Fiziologiyasi va gigiyenasi



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

nitrogormonlar
deb yuritiladi.
8. 6. Buyrak usti bezlari
Buyrak usti bezlari - juft a'zolar b o iib . ular buvraklam ing us- 
tida unchalik katta b o im ag an tanachalar shaklidagi hosilalardir. 
Ularning har birining massasi 8-10 g dan keladi. Har bir buyrak 
usti bezi ikki qatlamdan iborat b o iib . kelib chiqishi. tuzilishi va 
funksiyasi jihatidan bir-biridan farq qiladi: tashqi po'stloq va ichki 
m ag'iz qavatlardan iboratdir.
Buyrak usti bezining po'stloq qavatidan steriodlar guruhiga ki- 
ruvchi 40 dan ortiq moddalar ajratib olingan. bular — 
kortikoste-
riodlardw
(yoki 
kortikoicUar).
Buy rak usti bezining po'stloq qa­
vatidan. asosan. uchta guruhga mansub gorm onlar ishlab chiqiladi: 
1) 
glukokortikoidlar
- moddalar almashinuviga, ayniqsa. uglevod­
lar almashinuviga ta ’sir qiluvchi gormonlar. Bu guruhga gidrokor- 
tizon. kortizon va kortikosteron gormonlari kiradi. K o'pgina adabi- 
votlarda glukokortikoidlar. imrnun tanachalarning hosil b o iish in i 
to'xtatishi xususiyatiga ega ekanligi qayd qilingan. ana shu xusu- 
siyati sababli ham. ulardan a'zo va to'qim alarni transplantatsiya qi- 
lishda foydalanish uchun asos b o iib xizmat qiladi. G lukokortikoid­
lar y alligian ish ga qarshi ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega b o iib , 
ayrim moddalarga yuqori sezuvchanligini pasaytiradi: 2) 
minera-
lokortikoidlar.
Ular. asosan. minerallar va suv almashinuvini bosh- 
qaradi. Bu guruh gormonlariga aldosteron kiradi; 3) 
androgen-
lar va esterogenlar -
erkaklik va ayollik jinsiy gormonlarining 
analoglari hisoblanadi. Bu gormonlar jinsiy gormonlarga nisbatan
www.ziyouz.com kutubxonasi


uncha faol bo'lm agan bo'lib. juda kam miqdorda ishiab chiqiladi.
Buyrak usti bezlarining gormonal funksiyasi gipofizning faoli- 
yati bilan chambarchas bog'liq. Gipofizning adrenokortikotrop 
gormoni glukokortikoidlarning sintezlanishini stimullaydi va kam 
darajada - androgenlarga ham ta'sir k o ’rsatadi.
Buyrak usti bezining m ag'iz qatlami ta ’sir qilish xususiyatiga 
k o'ra simpatik asab tizim ig ao ‘xshash ta'sir k o ’rsatuvchi gormonlar 
ishiab chiqaradi. M ag 'iz qatlamining hujayrali xromli tuzlar bilan 
sariq rangga bo’yalish xususiyati bilan buyrak usti bezining boshqa 
hujayralaridan farq qiladi. Bunday xromofinli hujayralar adrenalin 
va uning hosilalarini ishiab chiqaradi.
Adrenalin eng tez ta'sir qiluvchi gormonlardan biri hisoblanadi. 
U qon aylanishini tezlashtiradi, yurakning qisqarishini kuchaytiradi 
va tezlashtiradi, o 'p k a orqali nafas olishni yaxshilaydi, bronxlarni 
kengaytiradi, muskullarning qisqarishini oshiradi, jigarda gliko­
genning parchalanishini oshirib, qondagi qand miqdorini к о 'pay- 
tiradi va muskullarning tez charchab qolishini oldini oladi. Adren- 
alinning bu barcha ta'sirlari bitta umumiy natijaga - organizmning 
barcha kuchini o g'ir mehnatni bajarishga safarbar qilishdan iborat 
bo'ladi.
Buyrak usti bezining xromafinli hujayralari bilan simpatik asab 
tizim ining uzviy bog'liqligi adrenalinning barcha holatlarda juda 
tez ajralishini, bu qavsiki odam hayotida undan juda tez yuqori 
kuchlanishga ega bo'lgan kuch talab qilinganida yuzaga keluvchi 
holatdir.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish