M. A. Xujamberdiyev



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

 


MASALALARNING
JAVOBLARI VA TAHLILI
 
O‘TKIR PNEVMONIYALAR 
1- masalaga javob. 
Bemorda o‘tkir stafilokokkli pnevmoniya bo‘lgan, u og‘ir kechib, 
o‘pka gangrenasini (stafilokokkli gangrenami keltirib chiqargan, ya’ni asorat koldirgan. 
Stafilokokkli pnevmoniya organizmning mahalliy ximoya kuchlari turli sabablarga kura o‘ta 
sustlashganda yoki immunodepressiya holatlarida rivojlanadi (masalan, keksalarda, qandli diabet 
kasalligida, surunkali alkogolizmda va xokazo). 
Kasallikning rentgenologik ko‘rinishi sil kasalligining ayrim shakllariga o‘xshash 
bulsada, kasallikning tez paydo bo‘lishi, balg‘amda sil tayoqchalarining bo‘lmasligi va unda 
stafilokokk topilishi kabilarni inobatga olib, bemorda o‘pkaning nospetsifik kasalligi bor deb 
xulosa qilindi. 
Mazkur holda pnevmoniyaning sababchisi stafilokokk bo‘lganligi uchun pensillin 
miqdorini ko‘paytirish maqsadga muvofnq emas. Ampitsillin ham tavsiya etib bo‘lmaydi, chunki 
uning foydasi bo‘lmaydi. Bemorda sil kasalligiga gumon qilinganligi tufayli kanamitsin berish 
ham mumkin emas, chunki bu antibiotikning ta’sir kuchi sil tayoqchalariga ham, nospetsifik 
mikroblarga ham bir xil bo‘ladi. Bu esa sil kasalligi va pnevmoniya simptomlarini 
tumanlashtiradi, ularni bir-biridan tafovut qilishni qiyinlashtiradi. 
Ikkinchi tomondan, bu dorining sil kasalligiga shifobaxsh ta’siri kamida 1—2 oydan 
keyin bilinadi. 
Aytilganlarni inobatga olib, bemorga sefalosporin turkumiga kiruvchi antibiotiklar, 
aniqrog‘i kefzol qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu guruhdagi antibiotiklar stafilokokk 
mikroblariga kuchli (o‘ldiruvchi va o‘sishni to‘xtatib qo‘yuvchi) ta’sir etadi. 
2- masalaga javob. 
Gospital pnevmoniyani davolash uchun ko‘pincha sefalosporin 
qatoridagi antibiotiklar aminoglikozidlar bilan hamkorlikda qo‘llanadi. Agar davolashning 
natijasi yaxshi bo‘lmasa (dorilarning foydasi davolash boshlangandan 72 soat o‘tgachgina 
aniqlanadi), bemorni parvarish qilishni yaxshilash, dorilar mikdorini oshirish hamda dori-
darmonsiz davolash usullarini qo‘shgan holda davolash ishlarini davom ettirish lozim. 
Mazkur bemorda surunkali buyrak yetishmovchiligi bor va shuning uchun ham 
gentamitsin bilan davolash tavsiya qilinmaydi, chunki bu antibiotik buyrak to‘qimalariga zararli 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Sefalosporin hamda aminoglikozidlarni gentamisin bilan bir vaqtda qo‘llash ularning 
buyrak to‘qimalariga ko‘rsatadigan noxush ta’sirini keskin zo‘raytirishi mumkin. Demak, bu 
dorilarni bir vaqtda birgalikda buyurish tavsiya etilmaydi. 
Mavjud holatda sefalosporin qatoridagi antibiotiklarning II guruhiga emas (sefoksitin, 
sefomondol va hokazo), balki fakat sefalosporinning III guruhi hisoblangan antibiotiklar 
(masalan, sefatoksin) buyurish maqsadga muvofiqdir, chunki sefalosporinning II guruhi bo‘lgan 
antibiotiklar gospital pnevmoniyani keltirib chikaruvchi omil hisoblangan yashil tayoqchalarga 
ta’sir qilmaydi. 
Pnevmokokkli pnevmoniyada penitsillin dozasini oshirib borish maqsadga muvofiq 
emas, chunki bu (ya’ni penitsillin miqdorini keskin oshirish) tayoqchalarning penitsillinga 
chidamli bo‘lgan shaklini keltirib chiqarishi mumkin. 
Oletetrin va tetraolean bilan davolashning kamchiligi shundaki, ularning tarkibiga 
kiruvchi tetratsiklin pnevmoniyani emperik davolashga kuchi yetmaydi yoki ojizlik qiladi; bu—
antibiotiklarning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan oleandomitsinning davolovchi miqdori ham 
mazkur holda o‘ta kam; ikkala antibiotikda ham oleandomitsinning miqdori uning bir martalik 
dozasidan uch hissa kam. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish