2. Tovar tarqatish kanallari va ularning vazifalari.
3. Ulgurji va chakana savdo.
Kirish
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. Sotish siyosati orqali orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi.
Sotish siyosati-iste’mol tovarlarini etkazib berishning ehtimol tutilgan varintlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng yuksak xo‘jalik samarasiga erishishini ta’minlaydigan maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Taqsimot yo‘li-aniq bir Tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi sariharakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuidan iboratdir.
Tovar harakati – bu tovarni ishlab chiqarilgan joydan iste’molchigacha siljitish bilan bog’liq bo’lgan hamma faoliyat turlaridir. Ma’lum bir savdo firmasi ishlab chiqarish korxonasiga buyurtma berib, buyurtma berilgan tovarni yuklash, tushirish, saqlash, magazinlargacha transport vositasida tashish va hatto magazinlarni tovar zahiralari bilan to’ldirib turish mas’uliyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ana shu funksiyalarning jami birgalikda tovar harakati sistemasini tashkil etadi.