186
3.3.17. –rasm. Ijro axborot tizimining umumiy sxemasi
Tizim, odatda, tashqi axborot: aksiyalar kursi, sanoat bo‘yicha so‘rov va taklif,
siyosiy yangiliklar, iqtisodiy tahlillar, narxlar dinamikasi prognozlari va investitsiya
portfelining optimallashgan tuzilishini tanlash (bozor dinamikasining
turli empirik
modellariga asoslangan), korxona bo‘yicha MIS va DSS ichki modulidan tahliliy
hisobot ma’lumotlarini taqdim etadi. U ma’lumotlarni filtrlaydi va tartibga soladi
hamda rahbar uchun zarur bo‘lgan axborotlarni tayyorlash maqsadida vaqtni
qisqartirib va kuchaytirib, buyurilgan statistik mezonlarga ko‘ra
mezoniy
KWS
MIS
DSS
Bazaviy modellar
Statistik prognozlar
Operativ rejalashtirish
Echimlar modellari
ESS tizimi dasturiy ta’minoti
ESS ma’lumotlar bazasini boshqarish
Bazaviy modellarni boshqarish
Oxirgi foydalanuvchi interfeysini boshqarish
Foydalanuvchi
interfeysi
Ishchi stantsiya
Ishchi stantsiya
Tashqi
muhit
ESS
МБ
Boshqaruv
Ishlab chiqarish
Moliya
Buxgalteriya
Sotuvlar/Xaridlar
Personal
Marketing
Tashqi va ichki
ma’lumotlar
187
parametrlarni aniqlaydi. ESS tizimlarida eng “olg‘a siljigan” grafik dasturiy ta’minot
qo‘llanadi, u rahbar ofisi yoki majlislar zalida zudlik bilan kerakli grafik, audio- va
videoxabarni qo‘ya oladi (3.3.17-rasm).
ESS tizimlari ko‘pincha murakkab bo‘lmagan statistik apparatdan foydalanadi,
biroq biznes sohasidagi o‘ziga xosliklarni (professional til, turli indekslar tizimi va
hokazo) maksimal hisobga oladi. Bozorda ESSda o‘rnatish uchun etarlicha ko‘p
dastur modullari mavjud. Odatda, ular nisbatan arzon (asosan 1000—5000 doll.).
Bugun ixtisoslashtirilgan tizimosti shaklidagi ESS modullari ko‘plab ERP-
tizimlarning majburiy qismi hisoblanadi.
ATning boshqa tizimostilaridan (TPS, MIS, DSS IS) farqli, ESS
muammolarning muayyan doirasini hal etishga qaratilmagan. Buning o‘rniga
ushbu
tipdagi tizimlar umumlashtirilgan shakllanmagan axborotni va muammolarning
dinamik o‘zgaruvchan to‘plami bilan vaziyatni baholash uchun uning tezkor
uzatilishini ta’minlaydi. ESS tizimlari DSS ga qaraganda baholashning ancha oddiy
algoritmini qo‘llaydi, uning tahliliy imkoniyati vaziyatni oldindan baholash uchun
darhol qo‘llash mumkin bo‘lgan nisbatan oddiy modellarni o‘rnatishga imkon beradi.
Misol uchun, soliq qonunchiligi yoki bojxona to‘lovlari narxlari o‘zgartirildi –
kompaniya rahbari “bu uning biznesi uchun qanday foyda keltirishi va ayrim
vaziyatning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish uchun baholash”
bilan tezda
vaziyatdan foydalanishi mumkin. ESS tizimosti umumiy savollarga javob topishga
yordam beradi:
•
Biznesimizda raqobatbardoshlilikka erishish uchun qanday o‘zgarishlarni
amalga oshirishimiz kerak?
•
Jumladan, AT sohasidagi qanday yangi ixtirolar bizni iqtisoddagi davriy
tebranishlardan himoya qiladi?
•
Raqobatchilarimiz bizdan o‘zish uchun qanday choralar ko‘radi, biz ulardan
o‘zishimiz uchun nima berishimiz kerak bo‘ladi?
•
Korxonaning qanday bo‘limlarini yopish kerak va sanoatdagi tanazzulning
biznesimizga ta’sirini kamaytirish uchun birinchi navbatda qaysi
aksiyalarni sotish kerak?
ESS buyurilgan mavzu bo‘yicha axborotlar
paketini shakllantiradi va
kompaniya hamda korxona rahbarlari uchun dallol ishtirokisiz qulay kirishni taqdim
etadi. ESS interfeysi nihoyatda do‘stona hisoblanadi – bu erda aniq grafika, audio- va
video vositalari, mobil aloqa, saqlash va ma’lumotlarni taqdim etishning zamonaviy
usullari, shuningdek, taqsimlangan kompaniyalarda videokonferensiyalar o‘tkazish
qo‘llaniladi.
Zamonaviy ESS geografik axborot tizimidan (Geographical Information System
— GIS) keng foydalanadi. GIS hozirgacha yuqori narx va mos dasturiy modullar va
188
interfeyslarni oxirigacha yozish zarurligi sabab qat’iy qo‘llanilmagan. XX asrning
oxirgi
choragida neft, geologik tadqiqotlar, avia transport, baliq ovi, turistik biznes
bilan bog‘liq ko‘p tarmoqli va ko‘p millatli
korxonalar GISni umumiy
foydalanishning axborot tizimiga majburiy ilova sifatida kiritishdi.
Ekspert tizimi va ma’lumotlarni tahlil qilishning qisqa qoidasidan farqli
ravishda amalga oshiruvchi axborot tizimlari asosan “buyurtma ostida” qilinadi va
amalga oshiruvchi modullar shaklida ular korporativ axborottizimiga kiradi. Ish
joyidagi menejerlar taqsimlangan biznes kengashlarida, aqliy hujumlarga va
mas’uliyatli qaror qabul qilish uchun tayyorlanishga ishtirok
etish imkoniyatiga ega
bo‘lishdi, biznes hamkorlar esa Internetning barcha imkoniyatlaridan foylanib V2V
savdo maydonlarida samarali muloqotga qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: