193
sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta qiluvchilar harakatlarini hujjat ko‘rinishda
rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan hujjatlar
shakllarining sezilarli
miqdori bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmoqda. Bu hujjatlar qo‘lda yoki texnik
vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladigan hujjat shakllari an’anaviy
ko‘rinishga ega bo‘lib, birlamchi hujjatlarning axborotlari mashina
tashuvchisida yig‘ilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilmoqda.
Ma’lumotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish
bosqichi birlamchi
hujjatlarning sug‘urta kompaniyasi bo‘linmalari va xizmatlaridagi
hujjatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda mashina tashuvchilarida birlamchi
ma’lumotlarni tayyorlashni ta’minlaydi.
Axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘p mehnat talab qiluvchi
bosqich bo‘lib, MBning sifat darajasiga ta’sir etadi va sug‘urta kompaniyasi
axborot tizimining o‘tkazish qobiliyati ana shu bosqichning mahsuldorligiga
bog‘liq bo‘ladi. Bunda asosiy muammo mashina tashuvchilariga har qanday
ATning asosi bo‘lgan katta miqdordagi meyoriy- ma’lumotli axborotlar,
shuningdek birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlarning o‘tkazilishi hisoblanadi.
Bu katta mehnat xarajatlarini va axborotlarning past sifatini ta’minlaydi
hamda foydalanuvchilarning qaytadan o‘qitilishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda axborot jommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning
rivojlanishi va iqtisodiyot tarmoqlariga jadallik bilan kirib borishi sug‘urta
kompaniyalari sug‘urta polislarini tuzishda an’anaviy usul, ya’ni sug‘urta
agentlaridan foydalanish bilan birga elektron
shakldagi AKT vositalaridan
foydalanish imkoniyatini bermoqda. Sug‘urta faoliyatini yanada rivojlantirish
uchun, avvalo, innovatsion texnologiyalarga asoslangan elektron sug‘urta
polislarini sug‘urta tizimiga joriy etish yo’lga qo’yilgan. Chunki elektron
sug‘urta polisini joriy etish orqali sug‘urtalash jarayyoni
kompleks
avtomatlashtiriladi,
sug‘urtalanuvchining
sug‘urtalash
jarayyonlariga sarflanuvchi vaqti tejaladi.
Elektron sug‘urta polisini shakllantirish jarayonlari 4-rasmda
tasvirlangan. Undan ko‘rinib
turibdiki, barcha ishlar avtomatlashtirilgan
tarzda amalga oshiriladi va mijoz polisni olish uchun kompaniyaga borishi
yoki sug‘urta agentini chaqirishi shart emas. Mijoz sug‘urta kompaniyasi veb
saytidagi shaxsiy xona orqali sug‘urta mahsulotini
tanlaydi va elektron
sug‘urta polisi uchun buyurtma beradi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi
axborot tizimi tomonidan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligi tekshiriladi va
mijozdan elektron to‘lov tizimlari orqali sug‘urta mukofotini qabul qilib
olgach, sug‘urta mukofoti to‘langanligi hamda yangi elektron sug‘urta polisi
tuzilganligi haqida tegishli bo‘limlarga va mijozga SMS yoi e-pochta orqali
xabar yuboriladi.