«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limiti har operatsion kunning oxirida uning
bank regulyativ kapitalining 20%idan oshmasligi lozim;
-
Summali ochiq valyuta pozitsiyasida uzun valyuta pozitsiyasi
ko‗rinishi o‗rnatiladi. Valyutani sotish va sotib olishda
bank faqat ochiq valyuta
pozitsiyasidan foydalanmaydi. Kun ora banklarda umumiy valyuta pozitsiyasi
«Nostro» schyoti bo‗yicha olib boriladi. Quyidagiga ko‗ra ular to‗lovi foydalanadigan
kungacha o‗rnatiladi. Agar to‗lovlar kirim bilan qo‗shilib ketsa, bir schyotdan boshqa
schyotga mablag‗larni o‗tkazishda xatolikka yo‗l qo‗yilsa, bunda bank kun ora ochiq
maxsus schyot bo‗yicha tekshirish o‗tkazadi.
CHet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi limitiga rioya
qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda valyuta operatsiyalarining bir
qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo‗yicha majburiyati va talablari
orasidagi nisbat o‗zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni
sotish va sotib olish
jarayonidagi valyutalar bo‗yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning
valyutaviy holati deyiladi. Valyutaviy holat ochiq va yopiq bo‗lishi mumkin.
Hohlagan bir valyuta bo‗yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning shu
xorijiy valyuta bo‗yicha aktivlarining majburiyatlaridan
oshgan summasi tushuniladi
va u uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi. Bank valyutani sotib olganda u uzun
valyuta pozitsiyasiga ega bo‗ladi va uni shu valyuta bo‗yicha boshqalar oldida talabi
oshadi, sababi sotgan tomon valyutani etkazib berish majburiyatini olgan.
Aksincha, shu valyuta bo‗yicha majburiyatlarning aktivlardan oshsa, ya‘ni xorijiy
valyutani sotish uni sotib olishdan yuqori bo‗lsa valyuta pozitsiyasi qisqa bo‗ladi.
Xorijiy valyuta sotganda qisqa valyuta pozitsiyasi yuzaga keladi,
sababi valyutani
sotib olgan tomongan etkazib berish majburiyati shakllanadi.
Agar valyuta bo‗yicha talablar va majburiyatlar teng bo‗lsa valyuta pozitsiyasi
yopiq bo‗ladi.
Valyuta pozitsiyasining umumiy holati(summasi) deganda barcha valyutalar
bo‗yicha uchun(qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi.
Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda ochiq
valyuta pozitsiyasi bo‗yicha qo‗yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga
oshirgan, ya‘ni
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
valyutani ko‗p sotib olgan bo‗lsa bo‗lsa, u holda valyuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan
valyutani sotib yuborish yo‗li bilan balanslashtirib yopiladi.
Vakolatli banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar,
ko‗chmas mulk, qimmatli qog‗ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib
olish bilan bog‗liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar
o‗zlarining joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta
pozitsiyasining chegarasini
mustaqil belgilashlari mumkin. Lekin filiallar bo‗yicha belgilangan ochiq valyuta
pozitsiyasining yig‗indisi bank bo‗yicha uning o‗z mablag‗larining 20%idan
oshmasligi lozim.
Vakolatli banklar har oyda oyning 3chi kunigacha Markaziy Bankka o‗zlarining
ochiq operatsiyalari va unga rioya qilinganligi to‗g‗risida hisobot berishlari lozim.
Hisobot quyidagi shaklda tuziladi:
Ochiq valyuta pozitsiyasi limitini hisoblash.
Aytaylik tijorat bankining regulyativ kapitala miqdori 50.000 so‗m. Bankning
xorijiy valyutalar bo‗yicha quyidagicha pozitsiyaga ega:
-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: