Toshkent moliya instituti ―bank ishi‖ kafedrasi


Valyuta opsionlarining turlari



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/78
Sana08.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#642935
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
bank ishi

Valyuta opsionlarining turlari 
Opsion huquqi qaysi sub‘ektga tegishligiga qarab ikki turga bo‗linadi: 
-
Koll opsion – bu huquq, ammo majburiyat emas, u asosiy valyutani sotib olishni 
bildiradi. YA‘ni, huquq sotib oluvchida bo‗ladi. 
-
Put opsion – bu asosiy valyutani sotish huquqini beradi, ammo bu majburiyat 
emas. YA‘ni, huquq sotuvchida bo‗ladi. Bu ikkala bitim bir-biridan farq qiladi, ular 
bir-biriga qarama-qarshi bitim shakli emasdir.
Opsionni sotib oluvchi tomon – bu opsion egasi (xaridor), opsionni tashqil 
etuvchi tomon – anderayter (sotuvchi) deb yuritiladi. Asosiy valyutaning sotish yoki 
sotib olish – bu opsion amalga oshiriladigan narx, ya‘ni strayk baho deb yuritiladi. 
Opsion premiyasi bu xaridor anderayterga to‗laydigan summa tushuniladi. 
Ayirboshlashda to‗langan premiya evaziga xaridor spot kursining o‗zgarishidan 
ko‗radigan zararini sug‗urtalaydi. Anderayter esa cheklanmagan miqdordagi riskka 
boradi va bundan himoyalanish uchun xedjirlash va kompensatsion bitim tuzadi.
Opsionlar qanday vaqtda qo‗llanishiga ko‗ra ikki turga bo‗linadi: 
-
Evropa opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtda amalga oshiriladi; 
-
Amerika opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtgacha amalga 
oshirilishi mumkin. 
Amerika opsionining foydaliligi Evropa opsioninikidan kam emas, ammo ular 
analitik qiyin amalga oshiriladi. Birjadan tashqari bozorda samarali tarzda evropa koll-


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
opsioni amalga oshiriladi, lekin ayrim valyutalarga nisbatan an‘anaviy tarzda amerika 
opsionlari qo‗llanib kelmoqda.
Birjadan tashqari valyuta ayirboshlash opsioni – bu ikki tomonlama bitim 
bo‗lib, u ikki qatnashchi tomondan tuziladi. Birjadagi va birjadan tashqari opsion 
bozorining farqi birjadan tashqari opsion bozorida kliring palatasi bo‗lmaydi va 
nazorat qiluvchi organlar hamda savdo qoidalarini o‗rnatuvchilar bo‗lmaydi. Agar 
tashqillashtirilgan birjadagi opsionlar standart opsionli bitim tuzilsa, birjadan tashqari 
opsion bozorida ular investorning ehtiyoji, investitsiyasi hamda xedjirlashiga bog‗liq 
tarzda tuziladi. Mutaxassislarning hisobiga ko‗ra, birjadan tashqari opsion bozorining 
miqdori tashqillashtirilgan birjadagi opsionlarning miqdoridan 5 marta ko‗proqdir. Bu 
ikki opsion bozori bir-biri bilan raqobatlashadi hamda bir-birini to‗ldirib turadi.
Professional treyderlar birjadan tashqari bozorda o‗z daromadalarini oshirish
mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni oldini olish uchun kombinatsion opsionlardan 
foydalanishadi. Hozirgi vaqtda birjadan tashqari valyuta opsioni bozorlarida quyidagi 
turdagi kombinatsion opsionlar qo‗llaniladi: 

Streddl (yoki stellaj yoki ikkita opsion (straddle)), u ikki opsiondan biri 
put opsion va boshqa biri koll-opsion bo‗ladi hamda ularning nominali, narxi va 
muddati bir xil bo‗ladi. Narxi odatda forvard kursi atrofida bo‗ladi va foyda 
keltirmaydi, ular bo‗yicha delta taxminan 0.5 ga teng bo‗ladi. Agar joriy volatillik 
kutilganidan yuqori bo‗lsa, uzun streddl daromad keltiradi. Agar joriy volatillik 
kutilganidan past bo‗lsa, qisqa streddl daromad keltiradi.

Stregl (strangle) – opsion strategiyasi bo‗lib, u qachonki investorda koll 
va put opsion pozitsiyasi turli xil narxda bo‗lsa ishlatiladi. Bunda strayk baho forvard 
kursidan yomonroq, shuning uchun ular daromadsiz yoki zararlidir. Odatda strayk 
baho 0.25 deltada topiladi.

Risk riversiyasi bu o‗zida ko‗proq narxga yo‗naltirilgan o‗yin bo‗lib, u 
volatillikka unchalik xos emas. Dilerlar daromadsiz put-opsionni daromadsiz koll-
opsionga ayirboshlaydilar yoki aksincha. Ushbu daromadsiz put va koll opsionlar 
narxlari bilan farq qiladi va dilerlar ayirboshlashda ular orasidagi farqni premiya 
sifatida to‗lab berishadi yoki unga ega bo‗lishadi.
Birjadan tashqari bozorda opsionlarning turli xil ko‗rinishlari amal qiladi: 


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
Multivalyutali opsion – biror valyutani boshqa bir valyutaga biror bir 
valyuta orqali maxsus ayirboshlash kursi orqali ayirboshlash huquqidir. 
Bar‘erli opsion (barrier option) – opsion tugash muddati qisqaradigan 
yoki uzaytiriladigan opsion bo‗lib, unda belgilangan kurs etib kelishi kutiladi. 
Bermud opsionlari (Bermuda options) – amerika va evropa opsionlarining 
birlashmasidir. 
Osiyo opsionlari – yoki o‗rtacha kurs opsionlari (average rate options). 
Har bir opsion narxining uch elementi mavjud: 
-
Strayk yoki amalga oshirilish bahosi, ya‘ni xorijiy valyutaning sotilish yoki 
sotib olinish bahosi; 
-
Premiya, ya‘ni opsionning narxi; 
-
Bozordagi spot kurs.
SHuningdek, opsionlar keltiradigan daromadiga qarab ham turlarga bo‗linadi: 
-
Daromadsiz (at-the-money - ATM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi 
spot kurs bilan teng bo‗ladi.
-
Daromadli (in-the-money - ITM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi 
premiyadan tashqari ham daromad keltiradi.
-
Zararli (out-the-money - OTM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi 
premiya bilan ham daromadsiz bo‗ladi.
Opsionlar ham birjadan tashqari bozorda ham birjada samarali tarzda savdo 
qilinib kelmoqda. Birjadan tashqari bozorda ular asosan bir tomondan AQSH dollari 
va ikkinchi tomondan funt sterling, shvetsiya franki, yaponiya ienasi, kanada dollari va 
evroga nisbatan tuziladi. Birjadan tashqari bozor opsionlari xaridorlarning ehtiyojiga 
qarab tuziladi. SHuningdek, ularda kontragent riski mavjud bo‗ladi va u asosan 
banklar hamda individual kontragentlar tomonidan foydalaniladi. Birjadagi opsionlar 
esa xuddi fyucherslar kabi savdo qilinadi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish