Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

M
a g e l l a n n i n g
S A Y O H A T Y O LI
malar to‘rt kundan keyin xushxabar bilan 
qaytib keldilar: s u zib o ‘tsa b o 'la d ig a n
b o 'g 'o z topildi! Flotiliya unga suzib kirdi 
va egri-bugri qirg'oqlar bo'ylab sekinlik 
bilan boraverdi. N ihoyat flagm an kema 
ro 'p a ra sid a n o m a ’lum okean na m oyon 
bo'ldi. U dengizchilarni charaqlagan qu­
yosh nuri va sukunat bilan qarshi oldi. 
M agellan bu okeanga T in c h okean deb 
nom berdi.
Y e v ro p a
С
Erta b a h o rd a , a vg u s td a (bu va q td a
janubiy yarim sharda bahor bo'ladi) M a­
gella n ra z v e d k a g a eng kichik kem a - 
«S a n ty a g o »n i yubordi. Bu kema halokat- 
ga uchradi, am m o odam lar tirik qoldilar. 
S h u n d a y qilib M agellan qulay ob-havon i 
kutm asdan qishlov joyini tark etdi va ikki 
o y
s u z g a c h , 
h e c h
b o 'g 'o z g a
o'xsh am a ydiga n qoyali ensiz suv yo'lagi 
oldiga kelib qoldi. Biroq razvedkachi ke-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Magellan o‘zi kashf qilgan bo'g'oz suvlari- 
da darbadar kezib yurgan vaqtida yana bir 
yangi sinovni boshidan kechirishiga to‘g ‘ri 
keldi: ekspeditsiyaning eng katta kemasi -
«S a n -A n t o n io » (bu kem ada butun eks­
peditsiyaning oziq-ovqati saqlanardi) koman- 
dasi qo‘z g ‘olon ko'tardi va kemani orqaga 
burib Ispaniyaga qarab yo‘1
oldi.
Butun flotiliyadan qolgan uchta kema oldi­
da okeanni kesib o‘tish vazifasi turar edi. 
G'arbga tomon suzish deyarli to‘rt oy davom 
etdi. Oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. Den- 
gizchilar och qoldilar, ular kemadagi kala- 
mushlarni, qoramol terisini, qipiqni yeyishga 
majbur bo'ldilar, ba’zilar singa (lavsha) kasal- 
ligidan o'ldilar. Nihoyat kemalar boy va ni­
hoyatda manzarali noma’lum orollarga yetib 
keldi. Keyinchalik bu orollar Filippin orollari 
deb ataldi.
U yerda jasur admiral hayotining so'nggi 
kunlarini boshidan kechirdi. U mahalliy qabi- 
la boshliqlarining o'zaro urushiga aralashishi 
oqibatida halok bo'ldi. Magellanning halokati 
butun ekspeditsiyaga qattiq ta’sir qildi. Den- 
gizchilar orasida ixtiloflar va sarosima bosh­
landi. Ko'pgina dengizchilar halok bo'ldi, eks- 
peditsiya «Trin id a d » va «Konsepson» nomli 
ikki m ashhur flagman kemasini yo'qotdi. 
Faqat birgina «Viktoriya» kemasi juda ko'p 
mashaqqatli sarguzashtlardan keyin, o'z 
qadrdon gavaniga qaytib keldi. Jahonda dun­
yo bo'ylab qilingan birinchi sayohat fan uchun 
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Magellan eks- 
peditsiyasi Yer atrofini aylanib o'tib, Yerning 
shar shaklida ekanligini isbotladi. Ular Tinch 
okeanni birinchi bo'lib kesib o'tgan yevropa- 
liklar hisoblanadi. Dengizchilar tomonidan 
kashf qilingan, Janubiy Amerikani Olovli Yer 
orolidan ajratib turuvchi bo'g'oz Magellan 
bo'g'ozi deb ataldi.
MAGISTR
«Magistr» so'zi asli lotincha bo'lib, lug'aviy 
m a’nosi «boshliq», «ra h b a r», «o'qituvchi» 
kabilardan iborat. Qadimgi Rimda mansab- 
dor «m agistr» deb atalgan. Masalan, bir gu- 
ruh otliqlar boshlig'i «suvoriylar magistri»
nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik bu atama 
Yevropada keng yoyilib, ko'proq oliy dunyoviy 
va cherkov muassasalari boshliqlari ham shu 
nom bilan atalganlar.
Hozirgi paytda «magistrlik» ko'plab taraq­
qiy etgan mamlakatlarda bakalavr bilan fan 
doktori o'rtasidagi ilmiy unvonni bildiradi. Bu 
unvon universitetni yoki unga tenglashtirilgan 
oliy o'quv yurtini tugatib, bakalavr unvoniga 
ega bo'lgan, qo'shimcha 1-2 yillik ta’lim kursi- 
ni o'tgan, m axsus imtihonlarni topshirib, 
magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan- 
larga beriladi.
O'zbekiston Respublikasida ham ilm-fan, 
ta’lim-tarbiya sohasida jahon andozalariga 
javob beradigan tartib-qoida amal qilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyor­
lash Milliy dasturida magistrlarni tayyorlash 
masalasi kun tartibiga qo'yilgan. Bizning 
mamlakatimizda magistrlik aniq mutaxassis- 
lik bo'yicha oliy kasbiy ta’lim bo'lib, bakalav- 
riyat negizida kamida ikki yil davom etadi. Bu 
ta’lim magistratura deb atalib, kursni o'tab 
bo'lgan talaba maxsus davlat malaka at- 
testatsiyasidan o'tib, dissertatsiya himoya qil- 
gach, magistr unvoniga ega bo'ladi.
MAGNIT
Ushbu rasmdagi «taqa» sizga tanishmi? 
Bu - magnit. Ana shunday «ta q a »n i olib, 
to'g'nog'ich yoki mixga yaqinlashtirib ko'ring-a, 
ularning o'zi lip etib unga yopishib oladi, chunki 
magnit o'ziga tortish xususiyatiga ega. Mag­
nit bilan temir buyumlar orasida qandaydir sirli 
«bog'lanish» mavjudligini odamlar allaqachon- 
lar sezishgan. Ba’zi xalqlarda magnitni hali 
ham «mehrli tosh» deb atashadi. Odamlar 
ko'p asrlar mobaynida tabiiy m agnitlar- mag- 
nitli temir rudasi bo'laklari bilan tajribalar 
ko'rsatishgan, lekin magnitlarning barcha temir 
narsalarga «mehri» sababini hech kim tushun- 
tirib bera olmagan.
Moddalarning magnit xossalari aniqlanishi 
uzoq tarixga ega. Masalan, ikki ming yil oldin- 
roq, magnit materiallar kompas mili sifatida 
ishlatilganligi ma’lum. Ko'p vaqtlargacha mag- 
nitdan faqat kompas millari tayyorlashda foy-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Magnitning har xil ishorali qutblari bir-biriga tortiladi, 
bir xil ishorali qutblari bir-biridan qochadi.
Kuchli magnit og'ir metall detalarni o'ziga tortib, 
kerakli joyga olib boradi.
dalanilgan, xolos. Harakatchan milning bir uchi 
doim Yerning shimoliy magnit qutbi joylashgan 
shimolni, ikkinchi uchi janubiy magnit qutbi joy­
lashgan janubni ko'rsatib turadi (shuning uchun 
ham magnitning uchlari yoki qutblarini shimoliy 
va janubiy qutblar deb atashgan). Xuddi 
elektr zaryadlari kabi, magnitlarning har xil 
ishorali qutblari bir-biriga tortiladi, bir xil isho­
rali qutblari bir-biridan qochadi.
Magnitni o ‘rganish jarayonida qutblarni 
ajratish uchun uni qismlarga bo‘lishga urinish- 
gan. Lekin bundan hech narsa chiqmagan. 
Har qanday magnit bo‘lagi, hatto u juda kichik 
bo'lsa ham, ikkita qutbli yaxlit magnitligicha 
qolgan. Nima uchun shunday bo'lgan? Buni 
tushunishga elektr yordam berdi. Amper gi- 
p o te za sig a ko'ra, m od d a n ing m agnit 
xossalariga moddaning kichik zarralari -
atomlar, molekulalar yoki ularning guruhlari 
ichida aylanib oquvchi elementar berk toklar 
sababchidir.
Siz, ehtimol, zavodda mashinalar po'lat 
detallarni qanday qilib bir joydan ikkinchi 
joyga tashiganini ko'rgandirsiz. Yuqoridan 
zanjir bilan qalin dumaloq plita tushiriladi, shu 
zahoti unga yerdagi ko'p detallar yopishib 
qolaveradi.
Bu - elektromagnit. Uning asosiy qismi sim 
o'ralgan temir g'altak. Simdan tok o'tkazilsa, 
g'altak magnitga aylanib qoladi. Temirning
19— K.-8279
har bir atomida magnitchalar bor. Lekin ham­
ma gap shu mayda magnitchalar temirda 
qanday joylashganligiga bog'liq. Buning 
uchun ular «intizomli» bo'lishlari, hammasi bir 
tomonga «o 'g irilib » turjshlari va qatorda 
to'g'ri joylashishlari kerak. Shundagina mod­
da magnitga aylanishi mumkin.
Faqat bir necha metallgina va, ayniqsa, 
temir ana shunday xossaga ega. Lekin olim 
va muhandislar temir magnitlardan ham an­
cha yaxshiroq magnitlar yasashni o'rganib oli- 
shdi. Ularni, masalan, kobaltning platina yoki 
samariy bilan qotishmasidan yasashadi. 
Shunday materialdan yasalgan mitti magnit- 
cha o'zidan bir necha marta og'irroq temir 
detalni ko'tarishi mumkin. Albatta, bunday 
magnitlar juda qimmatga tushadi. Shuning 
uchun ham ular faqat murakkab ilmiy asbob- 
lardagina qo'llaniladi.
Odatda, magnitlar taqasimon shaklda 
tayyorlanadi. Magnitlanmaydigan maydon 
bo'lmaganda ham anchagina qoldiq magne- 
tizmni saqlash xususiyatiga ega bo'lgan jism- 
lar doimiy magnit deyiladi. Shuningdek, Yer, 
Quyosh va Yulduzlar magnitlar hisoblanadi. 
Elektr toki bilan magnitlanadigan jismlar -
elektromagnitlar texnikada ko'p ishlatiladi,
MAHALLA
Ikki tom oni shinam u ylardan iborat 
ko'chadan o'tib bormoqdasiz. Har bir xona- 
don atrofi su p u rilg a n , suv se p ilga n. 
Ariqchadan jildirab suv oqib turibdi. Kimdir 
uyining ko'cha tomoniga tok ekib, so'ri qilgan. 
Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik- 
kichik pollarga oshko'k sepilgan. Pomidor, 
baqlajon, bolgar garmdorisi o'sib yotibdi. 
Yana bir xonadon esa o'z hududiga zich qilib 
terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko'chaning 
gavjumroq joyida «... mahalla idorasi,» degan 
yozuvga ko'zingiz tushadi.
Mahalla... X asrda yashab o'tgan buxoro- 
lik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn J a ’far 
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida mahal­
la haqida ma’lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa 
«m ahalla» so'zini kunda bir necha bor eshi- 
ta m iz va tilga o la m iz. B u n in g sababi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko'pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz 
hamda uning ishida qatnashib turamiz.
Mahalla - asosan O'zbekistonga xos nodir 
hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi 
u m u m iy q o id a la r va a n ’a n a la r bilan 
bog'langan.
E ’tibor bergan bo'lsangiz, m ahallalar 
ko'pincha katta ko'cha bir tomonining ma’lum 
qismini va uni oralab ketgan ko'chalar, 
torko'chalar, berkko'chalarni qamrab oladi.
Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahal­
lalar, odatda, asrlar davomida kasb-hunar 
yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. 
Hozir biz Qoshiqchi, 0 ‘qchi, Degrezlik kabi 
mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak, bu 
mahallalarda qoshiq, o'q (turli vazifalarni ba- 
jaruvchi) yasovchi, qozon quyuvchi ustalar 
yashagan. Ayrim mahallalar o'sha joyning rel- 
yefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib 
nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chu- 
qurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari 
nomlar shu tarzda kelib chiqqan.
Hozirgi paytda m ahallalar aholi bilan 
ishlaydigan g ‘oyat muhim organga aylangan. 
Unga maxsus qonun bilan o'zini o'zi boshqa- 
rish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, 
unda istiqomat qiluvchi aholining barcha 
muammolari o'sha yerning o'zida hal etiladi.
Mahallada katta tarbiyaviy ish olib borila- 
di. «B ir bolaga yetti qo'shni ota-ona» naqli- 
ga asoslanib, mahalla ahli bolalar tarbiyasi- 
da faol qatnashadi.
Hozir mahallalarda maishiy, ma’naviy, ijti­
moiy, madaniy masalalar bilan shug'ullanuvchi 
tu rli-tu m a n
ko m is s iya la r 
faoliyat 
ko'rsatmoqda.
Mahallalarga aholini ijtimoiy foydali mehnat 
bilan qamrab olish, qo'shimcha ish joylarini 
yaratish uchun kichik korxonalar ochish huqu­
qi berilgan.
Mahalla aholining ko'pchilik ovozi bilan 
saylanib, tegishli tuman hokimiyati tasdiqla- 
gan rais va faollar tomonidan boshqariladi. 
Tartib-intizomni nazorat qilish ichki ishlar 
uchastka noziri, ko'ngilli posbonlar tomonidan 
amalga oshiriladi.
Jamiyatimiz hayotida ahamiyati beqiyos, 
jahon tajribasida esa o'xshashi yo'q hodisa
bo'lgan mahallaning aholi hayotidagi aha­
miyati va o'mi ortib bormoqda. Zero, mahal­
la - «in s o n n i ja m iya t bilan y a sh a sh g a
o'rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan 
birlamchi va beqiyos makon»dir.
MAHMUD KOSHG‘ARIY
M ahm ud ibn Husayn ibn M uham m ad 
Koshg'ariy 11-asrda yashab, ijod etgan. Turk- 
shunoslik ilmining asoschisi, qomusiy olim. 
Tug'ilgan va vafot etgan yili, joyi noma’lum. 
Koshg'ariyning tarjimai holiga oid bevosita 
tarixiy manbalar yo'q. Tadqiqotchilar uning 
hayoti haqida «Devonu lug'otit turk» va qora- 
xoniylar tarixiga oid boshqa ma’lumotlarga ta- 
yanib quyidagi taxminlami bayon qiladilar: Mah­
mud Koshg'ariy 1029 - 1038-yillar orasida 
Koshg'arda tug'ilgan. Uning Qoraxoniylar sulo- 
lasiga mansub beklardan bo'lishi Koshg'arda 
yaxshi m a’lumot olishiga imkon bergan. 
Buxoro va Nishopurning ulug' allomalari bilan 
suhbatda bo'lganligi haqidagi m a’lumotlar 
«Devonu lug'otit turk»da bor.
i
«Devonu lug'otit turk» turkiy-arabiy lug'at. 
Asar hijriy 466-yilda yozib tugatilgan.
Bizga asarning asl qo'lyozmasi emas, 
taxminan ikki yuz yildan keyin Muhammad bin- 
ni Abu Bakir ibn Abulfath ko'chirgan nusxa 
yetib kelgan. Asar ikki qismdan-muqaddima 
va lug'atdan iborat bo'lib, muqaddimada 
Mahmud Koshg'ariy turkiy tilning ahamiyati, 
maqsadi, asarning tuzilishi haqida ma’lumot
www.ziyouz.com kutubxonasi


beradi. Lug'at bolimida 8000dan ortiq so‘z 
va birikmalar izohlangan. Ushbu lug‘atning 
ahamiyati shundaki, Mahmud Koshg'ariy 
so'zlarni bevosita o'zi eshitib, o'zi qayd etgan. 
Shu sababli uning ma’lumotlari ishonchli. Bu 
haqda u shunday yozadi: «M en turklar, turk- 
m anlar, o 'g 'u z la r, chigillar, ya g 'm o la r, 
qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylov- 
larini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini 
to'pladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib, 
aniqlab chiqdim».
Lug'at chin ma’noda qomus hisoblanadi. 
Unda tarix, etnografiya, geografiya, iqtisod, til, 
adabiyot, qishloq xo'jaligi, geologiya va 
boshqa ko'p sohalarga oid m a ’lumotlar 
to'plangan.
Olim so'zni ma’nosidan kelib chiqib turli- 
cha izohlaydi. Diqqatga sazovor tomoni shun­
daki, muallif ayrim so'zlar yoniga elat, qabila 
nomini yozib qo'yadi, bu narsa o'quvchiga 11- 
asrda yashagan turkiy qavmlar haqida noyob 
ma’lumot beradi.
Mahmud Koshg'ariy ushbu lug'atda xalq 
og'zaki ijodi materiallaridan keng foydalan- 
gan. S o 'z m a’nolarini ochish uchun ko'p 
maqollar keltirgan.
D evond a juda ko'p s h e ’riy parchalar 
uchraydi: dengiz, ko'l va vodiylarga quyiladi- 
gan suvning birtarmog'i ma’nosidagi tamg'a 
so'ziga quyidagi she’riy parcha keltirilgan: 
Tam g'a suvi tashra chiqib tag'ig' o'tar, 
Artuchlari tegra unub tizgin yetar.
Ma’nosi: bu suvning tarmog'i tog'ga va tog' 
atrofiga tarqaladi, siljiydi. U yerlarda sarv 
daraxtlari ot tizimidek qatorlashib ko'karadi.
D e v o n d a g i m isollar s o 'z la r tarixini 
o'rganishda katta yordam beradi. Asarda bo­
lalar folkloriga oid m a’lumotlar ham bor. 
Chunonchi, olim bandal so'zini izohlarekan, 
u bolalar o'yini ekanligini quyidagicha tushun- 
tiradi: bandal - bosh qismi cho'qm oqli 
yog'och. Uning uchini yondirib, kechasi bola­
lar bir-birlariga o'qtalib o'ynaydilar. Mahmud 
Koshg'ariy m o'nguz-m o'nguz bolalar o'yini 
haqida shunday yozadi: bolalar tiz cho'kib, 
dengiz labida o'tiradilar. Oyoqlari orasiga ho'l 
qum solib to'ldiradilar. So'ng qo'llari bilan 
qum ni urib, ulardan biri (ona b o shisi)
m o 'n g u z-m o 'n g u z, deydi. Qolganlari na 
mo'nguz - nimaning mo'nguzi (shoxi) deb 
so'raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni 
sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takror- 
laydilar. So'ng ona boshi shu nomlar orasiga 
tuya, eshak kabi shoxi yo'q hayvonlar ismini 
aytib chalg'itadi. Bolalardan birortasi uning 
ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, 
uni suvga itarib yuborishadi.
Xullas, «Devonu lug'otit turk» o'zbek xal- 
qining shakllanishida faol ishtirok etgan turkiy 
qabilalarning hayoti, turmushi, tarixi haqida 
noyob ma’lumot beruvchi qomus hisoblanadi.
MAKKAJO‘X O R I
Bundan bir necha ming yillar aw al qadim­
gi indeyeslar - inklar va atsteklar mak­
kajo'xori yetishtirishgan. Inklarning gullab-ya- 
shnagan davlati Peruda, Janubiy Amerikada, 
atsteklarning davlati esa Meksikada, Marka­
ziy Amerikada bo'lgan. U yerda makkajo'- 
xorini mais deb atashgan va m uqaddas 
o'simlik hisoblashgan.
Kolum b bu ajoyib o'simlikning donini 
Yevropaga olib kelgan. Indeyeslar maisi o'zi 
uchun yangi bo'lgan Ispaniya va Portugaliya 
dalalariga tez o'rganib ketdi. U yerdan 
makkajo'xori 16-asrdan boshlab tezda Afrika 
va Osiyoga tarqaldi. Hech bir o'simlik Yer kur- 
rasi bo'ylab makkajo'xoridek tez tarqalgan 
emas.
Mamlakatimizda tishsimon va sarg'ish 
donli 
m akkajo'xori 
keng 
ta rq a lga n. 
Makkajo'xori issiqsevar o'simlik bo'lib, o'suv 
davri 9 0 - 1 5 0 kun.
Hozir insoniyat ixtiyorida uchta asosiy oziq- 
ovqat o'simligi: bug'doy, sholi va makkajo'xori 
mavjud. Jahon bo'yicha haryili o'rtacha 115 
million gektar yerga makkajo'xori ekiladi. 
A Q S H , Braziliya, Xitoy, Hindiston, Meksika­
da juda katta m a yd o n la rd a o'stirilad i. 
Makkajo'xori donidan un, yorma, yog', konfet- 
lar, viskoza, kinoplyonkalar tayyorlanadi. 
Makkajo'xori doni, poyasi va so'tasidan tay- 
yorlangan silos chorva mollari uchun to'yimli 
ozuqadir. Shirin makkajo'xori xomligicha va 
konservalangan holda iste’mol qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Makkajo'xori donidan bolalarga arpabodroq 
tayyorlanadi, makkajo'xori unidan zog'ora non 
yopiladi.
Jahonda makkajo'xorining 8000 ga yaqin 
navlari va 2000 ga yaqin duragaylari bor. 
Makkajo'xorining duragay urug'lari ko'proq 
ekiladi. B o ‘yi 6 m e trga ch a ye ta dig a n 
m a k k a jo ‘xori navi ham bor. B u n d a y
makkajo'xorizorda o‘rmondagidek adashib 
qolish hech gap emas.
MAKTAB
«M aktab» so'zi o'zbek tiliga arab tilidan 
kirib kelgan.
Maktab o'qituvchi rahbarligida yosh av- 
lodga ta’lim beriladigan va tarbiyaviy ishlar 
olib boriladigan o'quv-tarbiya muassasasi 
hisoblanadi. U yosh avlodga fan asoslarini 
o'rgatadi, yoshlarning jismoniy taraqqiyoti- 
ga, axloqiy tarbiyasiga ko'maklashadi, meh- 
natda, ijtimoiy hayotda faol bo'lishga tay- 
yorlaydi.
Siz, albatta, maktabdagi birinchi kuningiz- 
ni umrbod eslab qolgansiz...
Q u y o s h , se n ta b r tongi. B a rch a sinf 
o'quvchilari maktab binosi oldiga yig'ilgan. 
Hammaning yuzida tabassum, qo'lida gul. Bu 
yerda siz birinchi marta sinfdosh o'rtoqlaringiz 
bilan uchrashasiz, o'qituvchingiz bilan tanisha- 
siz. S iz g a , birinchi sinf o 'q u v c h ila rig a
o'qituvchilar, maktab direktori, ota-onalar o'z
dil so'zlarini izhor etadilar. Siz uchun birinchi 
marta maktab qo'ng'irog'i jaranglaydi.
Bahorda esa o'quvchilarning xuddi shun­
day yig'ilishida sizning katta o'rtoqlaringiz -
bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun oxirgi marta 
maktab qo'ng'irog'i jaranglaydi.
Maktabda asosiy rahbaringiz va do'stingiz
- o'qituvchi doim sizning yoningizda bo'ladi.
Har bir o'qituvchida birinchi, ikkinchi sinf 
o'quvchilarini va umuman maktabning barcha 
bolalarini nimalarga o'rgatish kerakligini bel- 
gilab beruvchi dastur bo'ladi. Mamlakatimiz 
mustaqillikka erishgach, yangi o'quv dasturlari 
ishlab chiqildi.
MALAYZIYA
(Malayziya Federatsiyasi)
Maydoni - 332800 kvadrat kilometr.
Aholisi-2 1 2 0 0 0 0 0 kishi.
Malayziya - Janubi-sharqiy Osiyodagi dav­
lat. Uni Janubiy Xitoy dengizi ikkiga, ya’ni 
G'arbiy Malayziya (Malayya) va Sharqiy Ma- 
layziyaga ajratib turadi. Poytaxti - Kuala-Lum- 
pur shahri.
Bu mamlakatda o'rta asrlardan buyon sul- 
tonlar hukmronlik qilib kelgan. Uning davlat 
tuzumi boshqa hech qayerda uchramaydi. 
Davlat boshlig'i Oliy hokim deb yuritiladi va 
sultonliklar hokimlarining kengashida har 5 
yilda saylanadi.
Malayziya ekvator mintaqasida joylashgani 
uchun iqlimi asosan ekvatorial, shimolrog'ida 
esa subekvatorial, mussonli iqlim. Yer yuzasi- 
ning to'rtdan uch qismi doim yashil nam tropik 
o 'rm o n la rd a n iborat. P a lm a , ba m buk, 
tog'larida eman, dafna va boshqa daraxtlar 
o'sadi. Daryolari qisqa, ammo sersuv.
Aholisining 55 foizi malayyaliklar, 35 foizi xi- 
toylar va 10 foizi hindlar. Jami aholining yarmi- 
ga yaqini shaharlarda yashaydi. Bu mamlakat­
ning go'zal tabiati, antiqa iqlimi va eng muhi- 
mi - behisob tabiiy boyliklari chet ellik bosqin- 
chilarni hamisha qiziqtirib kelgan. 16-asrning 
boshlarida portugallar Malakka sultonligini 
bosib oldi. 17-asr o'rtalarida uni gollandlar 
egallashdi. 18-asroxiriga kelib, ingliz mustam- 
lakachilari Malayya davlatiga ta’sir o'tkaza
www.ziyouz.com kutubxonasi


Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpur shahri.
boshladi va 1786 - 1888-yillar davomida 
mamlakat hududining katta qismini bosib oldi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerga yapon 
bosqinchilari kirib keldi. Urushdan keyin yana 
inglizlaro'z hukmronligini o‘rnatmoqchi bo'ldi. 
Am m o xalq ommasi siyosiy tashkilotlarga 
birlashib, barcha bosqinchilarni quvib chiqar- 
di. 1963-yilda Malayya Federatsiyasi, Sin­
gapur, Sabox va Saravak o'rtasida Malayziya 
Federatsiyasi tashkil topdi (keyinchalik Sin­
gapur federatsiyadan chiqib ketdi).
Malayziya sanoatida konchilik yetakchi tar- 
moq hisoblanadi. Qalay konsentrati ishlab 
ch iq a rish so h a sid a d u n yo d a oldingi 
0
‘rinlardan birida turadi. Bundan tashqari 
temir, boksit, oltin, neft, ilmenit konlari ham 
bor. Avtomobil, mototsikl va qishloq xo'jalik 
mashinalari, elektrotexnika buyumlari ishlab 
chiqariladi, metallurgiya, to'qimachilik, hunar- 
mandchilik rivojlangan.
Mamlakat yerlarining 2 million gektari kau- 
chuk daraxtlari bilan band. Kokos palmasi, 
ananas, choy, murch, sholi, sabzavot, turli 
mevalar yetishtirilib, chet ellarga sotiladi.
O'zbekiston Respublikasi bilan 
Malayziya o'rtasida 1992-yilda dip- 
lomatiya munosabatlari o'matilgach, 
iqtisodiy va madaniy aloqalar, sav- 
do-sotiq rivojlana boshladi.
MARKETING
Televizor ekranidan, radiodan, 
turli reklamalardan «m a rke ting » 
d e g a n s o 'z n i ko'p e s h ita s iz, 
e’lonlarda o'qiysiz. Xo'sh, «m arke­
ting» o'zi nima va ne sababdan 
keyingi paytlarda odam lar, a y ­
niqsa, ishbilarmon va tadbirkorlar 
og'zidan tushmayapti?
Bilasizki, biz o'z ehtiyojlarimiz 
uchun za ru r bo'lgan juda ko'p 
narsalarni bozordan sotib olamiz. 
Sizga kiyim-kechak, kitob-daftar, 
o'yinchoqlar, sport anjomlari dey- 
sizmi, ro'zg'or uchun kerakli oziq- 
ovqatlarmi - hammasini ota-onangiz maga- 
zinlardan, bozorlardan pulga sotib oladilar. 
Shu mahsulotlar, buyumlarni ishlab chiqar- 
gan korxonalar, ustalar, hunarmandlar, deh­
qonlar o'z mahsulotlarini yaxshiroq pullash- 
ni, ko'proq sotishni mo'ljallaydilar. Buning 
uchun esa oldindan mahsulot sotiladigan bo- 
zorni o'rganish, xaridorlarga nima yoqishini, 
ularning imkoniyatlarini o'rganib, so'ngra 
mahsulotni bozorga chiqarish lozim. Ba’zan 
shunday bo'ladi - bozorda, masalan, aytay­
lik, piyoz ko'payib ketib, uning narxi g'oyat 
arzonlashib ketadi, ba’zan xaridor ham topil- 
may qoladi. Bu, albatta, xaridor uchun foyda­
li, lekin dehqon uchun maqbul emas, chunki 
u piyozni yetishtirish uchun ancha-muncha 
mehnat qilgan, mahsulotni bozorga yetkazib 
kelguncha qilgan xarajatlarini qoplashi, yana 
mehnatiga yarasha foyda topishi ham kerak. 
Endi, aytaylik, bozorda piyoz kamayib ketdi, 
demak, uning narxi qimmatlashadi, piyoz so- 
tuvchi mahsulotini yaxshi pullaydi, lekin bu 
xaridorga og'ir tushadi, qimmat bo'lsa ham, 
olishga majbur.
Shu sababli aksariyat mamlakatlarda mah­
sulotlar - tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o'z
www.ziyouz.com kutubxonasi


tovarlarini sotadigan bozorni oldindan o'rganib 
chiqadilar. Bozor holatini asosli o'rganish va 
oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab 
chiqarish va sotishni tashkil etish tadbirlari tizi- 
mi marketing deb ataladi. Marketing inglizcha 
so'z bo'lib, «bozor», «sotish» ma’nolarini ang- 
latadi. Marketing bozor iqtisodiyotining muhim 
unsuri bo'lib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, 
xaridorlar talablarini o'rganish va baholash, 
raqobatchi korxonalarning ham mahsulotlari- 
dan xabardor bo'lish, tovarlar narxini sharoit- 
ga qarab oshirish yoki pasaytirish, reklamalar- 
ni tashkil etish, tovarlarni vaqtida yetkazib tu- 
rish, xaridorlarga m a’qul keladigan xizmat 
ko'rsatish kabi bozor faoliyatiga doir chora-tad- 
birlarni o'z ichiga oladi. Marketingning asosiy 
vazifasi, maqsad-muddaosi ishlab chiqarish- 
ni bozor talablariga moslashtirish, xaridorlar 
ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish va ko'proq foy- 
da olishdan iborat. Marketing faoliyati tovarlar, 
xizmatlar ko'rsatish, qimmatli qog'ozlar (aksi- 
yalar, obligatsiyalar, veksellar, pul cheklari) bo- 
zorlarini o'z ichiga oladi. Shu sababli yirik fir- 
malar, kompaniyalar, korxonalarda marketing 
ishini olib boradigan bo'limlar - marketing xiz- 
mati tashkil etiladi. Bu xizmat xodimlari - mar- 
ketologlar joriy va uzoq muddatli marketing 
dasturlarini ishlab chiqadilar va uni amalga 
oshiradilar. Marketing 20-asrning ikkinchi 
yarmidan qamrovi keng iqtisodiyot fanlaridan 
biriga aylandi.
Marketing bozordagi talab-ehtiyojlar (ni- 
mani ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqa­
rish, qanday narxda sotish, mahsulotni yangi- 
lash va boshqalar)ni o'rganish bilan ishlab 
chiqarish samaradorligini ta’minlashga xizmat 
qiladi.
MAROKASH
Maydoni - 446600 kvadrat kilometr.
Aholisi - 28000000 kishi.
Bu mamlakatning asosiy xalqi bo'lgan arab­
lar uni A l-M a m la k a a l-M a g 'rib iya , y a ’ni 
G'arbdagi Mamlakat, yoki Mag'rib al-Aksa, 
ya’ni Olis G'arb deb ataydilar. Haqiqatdan 
ham bu davlat arab mamlakatlarining eng 
chekkasida, Afrikaning shimoli-g'arbida joy-
lashgan. Uni shimolda O'rta dengiz va g'arbda 
Atlantika okeani o'rab turadi. O'rta dengiz so- 
hilining ko'pchilik qismi tog'liq va tog' oralari- 
da soyliklar bo'lsa, Atlantika okeani qirg'og'i 
past, ba’zi joylari botqoqlik. Umuman, Ma- 
rokash - sertog' o'lka. Janubi-g'arbdan shimo- 
li-sharqqa Atlas tog'lari cho'zilib yotadi. Mam­
lakatning ko'p qismida subtropik iqlim hukm- 
ron. Yozin-qishin suv oqadigan daryolari kam. 
Ko'llarning ko'pi sho'r. Janubida Sahroi 
Kabirning issiq nafasi sezilib turadi.
Hayvonot dunyosi xilma-xil: quyon, chiyabo'ri, 
to'ng'iz, ilon, toshbaqa, amfibiyalar, har xil par- 
randa, hasharot va chayonlar bor. Tog'li joy­
larda makaka maymunlari, sirtlon, panteralar 
uchraydi. Insonning xo'jalik faoliyati natijasida 
bu yerda sherlar va kiyiklar 20-asr boshlari- 
da butunlay qirilib ketgan.
Hozirgi Marokash yerlarida qadimdan liviy 
qabilalari (barbarlar) yashab, ovchilik va chor- 
vachilik, 
q ism an 
d e h q o n ch ilik
bilan 
shug'ullanganlar. Miloddan avvalgi 2-ming yil- 
lik oxirida sohilda finikiyaliklarning bir necha 
jamoasi paydo bo'lgan, bu jamoalar Karfa- 
gen, keyinroq Rim imperiyasi qo'l ostiga 
o'tgan.
Milodiy 8-asr boshlarida mamlakat arab 
xalifaligiga qo'shib olingach, arab tili va islom 
dini tarqala boshladi. Marokashda birinchi 
davlat - Idrisiylar saltanati tashkil topdi. 15- 
asrda Atlantika sohilini portugallar, O'rta de­
ngiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
20-asr o'rtalarigacha Marokash xalqining 
ozodlik kurashi davom etdi. 1956-yilda mam­
lakat mustaqil deb e’lon qilindi. Shu paytda- 
gi iqtisodiy ahvol og'ir edi. Endi mamlakatni 
qayta tiklash, milliy iqtisodiyotni barpo etish 
va ajnabiy davlatlardan siyosiy qaramlikka 
barham berish yo'li boshlandi.
Hozirgi vaqtda Marokashni konchilik sano­
ati birmuncha rivojlangan agrar mamlakat 
desa bo'ladi. Foydali qazilmalari orasida fos- 
forit birinchi o 'rin d a turadi. T o s h tu z , 
qo'rg'oshin, kobalt, mis, rux, temir rudasi, neft, 
gaz konlari bor. Dehqonchilik mahsulotining 
yarmidan ko'prog'i dondan iborat. Qand lav- 
lagi, kartoshka, pomidor, paxta ham yetishti- 
riladi. Tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar ko'p.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Marokash poytaxti-Rabot shahri. Bu yer­
da qadimiy va zamonaviy me’morlik uslublari 
uyg'unlashib ketgan.
0 ‘zbekiston bilan Marokash o'rtasida dip- 
lomatiya munosabatlari 1993-yilda o'rna- 
tilgan.
MARS
Qadimgi rimliklar Mars sayyorasini urush 
xudosi (Mars) sharafiga shunday deb atash- 
gan. Mars Quyosh atrofida Yerga nisbatan bir 
yarim baravar uzoqroq masofada turib ayla- 
nadi. U Quyosh atrofini Yer sutkasi hisobida 
687 kunda aylanib chiqadi. Har 780 kunda 
Yerning ro‘parasidan o‘tadi. Mars diametri 
(6785 kilometr) Yer diametridan qariyb ikki 
baravar kichik. Yer o‘z o‘qi atrofida qancha 
vaqt aylansa, Mars ham o‘z o‘qi tevaragida 
shuncha vaqt aylanadi. Mars sutkalari Yer 
sutkasidan 37 minut uzun, xolos. Marsning 
Fobos va Deymos degan ikki yo'ldoshi bor.
Mars Veneradan keyingi Yerga eng yaqin 
sayyora. Marsning muhit sharoiti Yernikiga 
ancha yaqin bo‘lgani uchun bu sayyora olim­
lar diqqatini hamisha o'ziga jalb qilib kelgan. 
Sobiq Ittifoq va Amerika sayyoralararo stan- 
siyalari Marsni yaqin masofadan tekshirishdi, 
hatto uning yuzasiga maxsus apparatlar 
qo‘ndirildi.
Olimlar Mars sayyorasi asosan karbonat 
angidrid gazidan iborat juda siyrak atmos- 
fera bilan qurshab olinganligini aniqlashdi; 
odam bunday sharoitda nafas ololmagan 
bo'lardi. Mars atmosferasida ba’zan muz 
kristallaridan iborat oq bulutlar kuzatiladi. 
Bu sayyorada kuchli shamollar esib, at- 
mosferaga sariq chang-to‘zonni ko'taradi, 
shu paytlarda Mars yuzasida biron-bir nar­
sani ilg'ash qiyin.
Mars qutblari yaqinida oq qutb qalpoq- 
chalari ko'rinib turadi. Ular asosan odatda- 
gi suv muzidan iborat. Marsda asosiy suv 
zaxiralari sayyora yuzasining tagida muzloq 
yerlar va qutb qalpoqchalarida saqlanadi. 
Yil fasllari almashinganda Mars qutb qal- 
poqchalarining kattaligi ham o'zgaradi. Y o z 
bo'lgan yarim sharda qutb qalpoqchasi
Mars sayyorasi yuzasining ko‘rinishi.
kichkinalashadi, qish bo'lgan yarim sharda 
esa bu vaqtda qutb qalpoqchasi eng katta 
yuzaga ega bo'ladi.
Mars sathi qisman O y sathiga o'xshaydi. 
Undan ko'plab doirasimon dog'lar - kraterlar 
joy olgan. Marsda tog' tizmalari ham, g'orlar 
ham bor.
Kunning yarmida Mars ekvatorida tempe- 
ratura ba’zan 30 darajaga ko'tariladi. Ammo 
kechalari hamma yoq juda sovuq bo'lib, tem- 
peratura ko'pincha minus 80 darajagacha 
tushadi. Mazkur sayyorada biron-bir hayot, 
masalan, mikroorganizmlar bor-yo'qligi hozir­
cha noma’lum.
MATEMATIKA
Bolaning tili chiqar-chiqmas undan «Y o sh - 
ing nechada», - deb so'rashadi. U barmoq- 
larini yozib ko'rsatadi. Uning matematika (bu 
yerda arifmetika) bilan tanishuvi shu tariqa yuz 
beradi va butun hayoti mobaynida matemati­
ka uni tark etmaydi. B a ’zan o'quvchilar: 
«Menga matematikaning hojati yo'q, men ona 
tili o'qituvchisi, vrach yoki artist, yoxud rassom 
bo'laman», - deyishadi. Biroq ular nohaqligi 
shubhasiz. Kimda-kim bolaligidan matemati­
ka bilan shug'ullansa, u aqlini o'stiradi va 
diqqatini rivojlantiradi, ko'zlagan maqsadiga
www.ziyouz.com kutubxonasi


yetish uchun o'zida iroda va qat’iyatni tarbi­
yalaydi. Shu sababli, m atem atika o 'q i- 
tuvchiga ham, vrachga ham, artistga ham, ras- 
somga ham zarur.
Qadim gi yunonlar davridan m a ’lumki, 
matematika bilan shug'ullanish to‘g‘ri va izchil 
fikrlashga, mulohaza yuritishga o'rgatadi. 
Matematika insonga tevaragim izni o ‘rab 
turgan raqamlar va shakllarning o‘ziga xos 
dunyosini ochib beradi.
Inson faoliyatining biror sohasi yo‘qki, unda 
narsalarni kerakli tartibda guruhlash, qayta 
sanash, ularning o'lchamlarini, shaklini topish, 
bir-biriga nisbatan holatini aniqlashga ehtiyoj 
sezilmaydigan bo'lsin. Ammo oddiy hisob va 
o ‘lchov hali m atem atika bo'la olm aydi. 
Matematika bizni ortiqcha qayta-qayta sana- 
shlardan xalos etadi, ma’lum narsa yordami­
da ilgari noma’lum bo'lgan narsalarni topishi- 
mizga yordam beradi.
Mana, oddiy bir misol: bir bog'lamda 20 ta 
kitob 
bor, 
kitob 
o m b o rid a
b u n d a y 
bog'lam lardan 150 tasi taxlab qo'yilgan. 
Bog'lam larni yechib, kitoblarni birm a-bir 
sanab chiqishga hojat yo'q. Ko'paytirish ama- 
li omborda 20X150 = 3000 ta kitob borligini 
ko'rsatadi.
Ba’zan matematikadan uzoq bo'lib tuyula- 
digan masala matematik kashfiyotga olib 
keladi. Masalan, 360 yil muqaddam yashagan 
ajoyib olim I. Kepler kunlarning birida vinofu- 
rushlar turli-tuman shakllardagi vino boch- 
kalarining sig'imini qanday aniqlayotganliklari 
bilan qiziqib qoladi. U la r bochkadagi 
teshikdan bochka tagidagi eng olis nuqta- 
gacha bo'lgan m asofani y o g 'o c h bilan 
o'lchashmoqda edi.
Savdogarlar bu ishni qanday uddalayotgan- 
liklarini mulohaza qilib ko'rib, Kepler bochka, 
limon, olma, behi shaklidagi jismlarning hajmi- 
ni hisoblash uchun matematik formulalar top- 
di. Bu esa boshqa olimlarning keyinchalik yan­
gi matematik fan - integral hisobni ishlab chi- 
qishiga yordam berdi-ki, hozir bu fansiz mu- 
handislar ham, fiziklar ham biron ish qilolmay- 
dilar.
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bos- 
qichlarida narsalarni sanash arifmetikaning
eng sodda tushunchalarini vujudga keltirdi. 
Og'zaki sanoq tizimi asosida yozma sanoq 
tizimi paydo bo'ldi. Tu rli o 'lch a sh la rg a
bo'lgan ehtiyoj natijasida kasr sonlar, eng 
sodda tenglamalar qo'llana boshladi. Yuza 
va hajmlarni o'lchash, qurilish ishlari eng 
oddiy geometrik tushunchalarning vujudga 
kelishiga sabab bo'ldi. Ayniqsa, qadimgi 
Misr va Bobilda arifmetika, geometriya fan 
sifatida shakllana boshladi, algebra va 
geometriyaga oid m a’lumotlar to'plana bor- 
di. Qadimgi Yunonistonda mantiqiy tartibga 
solingan matematik bilimlar paydo bo'la 
boshladi. Bu yerda matematika taraqqiyoti 
allom alar Fales (m iloddan a w a lg i 7 - 6 -
asrlar) va Pifagor (miloddan a w a lg i 6-asr) 
nomlari bilan bog'liq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Matematika qadimgi Xitoy va Hindistonda 
ham rivojlandi. 0 ‘rta asrlarda Yevropada fan, 
jumladan, matematika inqirozga uchradi, 
Sharqda esa, aksincha, taraqqiy eta boshla­
di. 9-asrdan boshlab Sharq matematiklari 
matematik-astronomik jadvallar tuzish, algeb­
ra, geometriya, trigonometriya sohasida mu­
him yutuqlarga erishadilar. Buyuk o'zbek oli­
mi al-Xorazmiyning «Al-jabr val-muqobala» 
asari algebra faniga asos bo'ldi. Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn al-Xaysam, Umar Xayyom, Mir- 
zo Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, 
Koshiy va boshqalar matematika taraqqiyoti- 
ga katta hissa qo'shdilar.
Matematika fan sifatida hech qachon bir 
yerda to'xtab turgan emas. Hayot, tajriba, 
rivojlanayotgan texnika va boshqa fanlar un­
ing oldiga tobora yangi vazifalar qo'ymoqda. 
Ularni yechish uchun eski bilimlar kamlik qila­
di, shuning uchun matematik olimlar yangi 
usullarni kashf etishlari, yangi nazariyalarni 
yaratishlariga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda 
esa ko'plab g'oyat murakkab matematik 
hisoblarni inson oYniga mashinalar bajarmoq- 
da. Matematika ob-havoni oldindan aytib be- 
rish, ko'priklarning texnik imkoniyatlarini, 
binolarning gumbazlarini, yoldoshlaming or- 
bitalarini hisoblab chiqishga yordam beradi.
Endi matematikaga oddiygina ta’rif bera­
digan bo'lsak, matematika - raqamlar va 
shakllar haqidagi fan, ilmiy qilib aytadigan 
bo'lsak, matematika - sonli mu- 
nosabatlar va fazoviy shakllar 
haqidagi fan. Matematika shartli 
ravishda elementar matematika 
(arifmetika, algebra, geomet­
riya, trigonometriya), oliy mate­
matika va amaliy matematikaga 
bo'linadi.
Maktab o'quvchisi oladigan 
ma’lumot va malakalar matema- 
tikaning alifbosi, xolos. Biroq 
maktabda olingan matematik 
bilimlar - arifmetika, geometriya 
va algebra orqali qudratli va 
qiziqarii matematika fanining ul­
kan, deyarli ko'z ilg'amas so- 
halari sari boriladi.
MATERl K1

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish