Sug’urta faoliyatida tushuncha va bu sohada axborot tizimlarini shaklantirish texnologiyasi. Sug‘urta kompaniyasida ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyasiga izoh bering.
Sug’urta - bu avvaldan bilib bo’lmaydigan hodisalarni kirib kelishi natijasida paydo bo’ladigan turli jinsdagi yo’qotishlar, zararlarni bartaraf qilish va qoplash uchun mo’ljallangan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Bu tizim barcha xo’jalik sub’ektlari va jamiyat a’zolariga korxona, firma, banklar faoliyatida bilib bo’lmaydigan sharoitlarda yuzaga kelgan, tabiy ofatlar keltirib chiqargan, baxtsiz hodisalar natijasida olingan zararlarni qoplash kafolatlarini taqdim etadi. Sug’urta faoliyati deganda sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi. Sug’urta kompaniyasi - sug’urta fondi faoliyat yuritishining aniq bir jamoat shakli bo’lib, o’zida sug’urta shartnomalarini tuzish va ularga xizmat ko’rsatishni amalga oshiruvchi maxsus tuzilmani ifoda qiladi. Sug’urta kompaniyalariga texnik- tashkiliy yagonalik va uning resurslarini, ularning mustaqil to’liq aylanmasini iqtisodiy maqsadlashtirish (obosoblennost) xosdir. Sug’urta kompaniyalari iqtisodiy tizimda mustaqil xo’jalik sub’ekti sifatida faoliyat yuritadi va ishlab chiqarish munosabatlarining aniq bir tizimiga qurilgan. Bugungi kunda sug'urta biznesini avtomatlashtirish bozorida CRM yechimlarining ko'pi taqdim etilmoqda. Rossiyada va MDH mamlakatlarida quyidagilar eng mashhur: Microsoft Dynamics CRM; AdakSure va LIFEBox kabi Adacta guruhidagi sug' urta kompaniyalari uchun echimlar; TO PS sug' urta kompaniyalari uchun konsalting yechimlari; BPMonline Insurance va Dboshqalar . CRM- tizimlari global bozorda, shu nuqtadan sug' urtadaham foydalanadi. CRM dan tashqari O racle yetakchi o' rinlarni egallaydi (boshqalar : Hayot va yillik daromad, O racle Sog' liqni saqlash sug' urta O rqaga idorasi uchun O racle Insurance Policy Administration) ommaviy sug' urta bozori uchun echimlar taklif etadi . Rossiya sug' urta dasturiy mahsulotlarining bozori 1 C tomonidan boshqariladi Sug' urtadagi barcha avtomatlashtirilgan axborot tizimlar uchta guruhga bo' linadi: 1 ) Korporativ axborot tizimlari "1 C: sug' urta kompaniyasining boshqaruv" va "So' rovchi- Sug' urta", "Ingosstrax" va "RESO Garantia" kompaniyalari o' z faoliyatlarini avtomatlashtiradigan o' zlarining ishlanmalaridan foydalanadigan eng mashhur kompaniyalar misollari. 2) AIS (AIS O SAGO , AIS LCA, AIS hayotni sug' urtalash va boshqalar), CRMtizimlari, call- markazlari, sug' urta kompaniyalari tahlil qilish va hisobot berish tizimlari, qaror qabul qilish tizimlari va boshqalar. 3) Internetni sug' urtalash. O nlayn xizmatlar «Alskom» sug' urta kompaniyasi buni O `zbekistonda birinchilardan bo`lib yo`lga qo`ygan. Sug‘urta kompaniyasida ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyasi. Sug‘urta kompaniyasiga AKTni tatbiq etish xarajatlarini to‘liq ko‘rib chiqqanimizda ularning har bittasi o‘ziga xos jihatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi va hisob- kitoblar uchun eng ko‘p mehnat boshqaruv xarajatlarini hisoblashga sarflandi. Bunga loyihalashtirish, loyihalarni boshqarish, tarmoqlarni ma’murlashtirish, favqulodda hodisalarni engib o‘tish, tizimni sozlash, sotib olish bo‘yicha shartnomalar va etkazib berishlarni boshqarish bo‘yicha xarajatlar kiradi.Bilvosita xarajatlar ikkinchi guruhining xususiyati sug‘urta axborot tizimining tashkiliy tomonida bo‘lib, AKT bo‘limi xodimlarining qoniqarsiz qo‘llab- quvvatlashi natijasida ish samaradorligini pasaytiradi.
2-qism
1 .Menejment sohasida axborot tizimlari o’zi nima?
1 .Korxonada qanday boshqaruv va ro’yxatga olish jarayonlari amalga oshirilishi, qanday ketma- ketlik asosida bajarilishi ko’rsatib beradi va qanday bajarish kerakligi to’g’risida tavsiyalarni (algoritm) o’z ichiga oladi. 2.Korxonalarni boshqarishda qanday tizimlar ishlatiladi? 2.Hozirgi kunda rahbariyatga ma’lumotlar hajmini oshishi, axborot texnologiyalarining rivojlantirilishi yoki kompyuterlar unumdorligini oshirish emas, balki korxonaning raqobatbardoshligiga, shuningdek, tashkilot boshqaruvining yangidan qayta tashkil etilgan faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi axborotlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi. MRP (Material Requirement Planning) – materialga bo’lgan talablarni rejalashtirish) ishlab chiqarishni boshqarish uchun yaratilgan, omborxona binolaridan unumli foydalanish, xom- ashyo etkazib berishdagi turib qolish yoki keragidan ortiq etkazib berish muammolarini bartaraf etadi. MRP tizimi xom- ashyo va butlovchi qismlarni etkazib berishidan oxirgi iste’molchilar so’rovini qanoatlantirishgacha bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tezkor boshqarishga yordam beradi. MRP asosiga qo’yilgan asosiy g’oyalar quyidagilar hisoblanadi: - ishlab chiqarish faoliyati o’zaro bog’liq buyurtmalar oqimi sifatida izohlanadi; - buyurtmalarni bajarishda resurslar cheklanganligi e’tiborga olinadi; - ishlab chiqarish jarayoni va zahiralarini minimallashtirishni ta’minlanadi; - ishlab chiqarish va ta’minotga zarur buyurtmalar amalga oshirish va ishlab chiqarish grafigiga asosan shakllantiriladi; - buyutmalar harakati yakuniy iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bog’lanadi; - buyurtmani bajarish jarayoni zarur bo’lgan lahzada nihoyasiga etadi. MRP usuli korxonada qanday boshqaruv va ro’yxatga olish jarayonlari amalga oshirilishi, qanday ketma- ketlik asosida bajarilishi ko’rsatib beradi va qanday bajarish kerakligi to’g’risida tavsiyalarni (algoritm) o’z ichiga oladi. MRP II uslubi ishlab chiqarish korxonasining barcha resurslarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan uslubiyotni ifoda etadi. Umumiy holatda, korxona faoliyatini rejalashtirish masalalarini natural birliklarda, moliyaviy rejalashtirishni pullik ifodasida korxona imkoniyatlarini ”Nima bo’ladi, agarda...” turidagi savollarga javob bergan holda modellashtirishni ta’minlaydi. Bu uslubiyotdan foydalanish korxona faoliyati iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga olib keluvchi sinab ko’rilgan tamoyillar, modellar va boshqaruv hamda nazorat jarayonlari to’plamini taqdimetadi. MRP II tizimi modullar asosida qurilgan bo’lib, quyidagilar uning asosiy majburiy funktsional modullari hisoblanadi: – ishlab chiqarish va savdoni rejalashtirish (Sales & Operations Planning); – talablarni boshqarish (Demand Management); – ishlab chiqarish bosh kalendar rejasi (Master Production Schedule); – materiallarga bo’lgan talablarni rejalashtirish (Material Requirements Planning); – tasniflash quyi tizimi (Bill of Material Subsystem); – zahiralar bilan operatsiyalar quyi tizimi (Inventory Transaction Subsystem); – ochiq buyurtmalar bo’yicha rejalashtirilgan kelib tushishlar quyi tizimi (Scheduled Receipts Subsystem); – ishlab chiqarishni tezkor boshqarish (Shop Floor Control or Production Activity Control); – ishlab chiqarish quvvatiga bo’ladigan talablarni rejalashtirish (Capacity Requirements Planning); – kirayotgan va chiqayotgan materiallar oqimini boshqarish (Input/Output Control); – ta’minotni boshqarish (Purchasing); – resurslarni taqsimlashni rejalashtirish (Distribution Resource Planning); – instrumentalta’minot (Tooling); – moliyaviy rejalashtirish bilan interfeys (Financial Planning Interfaces); – modellashtirish (Simulation); – faoliyatni baholash (Performance Measurement)
3.Manufacturing Resource Planning MRP II tizimining maqsadi?
3. MRP II uslubi ishlab chiqarish korxonasining barcha resurslarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan uslubiyotni ifoda etadi. Umumiy holatda, korxona faoliyatini rejalashtirish masalalarini natural birliklarda, moliyaviy rejalashtirishni pullik ifodasida korxona imkoniyatlarini ” Nima bo’ladi, agarda...” turidagi savollarga javob bergan holda modellashtirishni ta’minlaydi. Bu uslubiyotdan foydalanish korxona faoliyati iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga olib keluvchi sinab ko’rilgan tamoyillar, modellar va boshqaruv hamda nazorat jarayonlari to’plamini taqdim etadi.
4.Enterprise Resource Planning ERP tizimining ishlash texnologiyasi?
4. ERP- tizimlar birinchi navbatda moliya va xodimlarni boshqarish bilan bog’liq yangi funktsional modullari bilan kengayib borishi bilan birga MRP II sinfidagi tizimlarni o’z ichiga to’liq qamrab oladi. ERP tizimlarida ishlab chiqarishni rejalashtirish masalalarini echishdagi yondashuvlar yaqin vaqtgacha MRP II tizimlari asosiga kiritilgan standartlar ko’rinishda bo’lgan. Q isqacha qilib, ishlab chiqarish jarayonlariga kalendar- reja modulida o’rnatilgan me’yorlarini faol qo’llashga asoslangan yondashuv deb aytish mumkin, rejalashtirishni optimallashtirish zaruriyati bilan raqobatga borishi bunday yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. An’anaviy MRPII/ERP - tizimlarida rejalashtirishning optimallashtirish elementlari faqat quyi darajada - tezkor rejalashtirish masalalarini yechishda uchraydi.
5.SAP ERP tizimi nima?
5. SAP ERP tizimlar – bu tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov berish va majmuaviy hamda aniq vaqt lahzasiga tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarish, mijozlarga xizmat ko’rsatishda hamkorlik qilish uchun yaratilgan kompyuter tizimidir.
6.CRM tizimining tuzilishi qanday?
6. CRM- tizimlar (Customer Relationship Management yoki Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) - tashkilotlar uchun buyurtmachilar (mijozlar) bilan o’zaro aloqa strategiyalarini, xususan, mijozlar to’g’risidagi axborotlar va ular bilan o’zaro aloqa tarixini saqlash yo’li bilan savdo darajasani oshirish, mijozlarga xizmat ko’rsatish, marketingni optimallashtirish, biznes- jarayonlarni o’rnatish va yaxshilash hamda natijalarni tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy ta’minotdir.
7.CRM tizim turlari?
7. Tizimni uchta asosiy turga ajratish mumkin: 1 . O peratsion. CRM- tizimlarning bu turi tezkor faoliyatni avtomatlashtirishga imkon beradi. O peratsion CRM- tizimlar har bir aniq mijozga bog’langan turli ma’lumotlar to’plamiga ishlov berishni amalga oshiradi. 2. Analitik. Bu turdagi tizim marketingni quvvatlash bosqichlari va strategik darajadagi savdolar uchun zarur. Marketing kompaniyalarini rejalashtirish va eng samarali savdo strategiyasini tanlashga imkon beradi. 3. Q o’shmalilik (aloqadorlik). Bunday turdagi CRM- tizimlar mijozlar bilan birgalikda ishlashni ta’minlaydi, ya’ni, mijozlar kompaniya CRM- tizimlar bilan bevosita o’zaro hamkorlik imkoniyatiga ega bo’ladi.
8.Elektron biznesdan qanday tizimlar qo’llaniladi?
8. Hozirgi kunda biznesda turli xil tizimlardan foydalaniladi. Masalan, “ERPtizimlar” . Bu tizim ichki biznes- jarayonlarni optimallashtirish hisobiga raqobat ustunligiga erishishga yo’naltiriladi. “CRM- tizimlar” , biznesjarayonlarni o’rnatish va yaxshilash hamda natijalarni tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy ta’minotdir.