va uzumning yarmidan ko‘pi, respublikada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi
shaxsiy yordamshi xo‘jalik deb atalmish xo‘jaliklarda tayyorlandi.
Mulkdorlar
sinfini
shakllantirish
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog‘liq.
Xususiylashtirish va Kichik biznesni rivojlantirish ja-rayoni natijasida hozirgi
paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy sonidan 46
foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas’uliyati sheklangan jamiyatlar - 12 foizni,
jamoa mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo‘jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi.
Ak-siyalash respublikada o‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirishning
asosiy
shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib O‘zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari
ro‘yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning ushdan bir qismidan ortig‘i aholiga
tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi keng
qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir.
Xususiy sektorni kengaytirish,
Kichik biznes, fermer xo‘jaliklari va
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi.
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuning
dek
davlat aksiya paketlarini
asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada
980 ta obektdan 902 tasi xususiy mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida
jami 4 ming 660 ta korxona va obekt xususiy mulkdorlarga sotildi.
Masalan, Samarqand shoy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-
gips», «Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar
to‘lig‘icha xususiy mulkdorlarga sotildi.
Xususiylashtirish jarayonining so‘nggi yillardagi o‘ziga xos ji-hati davlat
aktivlari va aksiya paketlarining nolga teng xarid qiymati bo‘yicha to‘liq
hajmda
sotilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obekt 43,2 milliard so‘mlik
investitsiya kiritish majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom
jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik subektlari soni 2001-yildagiga
nisbatan ush barobar qis-qardi.
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki
mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i, qishloq
xo‘jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat
sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77
foiz yoki iqtisodiyotda
band bo‘lgan kishilar-ning to‘rtdan ush qismi mehnat qilmoqda.
Yagona soliq to‘lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga
taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblari bo‘yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi.
Nazorat idoralarining xo‘jalik subektlari va tadbirkorlik obektlarini tekshirish
natijalari bo‘yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga
oshirish tartibi o‘rnatildi.
Bunday tartib o‘z-o‘zicha mazkur subektlarga nisbatan turli sanksiyalarni
qo‘llashni ham tubdan o‘zgartirish, ya’ni uni sud qaro-ri bilan o‘rnatishni belgilab
beradi.
SHunday qilib, xo‘jalik subektlari faoliyatidagi o‘zaro masala va talablarni turli
darajadagi davlat boshqaruvi idoralarida ko‘rish va hal qilish kabi o‘z umrini o‘tab
bo‘lgan amaliyotga butunlay barham berish borasida qat’iy qadamlar qo‘yildi.
Bugun
bunday masalalar, huquqiy demokratik davlatlarda bo‘lgani
dek
istisnosiz
ravishda sud orqali hal etiladi.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari
eski zamon illati bo‘lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan
bevosita bog‘liq ekanini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Tan olish kerakki,
respublikada amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar markaz va joylardagi
boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta’sir qildi, bosh-
qaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni
ancha qisqartirish
imkonini berdi.
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming
kishiga yoki 35,5 foizga, jumladan, respublika organlari bo‘yicha 21 foiz, mahalliy
boshqaruv organlari bo‘yicha 63,5 foiz, xo‘jalik boshqaruv organlari bo‘yicha 30,5
foizga qisqartirildi.
Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, Kichik korxonalar,
mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish
hisobidan mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanshi sifatida o‘rta
sinf amalda shakllanmoqda.
Birinchi navbatda bu o‘z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o‘zini,
oilasini boqayotgan va davlatga ham katta naf keltirayotgan, o‘zining
mustaqil
tijorat ishiga ega bo‘lgan mulkdor tadbirkorlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: