Yaqin Sharq.
KUYDIRIB GUL SOLISH
S iz har xil bejirim narsalar: naqshdor
laganchalar, guldonlar, devorga osiladigan
bezaklar yasashingiz, jo'ka (lipa) daraxti
yog'ochi yoki qayin yog'ochidan qilingan fa-
nerlardan har xil narsalar yasab, ularni naqsh
bilan bezashingiz mumkin. Bularni transfor-
mator va unga ulangan ignadan iborat od-
diygina asbob yordamida qilasiz.
Ishni oldiniga oddiy rasmlardan boshlang.
Kuydirib naqsh solishni yaxshi o'rganib ol-
ganingizdan keyingina murakkabroq rasm-
larga o'tsangiz bo'ladi. Kuydirib hosil qilin
gan rasmingizni keyin tempera, akvarel,
anilin va moy bo'yoqlari bilan bo'yash yoki
lok surkab yaltiratish mumkin (lokni yassi
cho'tka bilan bir necha qatlam qilib surkash
kerak. Bir qatlami qurigandan keyingina ik
kinchi qatlami surkaladi).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Endi sizga yana bir necha maslahat be-
ramiz.
Kuydirib naqsh solmoqchi bo'lgan mate-
rialning sirtini mayin jilvir qog'oz bilan yax-
shilab ishqalang. Agar o'zingiz rasm solish-
ni bilmasangiz, naqsh izlarini yog'ochga
nusxa ko'chirish qog'ozi (qora qog'oz) orqali
tushiring. Rasm buzilmasligi uchun yog'och
ustiga oldin qora qog'oz, uning ustiga esa
gulli nusxani qo'ying, shundan keyin rasm
chetlaridan qattiq qalam yurgizib chiqing.
Kuydirish asbobining ignasi to'q qizil rang-
ga kirguncha qizishi lozim. Bordi-yu qizdirish
kuchi yetarli b o 'lm a s a , igna ni tra n s -
formatorning yuqoriroq (4 -6 volt) kuchlanishli
klemmalariga ulang. Endi hali yog'ochga
tushirgan ra sm in g iz chetlaridan ignani
shoshmasdan birtekis yurgizib chiqing. Bir
boshlagan chizig'ingizni oxirigacha yetka-
zishga harakat qiling. Ignani bir qo'yib-bir
olib yurmang. Uni ohista bosib yurgizish ki-
foya. To'g'ri chiziqlami metall chizg'ich yor
damida chizing. Ish tugashi bilanoq transfor-
matorni tokdan uzib qo'ying, qizib turgan ig
nani yonmaydigan taglik ustiga qo'ying va
xonani shamollatishni unutmang.
KYURILAR
(Mariya 1867 - 1934; Pyer 1859 - 1906;
Iren 1897 - 1956; Frederik 1 9 0 0 - 1958)
Parij universitetining talabasi Mariya Skla-
dovskaya Pyer Kyuri bilan tanishganida Pyer
mashhur fizik edi. Fanga fidokorlik ularni ya-
qinlashtirdi, ularturmush qurishdi, bir-birlari-
ga eng yaqin maslahatgo'y va yordamchi
bo'lishdi.
Pyer va Mariya kamtarona yashadilar.
Laboratoriya sotib olishga pullari yo'q edi.
Ular yarim xaroba yog'och hujrani o'z ilmiy
tadqiqotlari uchun moslab oldilar. Shunga
qaramay, Pyer va Mariya bu yerda ulkan kash-
fiyotlar qilishdi.
O'sha yillari fransuz fizigi Antuan Anri Bek-
kerel g'alati nurlarni topdi, nurlarni uran tuzi
bo'lagi taratardi. Bu nurlarni odam ko'zi il-
g'amasdi, lekin uran tuzini qora qog'ozga
Pyer Kyuri.
Mariya Skladovskaya-Kyuri.
Iren Jolio-Kyuri.
Frederik Jolio-Kyuri.
o'ralgan fotoplastinka ustiga qo'yilsa, foto-
plastinka nurlanib qorayib qolardi.
Bu g'alati nurlar Mariyani qiziqtirib qoldi va
ularni sabr-toqat, sinchkovlik bilan o'rgana
boshladi. Kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan
oylar o'taverdi va, nihoyat, bunday nurlar faqat
urandan emas, boshqa elementlardan ham
tarqalishi ma’lum bo'ldi. «N u r» so'zi lotincha-
da «ra d iu s » m a’nosini bildiradi. Shuning
uchun Mariya ko'rinmaydigan nurlar tarqata-
digan barcha moddalarni radioaktiv moddalar
deb atashni taklif qildi.
Mariyaning ishlari Pyerni ham qiziqtirib
qoldi, u xotiniga yordam bera boshladi. Ko'p
o'tmay, y a ’ni 1898-yilda ular hech kimga
ma’lum bo'lmagan elementdan taralayotgan
nurlarni topishdi. P ye rva Mariya uni Mariya
ning vatani Polsha sharafiga poloniy deb
atashdi. Yana bir oz vaqt o'tgach, ular yana
bir yangi element - radiyni kashf etishdi.
Faqat kashf etibgina qolmay, balki kichkina
sof radiy bo'lagini ham topishdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Radioaktivlikni kashf qilganliklari uchun er-
xotin Kyurilar va Bekkerel Nobel mukofoti bilan
taqdirlandilar.
1906-yil 16-aprelda Mariyaning boshiga kat
ta kulfat tushdi: bem a’ni tasodif - arava
g'ildiraklari tagida qolib, Pyer halok bo'ldi. Bu
juda og'ir judolik edi. Pyer har doim: «Boshimiz-
ga qanday kun tushmasin, ishlashimiz lozim»,
- deb uqtirardi. Mariya uning bu so'zlarini
hamisha yodida tutdi.
Mariya Kyuri professor bo'ldi, laboratoriyaga
rahbarlik qildi. U sof radiy metalini hosil qilib ol-
gani uchun ikkinchi marta Nobel mukofotiga
sazovor bo'ldi. Uning shogirdlari ko'paydi. Ular
ning ichida eng iste’dodlisi qizi Iren edi. U ham
fizik bo'lib yetishdi. Iren eri Frederik Jolio bilan
birga onasi rahbarligidagi laboratoriyada ishla
di. Iren va Frederik tabiatda bo'lmaydigan sun’iy
radioaktiv moddalarni yaratishdi. Bu moddalar
ham ko'rinmaydigan nurlar taratardi. Shunday
qilib, Kyurilar oilasida uchinchi Nobel mukofoti
paydo bo'ldi.
Pyer va Mariya Kyurilarning ishlari atom fi-
zikasi asosini tashkil etdi. Radioaktivlik hodisasi
kashf qilingunga qadar atom bo'linmas deb
hisoblanardi. Endilikda ma’lum bo'ldiki, u ko'p
zarralardan iborat ekan. Keyinroq atom
yadrosining o'zini ham bo'lish mumkin ekanligi
aniqlandi. Iren va Frederik Jolio-Kyuri tadqiqot-
lari olimlarga atom yadrosini parchalab, atom
energiyasini olishlariga imkon berdi.
Iren va Frederik atom energiyasi odamlarga
xizmat
qilishini: ularni davolashini, yorug'lik va
issiqlik berishini, mashinalarni yurgizishini
istashardi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi
va Parijning nemislar tomonidan bosib olinishi
bu ishlarni to'xtatib qo'ydi. Hayotini xavf ostida
qoldirib, Jolio-Kyuri xodimlari texnik hujjatlarni
Angliyaga olib ketdilar. Agar bu hujjatlar fash
istlar qo'liga tushsa bormi, ular atom bombasi
yasash sirlarini bilib olishgan bo'lardi. I. va F. Jo
lio-Kyuri Fransiyada qoldilar va Qarshilik har-
akatida ishtirok qildilar.
Urushdan keyin I. va F. Jolio-Kyuri Fransiya
ning atom energiyasi bo'yicha Komissarligida
katta ish olib borishdi. 1948-yildayoq ularning
ishtirokida birinchi Fransuz siklotroni va yadro
reaktori ishga tushirildi.
I. va F. Jolio-Kyuri taniqli jamoat arbobi,
Tinchlik tarafdorlarining Jahon kongresslari
ishtirokchilari edilar. 1949-yildan F. Jolio-Kyuri
Jahon Tinchlik Kengashiga boshchilik qildi.
1950-yilda u tinchlik muhofazasiga bag'ish-
langan mashhur Stokgolm Murojaati tashab-
buskori bo'ldi. Frederik va Iren tinchlikni
qizg'in himoya qilishardi. Ularni ta’qib etdilar,
lekin olimlar o'z niyatlaridan qaytmadilar. Ular
atom faqat tinchlikka xizmat qilishi uchun
kurashishdi.
K O ‘ L
Yer yuzida juda ko'p daryo va jilg'alar oqa
di, yer qa’ridan esa buloq va chashmalar
otilib chiqadi. Ularning suvi biron cho'kmada
to'planib, ko'l hosil qiladi.
Ko'llarning shakl-shamoili ham, kelib chi-
qishi ham xilma-xil. Ularni tekisliklardagi
botiqlarda, tog' tepalarida, o'chib qolgan vul-
kan krateri (o g 'zi)d a uchratish mumkin.
Ko'llarni limnologiya (ko'lshunoslik) fani
o'rganadi. Yer kurrasidagi eng chuqur ko'l Si-
birdagi Baykal ko'lidir. Uning eng chuqur joyi
1620 metr. Kengligi o'nlab kilometrni, uzunli
gi yuzlab kilometrni tashkil etadi. Mahalliy aho
li Baykalni «d e n g iz» deb ataydi. Ko'l suvi
toza va tiniq bo'lganligidan sokin va quyoshli
kunlarda o'ttiz metrli chuqurlikda ko'l tubi
ko'rinib turadi. Ko'lga yuzlab daryo va soylar
quyilgani holda undan faqat birgina Angara
daryosi oqib chiqadi. Afrikadagi Tanganika
ko'li chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal
ko'lidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning
eng chuqur joyi 1470 metr.
Cho'l va quruq dashtlarda ko'plab berk
ko'llar mavjud. Bu ko'llardan bironta ham
daryo oqib chiqmaganligi uchun berk ko'llar
deb ataladi. Ko'llarga kelib quyiladigan bar
cha suv bora-bora bug'lanadi, suvning tuzi
esa ko'lda to'planaveradi. Suvining tarkibida
ko'p miqdorda tuz bo'lgan ko'llar mineral
ko'llar yoki s h o 'r ko'llar deb ataladi.
Qozog'istondagi Aris ko'li taxir-sho'r bo'lib,
tuz cho'kib qoladigan eng yirik ko'llardan biri.
Balxash ko'li sharqiy qismining ham suvi an-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shohimardon. Qubbon ko‘li.
cha s h o ‘r. A yrim ko‘llarning suvida tuz
ko'pligidan, ularda o'simlik va hayvonlar
yashay olmaydi. Shuning uchun Yaqin Sharq-
dagi ana shunday sho‘r ko'llardan biri 0 ‘lik
dengiz deb atalgan.
Viktoriya yoki Viktoriya-Nyanza ko‘li ekva-
torda, Afrikaning sharqida Tanzaniya, Keniya
va Uganda davlatlari hududida joylashgan.
Uning dengiz sathidan balandligi 1000 metr
dan ortiq. Kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi
o'rinda turuvchi chuchuk suvli ko‘l. Uning
o'rtacha chuqurligi 40 metr. Viktoriya kolining
shimoliy qismi juda sayoz bo'lib, chuqurligi bir
necha metr, xolos. Uning suvi yil bo‘yi iliq- Ko‘l
suvi tubiga qadar isiydi. Iliq suvda juda ko‘p
suvo'tlar o‘sadi. Uzunligi 2 metr va undan zi-
yod bolgan baliqlar ana shu suvo'tlar bilan
oziqlanadi. Dunyoda shunday
yana kollar ham borki, ular bir-
daniga yo‘q bolib qoladi, ke
yin yana paydo boladi. A vs -
traliyadagi Jorj koli shunaqa
kollardan biri.
Baland toglarda surilmalar
bo'lishi va qoyalar ag'darilishi
natijasida tog' daryosining tor
vo d iys i to'silib к о 'I hosil
bo'ladi. Pomirni ko'llar o'lkasi
deyish mumkin. U yerda 1500
ga yaqin ko'l bor. Pomirda
1911-yilgi zilzila natijasida tog*
qulab Murg'ob daryosida ba
landligi 700 metrli to'g'on vu
judga kelgan. Natijada Sarez
ko'li paydo bo'lgan. Birgina
Zarafshon daryosining tog'li
qismida 80 ga yaqin ko'l bor.
To g' ko'llarining suvi toza va
sovuqdir. Bu ko'llarga suv ba
land tog' muzliklaridan erib tushadi. Forel
balig'i ana shunday muzdek suvni yaxshi
ko'radi. Shohimardon yaqinidagi Ko'li qub
bon ham tog' qulashidan vujudga kelgan. Kol
suvining birdaniga ko'payishi 1998-yil 8-iyul-
da Shohimardonsoyda falokatli toshqinga sa-
bab bo'lgan.
Y e r ostida ham ko'llar bo'ladi. Y e r osti
daryosi g'orlarda to'planib ko'l hosil qiladi. In
son qo'li bilan yaratilgan sun’iy suv havzalari
ham ko'lga o'xshaydi. Bular soylarni to'g'on
bilan to'sib hosil qilingan kichik ko'llar ham
da sersuv daryolarda bunyod etilgan gidro-
elektr stansiyalarning baland to'g'onlari oldi-
dagi ulkan suv omborlaridir. B a ’zan katta
kollardagi yirik orollarda o'sha joyning tabi-
atini saqlash maqsadida milliy parklar tash-
Eng katta ko'llar (M aydoni kw. km -larda)
Yoqori k.
82103
Kaspiy dengizi
371 000
7
Do'stlaringiz bilan baham: |