Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni oshiq turdagi
hissadorlik
jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga aholini va chet ellik
investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo‘yildi.
Qimmatli qog‘ozlar va ko‘shmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos
yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari
o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila
boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga
doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
Dehqon xo‘jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7
ming dehqon
xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
Mustaqillikning o‘tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming
300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o‘zida kichik va xususiy korxonalar soni 19
ming 100 taga ko‘paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga
yetdi.
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-
yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lmagan korxona
bo‘lsa, 1994-yilda bu ko‘rsatkish 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining 48 foizi nodavlat
sektorida ishlagan bo‘lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat
ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ko‘pi, qishloq
xo‘jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat
ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan
Kichik va
xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa
respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi.
260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 barobar, fermer
xo‘jaliklari soni - ushdan bir hisobida ko‘paydi. Bu borada izchil siyosat olib
borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat
ko‘rsatayotgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350
mingtaga yetdi. Bugungi kunda Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o‘zida ushbu sohada qo‘shimcha
ravishda 290 mingta yangi ish o‘rni yaratildiki, bu ko‘rsatkish
mamlakatimizda
oshilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Xususiy sektor, Kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning faol
harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo‘q. SHuning uchun yaqin yillar ishida
mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga
oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo‘yicha keng
ko‘lamli dasturni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi o‘zining ijobiy natijasini berdi.
Faqat 2006-yilning o‘zida Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasida
qo‘shimcha ravishda 290 ming yangi ish o‘rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda
oshilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashish negizida
kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil
etildi.
Katta sarmoya, mablag‘ talab qilinmaydigan kasanashilikni yo‘lga qo‘yish
maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh
va uskunalar qo‘lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming
odam, 60 ming oila qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan
huquqiy davlat, demokratiq adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi.
Birinchi Prezident I. Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobida yozganidek
Do'stlaringiz bilan baham: