7-masalaga javob.
1. Bronxoektazlar va miyada qon aylanishining buzilishi arterial qon
bosimining normada bo‘lishi, haroratning ko‘tarilishi, leykomoidli reaksiya va zaharlangan
donachali neytrofillarning bo‘lishi bemorda surunkali yiringli bronxit va bronxoektaz bo‘lib,
«metastaz» yo‘li bilan miya abssessini: hosil qilgan.
2. Miyada o‘sma kasalligi borligini tekshiradigan usul exo-ensefalografiya usuli
hisoblanadi. Orqa miya punksiyasida agar yiring qorinchaga teshilib chiqqan bo‘lsa, orqa miya
suyukligida yiring bo‘ladi. Suyak ko‘migi punksiya qilib tekshirilganda ham periferik leykomoid
reaksiya va zaharlangan donachali neytrofillarning bo‘lishi bemorda yiringli jarayon
ketayotganligini bildiradi. Shuning uchun suyak ko‘migini tekshirish maqsadga muvofiq emas.
O‘pkani topografiya va bronxografiya qilish foydasiz hisoblanadi, chunki bronxoektazlar borligi
rentgenda .tekshirish yo‘li bilan aniklangan.
8- masalaga javob.
1. Anamnezida bemor ikki marta «o‘tkir pnevmoniya» va «surunkali
pnevmoniyaning qaytalagan davri» tashxisi bilan davolanganligi, rentgenda o‘pkada diffuz
o‘zgarish borligi, tashqi nafasi tekshirilganda restriktiv o‘zgarishlar borligi surunkali bronxit va
o‘pka emfizemasi yo‘qligini tasdiqlaydi. Kasallik bir yil mobaynida davom etayotganligi uchun
cho‘zilib kechuvchi pnevmoniya deyish mumkin emas (cho‘zilib kechuvchi pnevmoniya 8—12
xaftagacha davom etadi). Auskultatsiyada chegaralangan joylarda pnevmosklerozlar borligi
hamda bronxlar atrofida infiltratlar bo‘lishi surunkali pnevmoniya kaytalanganligini bildiradi.
2. Surunkali pnevmoniya surunkali bronxitdan shu bilan farq qiladiki, unda
chegaralangan o‘zgarishlar (klinik, rentgenologik, morfologik ko‘rinishda) bo‘lib, diffuz
obstruktiv o‘zgarishlar bo‘lmaydi va o‘pka gipertoniyasi kamdan-kam hollarda uchraydi.
BRONXIAL ASTMA
9-masalaga javob.
1. Bemorda noimmunologik bronxial astma kasalligi bo‘lib, aspirinli
astma deyiladi. Bu o‘zining uch variantli ko‘rinishiga ega bo‘lib, ular bronxial astma, salitsilatlar
yoqmasligi va burlila qaytalanib turuvchi polip borligidir. Aspirinli astma kasalligining asosida
prostaglandin sistemaning buzilishi yotadi. Bunda ularni sintez qilinishi izdan chiqib, bronxlarni
toraytirish xususщyati kuchayib ketadi.
2. Aspirinli bronxial astmani davolash uchun tarkibida salitsilatlar bor ovkat mahsulotlari
(sitrus mevalar, olxo‘ri, bodring, tomat va boshqalar) va nosteriod yalliglanishga qarshi dori
moddalarni berish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |