tushmayotganligidan, bo‘shashishi, kechalari ko‘p terlayotganidan shikoyat qiladi. 20 yoshida
o‘pkaning infiltratli sili borligi tufayli davolangan. Obyektiv tekshirilganda bo‘yin va o‘mrov
usti limfa bezlari kattalashgan, kattiq-elastikligi aniklanadi. Boshka a’zolarida o‘zgarish yo‘q.
O‘pka rentgenda tekshirilgan. Qon analizi: Nb— 120 g/l, L— 13X109/l, P—8, S—70, Limf—
12; M—10; ZCHT—38 mm/soat. Terida tuberkulin sinamasi musbat (papulaning diametri— 1,5
sm).
1. Qaysi tashxis ko‘yilsa to‘gri bo‘ladi?
a) surunkali limfoleykoz;
b) limfogranulematoz;
v) sil limfadeniti;
g) infeksiyali mononukleoz;
d) sarkoidoz.
2. Tashxisni tasdiqlovchi tekshirish usulini tavsiya qiling.
138-masala.
52 yoshli bemor uch haftadan beri bo‘shaishidan, belining o‘ng tomonida
og‘rik bo‘layotganidan, isitmasi 39°S ga ko‘tarilayotganidan shikoyat qiladi. Penitsillin bilan
davolashning foydasi bo‘lmagan. Anamnezida siydik-tosh kasalligi bo‘lgan.
Bir necha yil oldin
siydigida tosh bo‘lgan, siydik analizida o‘zgarish topilmagan. Obyektiv tekshirilganda terisining
rangi oqargan, A/B—140/80 ga teng. Paypaslab ko‘rilganda qovurg‘aning o‘ng tomonida og‘riq
sezadi. Qon analizida kamqonlik bor (Hb—85 g/l, formulasi o‘zgarmagan), ECHT—70 mm/soat.
Suyak ko‘migi tekshirilganda plazma hujayralar 10% gacha kupayganligi aniqlanadi. Siydik
analizi: solishtirma og‘irligi— 1018, eritrotsitlar bir ko‘rish maydonida—12—15 ta,
leykotsitlar—1—2 ta. Qonda kreatinin — 0,12 mmol/l,
1. Qaysi tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) siydik-tosh kasalligi natijasida kelib chiqqan surunkali piyelonefrit;
b) surunkali glomerulonefrit;
v) tugunli arteriit;
g) miyelom kasalligi;
d) gipernefroma.
2. Bemorga qanday tekshirish usulini qo‘llash kerak?
139-masala.
28 yoshli bemor isitmasi 39—40°S ga ko‘tarilgani, o‘ng qovurg‘asi ostida
va o‘ng ko‘kragida og‘riq borligi va u nafas olganda, qayt qilganda, quruq yo‘talganda
kuchayganligi uchun bemor kasalxonaga keltirilgan. Anamnezida bir necha marta qornida og‘riq
bo‘lgan. Shu sababli jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Ilgari og‘riq davolanmasa ham 2—3 kunda
o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketgan. O‘tgan yili oshqozon yarasi teshilgan deb laparotomiya qilingan,
lekin tashhis tasdiqlanmagan. Bemorning onasi buyrak kasalligidan o‘lgan. Bemorning ukasida
ham qorin og‘rig‘i xurujlari bo‘lib turadi. Obyektiv tekshirilganda o‘ng kurak osti sohasida nafas
sekinlashgan va plevraning ishqalanish shovqini eshitiladi. Ung qovurg‘a ostida ozgina og‘riq
seziladi. Boshqa a’zolarida o‘zgarish topilmagan. Qon analizi: Nb—120 g/l, A—12—10
9
/l, 10—
12, P—12, S— 74, L—10, M—2, ECHT—35 mm/soat. Siydik analizi: Solishtirma og‘irligi—
1012, oksil—1,65%, leykotsitlar ko‘rish maydonida — 1—2 ta, eritrotsitlar — 5— 7 ta,
silindrlar—1—2 ta. Turli mutaxassislar bilan kengash o‘tkazilganda turli kasalliklar to‘g‘risida
fikr yuritilgan.
1. Quyidagi tashxisning qaysi biri ko‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) zotiljam kasalligi plevrit asoratini bergan;
b) sistemali qizil volchanka korin bo‘shlig‘i va buyrakning seroz kavatini
zararlagan;
v) o‘tkir xoletsistit;
g) o‘tkir ksilonefrit;
d) nasliy kasallik.
2. Qaysi tekshirish usuli tashxisni tasdiqlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: