11-amaliy mashg’ulot.Gormonlarni olish manbasiga ko‘ra klassifikasiyasi
Hozirgi vaqtda 60 dan ortiq gormon va gormonoidlar aniqlangan. Garchi ularning koʻpchiligi kimyoviy tabiati aniqlangan boʻlsa ham, ya’ni ularning har biriga kimyoviy nom berish mumkin boʻlsa ham gormonlarni travial nomlaridan foydalanishni afzalroq deb hisoblanadi. Bu koʻpchilik gormonlarni kimyoviy nomenklaturasi haddan tashqari besoʻnaqay va murakkabligi bilan bogʻlangan. Gormonlarning travial nomlari esa, odatda, yoki funksiyasini, yoki gormonlarning kelib chiqishini aks ettiradi va biologlar uchun bemalol qabul qilsa boʻladi. Gormonlarning klassifikatsiyasi toʻgʻrisida ham xuddi shunday holatlar bor. Bir guruh olimlar gormonlarning biologik funksiyalari, boshqalar "ularning kelib chiqishlariga asoslanib klassifikatsiya qilishadi. Oxirgi yillarda shu narsa aniqlandiki, ba’zi gormonlarning biosintezi endokrin bezlarida shu qadar absolyut mujassamlashgan emas. Jumladan, jinsiy gormonlar buyrak usti bezlaridan ajratib olingan, ba’zi peptid tabiatli gormonlar faqat endokrin bezlarining bezga yod hujayralaridagina emas, balki ulardan tashqarida ham oldindan hosil boʻlgan polipeptidlarning gidrolizlanish natijasida ham hosil boʻladi. Bulardan tashqari, xuddi oʻsha bir xil kimyoviy tabiatli (masalan,peptid gormonlar, steroid gormonlar va h. k. ) gormonlarning ta’sir mexanizmlari ularning hosil boʻlish joylariga qaramasdan oʻxshash. Shu sababdan gormonlarning kimyoviy klassifikatsiyasi taklif qilingan. Ana shu klassifikatsiya boʻyicha gormonlar 4 guruhga boʻlinadi. Peptid tabiatli gormonlar. Bu guruhga kimyoviy strukturasi turli molekulyar massali polipeptidlar boʻlgan barcha gormonlar kiradi. Ularning biosintezlanish joylari boʻlib qalqonsimon bezi, gipofiz, oshqozon osti bezi va boshqalar xizmat qiladi. Ularning vakillari sifatida quyidagi gormonlami keltirish mumkin: insulin, glyukogen, oksitotsin, vasopressin, samototropin, AKTG, tireotropin, gonadotrop gormon, lipotrop gormon, gastrin, sekretin, pankreozimin, paratreoid gormon, tireokalsitonin va h. k. Aminokistalarning hosilalari boʻlgan gormonlar. Bularga oʻzlarining tuzilishi boʻyicha tirozin aminokislotasining hosilalari boʻlgan gormonlar - adrenalin, noradrenalin, tiroksin va triyodtironinlar kiradi. Ularning biosintezi qalqonsimon bez va buyrak usti bezining magʻiz qismida amalga oshadi. 3. Steroid gormonlar bu guruhga steroidlarning hosilalari boʻlgan gormonlar kiradi. Ular buyrak usti bezi, urugʻdon, tuxumdonlarda va qisman boshqa a’zo va toʻqimalarda (jigar, yoʻldosh va boshqalar) sintezlanadi. Ulardan eng muhimlari - kortikosteron, gidrokortizon, kortizon, 1 l-dezoksikortikosteron, aldosteron, testosteron, estradiol, progesteron hisoblanadi. Yogʻ kislotalarining hosilalari boʻlgan gormonlar. Bu gormonlar prostoglandinlar nomini olgan boʻlib,
toʻyinmagan yogʻ kislotalari hisoblanadi. Prostoglandinlar uncha koʻp boʻlmagan miqdorda koʻp organ va toʻqimalarda uchraydi, bu esa ularga gormonlar emas, balki gormononlar (gormonsimon moddalar) deb qarashga majbur qiladi. Peptid tabiatli gormonlar. Gipotalamusning gormonlari. Gipotalamus ta’sir mexanizmi boʻyicha ikki guruh - peptid tabiatli gormonlarni, ya’ni gipofiz gormonlarini ajratib chiqarilishini stimulyatsiya qiladigan gormonlar - liberinlar (tiroliberin, lyuliberin, somatoliberin, melanoliberin, prolaktoliberin, kortikoliberin) va qarama-qarshi ta’sir qiladigan, ya’ni gipofiz gormonlarini ajratib chiqarishni (biosintezini) kamaytiradigan gormonlar - stamlar (somatostatin, melonostatia, prolaktostatin) ishlab chiqaradi. Bu guruh gormonlarning beshta vakili (tiroliberin, lyuliberin, somatostatin, samotoliberin, melanoliberin) toza holda ajratib olingan, kimyoviy strukturasi rasshifrovka qilingan va keyingi yillarda laboratoriya sharoitida ularning sintezi amalga oshirilgan. Ularning hammasi strukturalari boʻyicha kichik molekulali peptidlar (oligopeptidlar)dir. Gipofizning gormonlari. Gipofiz - har xil embrional kelib chiqishga ega boʻlgan ikki qismdan - oldingi va orqa boʻlaklarda iborat. Oldingi boʻlakda ancha uzun polipeptid zanjiridan iborat boʻlgan bir necha gormonlarni ishlab chiqariladi, ularni gormonlar yoki tropinlar deb ataladi, chunki ular keyingi darajadagi endokrin bezlarga yaqinligi (oʻxshashligi) bor yo ularga ta’sir qiladi. Jumladan, kortikotropin buyrak usti bezining poʻstlogʻini, tirotropin - qalqonsimon bezni stimulyatsiya qiladi. Tropinlarning asosiy vakillari hisoblanadi: Melanotropin (melanotsitlami stimulyatsiya qiluvchi gormon) - sut emizuvchilarda melaninogenezni, reptiliyalarning teri qoplamida pigmentli hujayralarni (melanotsitlarni) stimulyatsiya qiladi. Adrenokortikotrop gormon (AKTG, kortikotropin) - buyrak usti bezining poʻstloq qismini steroid gormonlarini ishlab chiqarishni stimulyatsiya qiladi. Oʻsish gormoni (STG, somatotropin) - organizmning hammasini oʻsish va rivojlanish jarayonlarini boshqaradi. Laktotrop gormon (laktotropin, prolaktin) - sut bezlari rivojlanishi va sutning hosil boʻlishini stimulyatsiya qiladi. Tireotrop gormon (TTG, tirotropin) - qalqonsimon bezning rivojlanishi va funksiyalarini nazorat qilib turadi va tireoid gormonlarning biosintezi va qonga ajratib chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormonlar (gonadotropinlar) - bularga follikulalarni stimulyatsiya qiluvchi gormon (FSG, follitropin) va lyuteinlashtiruvchi gormon (LG, lyutropin) kiradi. Ikkala gormon ham murakkab oqsil - glikoproteidlar hisoblanadi. Follitropin:- ayollarning tuxumdonlarida follikulalarning yetilishini va erkaklarda - spermatogenezni bohqaradi. Lyutropin - ayollarda estrogenlarni va progestronni ajratib chiqarishni hamda follikulalarni sariq tanani hosil qilib yorilishi, erkaklarda esa - testosteronni ajratib chiqarish va interstial toʻqimani rivojlanishini stimulyatsiya qiladi. Lipotrop gormonlar (LTG, lipotropinlar) - organizmda yogʻlarni immobilizatsiya (safarbar) qilish jarayonlarini boshqaradi. Gipofizning orqa boʻlagida ikkita gormon - oksitotsin va vasopressin ishlab chiqariladi. Har ikkala gormon ham qisqa peptid boʻlib, 9 aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan. Glyukagon - kimyoviy tabiati boʻyicha polipeptid, molekulasi 29 aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan bitta polipeptid zanjiridan iborat. Molekulyar massasi - 3500 Da. Glyukagon insulinning antagonist gormoni boʻlib, aksincha qonda glyukozaning konsentratsiyasini oshiradi, Glyukagonning giperglikemik samarasi ikki yoʻl bilan amalga oshadi: ulardan birinchisi shundan iboratki, glyukagon jigarning glikogenini glyukozaga parchalanishiga yordam berib, qonda glyukozani konsentratsiyasini oshiradi. Bunday ta’sir qilish mexanizmi adrenalinning ta’sir qilish mexanizmiga oʻxshaydi. Ikkinchi yoʻli shundan iboratki, glyukagon adrenalinga qaramaqarshi ravishda glyukozaning sut kislotasigacha glikolitik parchalanishini ingibirlaydi va jigarda glyukozani glyukoneogenez yoki bilan sintezlanishini kuchaytiradi. Muskullarda glikogenning parchalanishi glyukogenning ishtirokisiz sodir boʻladi. Qalqonsimon bezning gormonlari (tireoid gormonlar) - tiroksin va tiriyodtiranin kimyoviy tuzilishi boʻyicha bir-biriga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |