 
ommaviy ma’ruzalar o'qiy boshladi, 1748-yilda 
uning tashabbusi bilan Rossiyada birinchi kimyo 
ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ochildi, unda 
Lomonosov o'zining fizika va kimyoga oid tad- 
qiqotlarini olib bordi.
Lomonosovning fizika va kimyoga oid tajriba- 
lari g'oyat aniqligi bilan ajralib turardi. Bir kuni u 
shunday tajriba qilib ko'rdi: qo'rg'oshin plas- 
tinkalar kavsharlangan shisha idishni tarozida 
tortib, keyin qizdirdi, so'ngra yana tortib ko'rdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Plastinkalar oksid bilan qoplandi, lekin idishning 
umumiy og'irligi o‘zgarmadi. Tabiatning asosiy 
qonunlaridan biri - materiyaning saqlanish qo- 
nuni shu tariqa kashf qilindi.
Lomonosov fanning turli sohalari, adabiyot va 
san’at bo'yicha samarali ishlari bilan ham 
mashhur.
M. Lomonosov yulduzlar va sayyoralami kuza- 
tish uchun teleskop loyihasini tuzdi va yasadi. 
Shu teleskop yordamida Venera ham Yer kabi 
atmosfera bilan o'ralganligini kashf etdi.
U yashin, shimol yog'dusi kabi hodisalarni 
to'g'ri izohlab bergan. «Y e r qatlamlari haqida» 
asarida Yer qatlamlari tabiatda bo'ladigan mu- 
rakkab jarayonlar natijasida hosil bo'lishini 
ko'rsatdi, toshko'mir, torf, yonuvchi slanes kabi 
foydali qazilmalarning paydo bo'lishi haqida 
yozdi.
Lomonosov barcha jismlar qizdirilganda tez­
roq, sovitilganda sekinroq harakatlanadigan 
mayda qo'zg'aluvchan zarralar - molekula va 
atomlardan iborat, deb hisobladi.
U Peterburgga yaqin joyda fabrika qurdi, u 
yerda uning retsepti bo'yicha har xil rang va tus­
da shishalar tayyorlandi. So'ng bu shishalardan 
bir necha ajoyib mozaik rasmlar, masalan, Pol­
tava jangi tasvirini va Pyotr I portretini yaratdi.
M. Lomonosov Rossiyada ma’rifat tarqatish 
to'g'risida g'amxo'rlik qilib, aholining barcha 
tabaqalari uchun ochiq bo'lgan universitet och- 
ishni talab qildi. Ko'p urinishlardan so'ng 1755- 
yilda uning loyihasi bo'yicha hozir М. V. 
Lomonosov nomi bilan ataluvchi Moskva univer­
siteti tashkil topdi. Lomonosovning ilmiy faoliyati 
o'sha davrdagi tabiiy va ijtimoiy fanlaming deyarli 
barcha muammolarini qamrab olgan edi.
LUNOXOD
Lunoxod - O y sirtida harakatlanuvchi ilmiy 
laboratoriya. Birinchi lunoxodni Oyga 1970-yil 
noyabrda avtomatik stansiya «Luna -17 » olib 
chiqdi. Uning katta-kichikligi «Moskvich» avto- 
mobilidek keladi. «Lu n o xo d -1 »da gi sakkiz 
g'ildirakning har biri « o 'z » dvigateliga ega 
bo'lgan. G'ildiraklar shunday tuzilganligi tufayli 
Lunoxod O y sirtidagi past-baland joylardan ol-
dinga, orqaga yura olgan, turgan joyida va har- 
akat paytida istalgan yo'nalishda burilishi mumkin 
bo'lgan. Lunoxod orqasidagi 9-g‘ildirak harakat 
tezligini va otilgan yo'lni aniqlab turgan. Televizi- 
on kameralar lunoxodning «ko'zlari» vazifasini 
bajargan. Ular Yerga Oy sirtining tasvirini uzatgan, 
radioantennalar lunoxodni Yer bilan bog'lagan.
Oyda temperaturalar farqi juda katta: kunduzi 
130 daraja issiq, kechasi 170 daraja sovuq. Ap- 
paratura muzlab qolmasligi uchun lunoxod issiq- 
likni saqlab turishi kerak bo'lgan. Kechasi u 
o'ziga qulay joy «topib olib», qopqog'ini yopgan 
va «pechka»sini ulagan. Quyosh nurlari tusha 
boshlashi bilanoq lunoxod Quyosh batereyalari 
o'rnatilgan qopqog'ini ko'targan. Quyosh akku- 
mulyatorlami elektr energiyasi bilan zaryadlagan 
va lunoxod yo'lga tushgan.
Lunoxod ekipaji: komandir, bortmexanik, mu- 
handis, shturman, haydovchi, radist - bulaming 
hammasi Yerda, ya’ni kosmik markazida turib, 
lunoxodni boshqarishgan.
«L u n o x o d -1 » O yda 10,5 oy ishlab, O y
sirtining katta qismini tadqiq etdi, tuproq namu- 
nalarini oldi va uning kimyoviy tarkibini o'rgandi.
«L u n o x o d -2 » O yga 1973-yil yanvarda 
chiqarildi. Unda ilmiy asbob-uskunalar ko'proq 
bo'lgan. «Lunoxod-2» to'rt yarim oy ishlab, 80 
ming fotosurat va fan uchun muhim bo'lgan 
boshqa ko'p m a’lumotlami Yerga yubordi. 
Lunoxodlar tufayli olimlar O y haqida ko'p 
ma’lumotlarni bilib olishdi.
LYUKSEMBURG 
- qarang 

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish