Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab
va taklifni muvofiqlashtirish. (eksportga yo‘naltirilgan korxonalar faoliyatini
qullab-quvvatlash nuqtai nazaridan).
Valyuta nazoratining asosiy maqsadi, bu eksport bo‗yicha valyuta tushumining
o‗z vaqtida eksportchi tashkilot hisob raqamiga tushishini ta‘minlash va import
mahsulotlari uchun o‗tkazilayotgan valyuta mablag‗larini to‗planishi, xaqiqatda
Respublika hududida kelib tushgan mahsulot narxiga muvofiqligi, shuningdek,
belgilangan tartibda valyuta tushumidan majburiy, sotuvni amalga oshirishdan iborat.
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki, Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‗mitalari valyutani nazorat
qiluvchi organlar hisoblanadilar. Tijorat banklari valyuta nazoratining Agentlari
hisoblanadilar. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 28 mart 1998 yildagi
393-sonli Eksport va barter shartnomalarini hisobga olish va bajarilishi nazorati tartibi
to‗g‗risidagi yo‗riqnomasi Eksport – import shartnomalarini bank muassasalari
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
tomonidan ro‗yxatga olish qoidasi va ular ustidan nazoratni amalga oshirishni
belgilaydi. Korxona va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar tuzgan
eksport shartnomalari, ularning valyuta hisobraqami ochilgan vakolatli banki orqali
o‗tishi lozim. YArmarka savdosida, birjada tuzilgan eksport shartnomalari bankda
ro‗yxatga olinmaydi .
Amaldagi qonunchilikka asosan, ro‗yxatga olinishi lozim bo‗lgan eksport
shartnomalarida Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligidan ro‗yxatga olingandan so‗ng
bankda ro‗yxatga olinadi .
Eksport shartnomasining summasi qat‘iy valyutada belgilanishi lozim .
Mahsulot, sotilishi bajarilgan ish, ko‗rsatilgan xizmatlar oldindan, amalga
oshirilishidan eksportda tashkilot belgilangan shaklda ariza, shartnoma taqdim etadi.
Xizmat ko‗rsatayotgan bank ikki ish kuni mobaynida shartnomani ko‗rib chiqib,
imzolanib, shartnoma va uning nusxasining har bir varag‗ini bank shtampi bilan
tasdiqlaydi, so‗ngra eksport shartnomaga identifikatsiya nomeri o‗zlashtirib
belgilangan shaklda ma‘lumotnoma beriladi.
Keyin shartnomaning bir nusxasi eksportyor tashkilotga berilib, ikkinchi
nusxasi ish yig‗ma jildiga tikiladi.
Eksport shartnomalari «ko‗zda tutilgan holatlar» 95497 hisobvarag‗i shartnoma
ro‗yxatga olingan sanasiga spot kursi bo‗yicha hisoblanib, so‗mda hisobga olinadi.
Analitik
hisobda
ham
shartnomalarga
litsevoy
schyot
ochiladi
Eksport
shartnomasining summasi 95497 hisobvarag‗i bo‗yicha debetlanadi .
Operatsiya quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi;
Debet scheti Ň¹95497 «Ko‗zda tutilmagan vaziyatlar, boshqa schyotlari»
Kredit scheti ¹96397 «Kuzda tutilmagan vaziyatlar kontr-schyoti»
Operatsiya haqiqatda amalga oshirilganda ushbu shartnoma bo‗yicha eksportyor
tranzit schyotiga kelib tushgan valyuta tushumi ¹95497 schyotida kreditlanadi.
Operatsiya kuyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi ;
Debet scheti Ň¹96397 «Ko‗zda tutilmagan vaziyatlar kontr-schyoti»
Kredit schyoti ¹95497 «Ko‗zda tutilmagan vaziyatlar boshqa schetlari».
Vakolatli banklar (Bo‗limlar, boshqarmalar) eksport-import operatsiyalari
bo‗yicha quyidagi hujjatlar tikiladigan yig‗ma ish jildi ochishlari lozim;
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
- korxonaning arizasi;
- ro‗yxatga oligan shartnomaning nusxasi ;
- shartnomaga identifikatsiya nomeri o‗zlashtirilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma
;
- hisob-kitob ma‘lumotnomasi;
- mahsulotlarni O‗zbekiston Respublikasidan chiqarganligini tasdiqlovchi bojxona
reestori;
- Haqiqatda eksportyor tashkilotiga kelib tushgan valyuta tushumi tushganligini
tasdiqlovchi schyotdan bildirishnoma. Belgilangan tartibda valyuta tushumidan
majburiy sotuvni amalga oshirish va qoldiqni asosiy hisobvarag‗iga o‗tkazish ;
Ushbu shartnomaga tegishli bo‗lgan har xil turdagi yozishmalar, yuqori tashkilot bilan
soliq idoralari, bojxona xizmati ;
-Xizmat ko‗rsatayotgan bank tomonidan talab qilingan zarur bo‗lgan hujjatlar.
Barter shartnomalari ham shu tartibda amalga oshiriladi . Barter shartnomalarini
tuzish uchun tashkilotlar tegishli idoralardan (Vazirlar Mahkamasi, Hokimiyatlar)
ruxsat olishlari kerak. Ruxsatnoma olganlaridan keyin barter shartnomasini 10 kun
muddat ichida bankka taqdim etishlari lozim. Barter shartnomalari bankda ro‗yxatga
olingan kunga spot kursi orqali o‗tkazilib so‗mda ¹90969 «Barter shartnomalari»
hisobvarag‗ida hisobga olinadi. Analitik hisobda har bir shartnoma uchun litsevoy
schyot ochiladi.
90969 hisobvarag‗i shartnoma ro‗yxatga olinguncha spot kursi orqali hisoblangan
sumdagi ekvivalent shartnoma summasi debetlanadi.
Debet schet ¹90969 «Barter shartnomalari»
Kredit schet ¹96317 «Barter shartnomalari bo‗yicha kontr-schet».
¹90969 schet amalga oshirilgan majburiy sotuv va kelib tushgan tovar summasiga
kreditlanadi.
Ushbu operatsiya quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi ;
Debet schet ¹ 96317 «Barter shartnomalari buyicha kotnr-schet»
Kredit schet ¹ 90969 «Barter shartnomalari»
Bunaqa hisob yuritish eksport – barter shartnomalarini bajarilishini kerakli
darajadan nazorat o‗rnatish uchun valyuta tushumlarini o‗z vaqtida va to‗liq ravishda
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
ta‘minlash, shuningdek belgilangan tartibda majburiy sotuvni amalga oshirishlari
uchun zarur. Qonunda belgilangan muddatda tushum bo‗lmasa yoki mahsulot kelib
tushmasa, vakolatli bank bir hafta mobaynida chora ko‗rish uchun tegishli organlarga
xabar berishi lozim. Xat nusxasi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining tashqi
aloqalar va valyutani boshqarish departamentiga, Davlat Soliq Qo‗mitasiga yuborilishi
lozim.
SHuningdek import shartnomalari tashkilotning valyuta hisobraqami ochilgan
vakolatli banklarda ro‗yxatga qo‗yilishi kerak. Ta‘sischilar shartnomasi yoki kelib
tushgan mahsulot pul to‗lanmaydigan shartnomalar bankda ruyxatga olinmaydi.
Import shartnomalarini xizmat ko‗rsatayotgan bankda ro‗yxatga ko‗yish uchun
mijozlar tomonidan bankka taqdim etishlari lozim bo‗lgan hujjatlar;
-
Belgilangan shaklda ariza;
-
shartnomaning asl nusxasi va uning nusxasi;
-
import bitimi pasporti;
-
TIAV ning import shartnomalarining ro‗yxatga olish sertifikati kabilardir.
Tashki iqtisodiy aloqalar Vazirligida ro‗yxatga olinmaydigan import
shartnomalari bo‗yicha ro‗yxatga olish uchun importni sifatli mahsulotlar bilan
taminlash maqsadida, xo‗jalik subektlariga import shartnomalarining konsalting
firmalarida ekspertizadan o‗tish tavsiya etiladi.
SHartnomalar O‗zbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar Vazirligida
import shartnomalarini ro‗yxatga olish tartibining uchinchi bandiga asosan
rasmiylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, vakolatli banklar shartnomalarining
quyidagi majburiy shartlarini:
-
shartnomada chet el hamkorning to‗liq rekvizitlari ko‗rsatilgan bo‗lishi
lozim (mamlakat, mol jo‗natuvchining to‗liq nomi, xizmat ko‗rsatayotgan bank nomi,
hisob raqamining nomeri);
-
oldindan to‗lov, shartnoma summasidan 15% dan oshmagan va chet el
hamkorining bankidan bank kafolatnomasi mavjud bo‗lishi;
-
shartnomaning to‗lov shartiga tegishli barcha o‗zgarishlar tomonlarning
qo‗shimcha kelishuvida aks etishi lozim. Vakolatli bank taqdim etilgan hujjatlarni ikki
kun mobaynida ko‗rib chiqib, ro‗yxatga oladi, agarda taqdim etilgan hujjatlar qonunda
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
belgilangan tartibda javob bermasa, bank yozma rad xatini barcha kamchiliklarini
ko‗rsatgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun mijozga qaytaradi.)ni
tekshirishlari kerak.
-
Ro‗yxatga olish vaqtida import shartnomalariga indentifikatsiya nomeri
o‗zlashtiriladi SHartnomaning asl nusxasiga, uning ko‗chirma nusxalarining barcha
varaqalariga va import bitimi pasportining barcha nusxalariga bank shtampi bosiladi
va vakolatli bank xodimi imzosi bilan tasdiklanadi, shundan so‗ng shartnomaning asl
nusxasi mijozga qaytarilib, uning nusxasi bankda ish jildiga tikiladi.
«Mahsulotlarni bojxona xizmatida rasmiylashtirish tartibining» 4-bandiga asosan
kelib tushgan mahsulotlarni rasta qilish maqsadida raqamda shaxsiy mablag‗lari
mavjudligi to‗g‗risidagi malumotnoma yoki kafolatnoma berish uchun bankka yozma
murojaat qilinadi. Mijozning yozma arizasiga asosan, amalga oshirilayotgan oldindan
to‗lov, ochilgan akkreditiv, berilgan bank kafolati yoki ushbu shartnoma bo‗yicha
kelib tushgan molning pulini to‗lash uchun mablag‗ni zahiralanganligi ko‗rsatilgan
holda o‗z mablag‗lari mavjudligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma beradi.
Mablag‗lar № 29896-sonli depozit hisob raqamida mijozning yozma arizasiga
asosan rezerv qilinadi. Rezerv qilingan mablag‗lardan fakat ushbu shartnoma bo‗yicha
kelib tushgan mahsulotlarning pulini to‗lash maqsadida foydalanish lozim.
Mablag‗larni rezerv qilishning asosiy shartlaridan biri bu mijozning byudjet oldida va
har xil turdagi soliqlardan qarzi yo‗qligini tasdiqlovchi soliq idoralarning
malumotnomasining mavjudligi hisoblanadi.
Vakolatli bank tomonidan mijozlarga kafolatnoma berishning asosiy sharti
Markaziy Bank yo‗riqnomasining talablariga muvofiq importyor foydasiga uchinchi
shaxs tomonidan kafolatnoma berilishidir. SHuningdek, uchinchi shaxs tomonidan
berilgan kafolatnoma bankning kredit komissiyasida ko‗rib chiqilishi lozim. Ijobiy
xulosaga kelishgandan so‗ng vakolatli bank rahbari bojxona xizmatiga taqdim etish
uchun kafolatnoma berishga ruxsat beradi.
Korxona va tashqilotlar mulkchilik shaklidan kat‘iy nazar tuzilgan eksport
shartnomalari , valyuta xisob rakami ochilgandan vakolatli bankda kuyilishi lozim.
YArmarka savdosida ,birjada tuzilgan eksport shartnomalari bankda ruyxatga
olinmaydi.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
TIAV-da amaldagi qonunchilikka asosan ruyxatga olinishi lozim bo‗lgan eksport
shartnomalari , bankda faqat TIAV- da ruyxatga olingandan sung ruyxatga olinadi.
Eksport shartnomasining summasi kat‘iy valyutada belgilanishi lozim.
Maxsulot, bajarilgan ish, ko‗rsatilgan xizmatlar sotilishi oldindan, eksportchi-
tashqilot belgilangan shaklda ariza, bitta shartnoma va yana bitta nusxasi bilan.
Xizmat ko‗rsataetgan bank 2-ish kuni mobaynida shartnomani ko‗rib chikib, javobgar
shaxs tomonidan imzolanib, shartnoma va uning nusxasi har bir varagida bank shtampi
bilan tasdiklanadi, sungra eksport shartnomaga identifikatsiya nomeri uzlashtirib
belgilangan shaklda ma‘lumotnoma beriladi.
Keyin shartnomaning bir nusxasi eksportchi tashqilotga berilib, ikkinchi nusxasi
ish yigma jiltiniga tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |