Toshkent moliya instituti ―bank ishi‖ kafedrasi


Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/78
Sana08.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#642935
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
bank ishi

Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar 
Valyuta opsionlari birinchi marta 1982 yilda Filadelfiya birjasida amalga 
oshirilgan. SHundan keyin valyuta opsionlari bilan savdolar jahonning ko‗pgina 
birjalarida amalga oshirila boshladi. Opsiondan investitsiya portfelining muhim 
elementi va sug‗urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uni qanday 
ishlatilishini bilish lozim. Fyuchers va forvard bitimlaridan farqli ravishda u 
majburiyat emas, balki huquqdir. 
Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u xaridorga biror 
valyutaning bozor narxlaridan qat‘iy nazar belgilangan miqdorini oldindan belgilangan 
vaqtda va kursda etkazib berish bo‗yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa belgilangan 
valyutani oldindan belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini beradi.
Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham xedjirlash 
vositasi sifatida qo‗llanilishi mumkin.
Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng ko‗lamda 
qo‗llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81 % birjadan tashqari 


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
bozorda amalga oshiriladi.
2
Valyuta opsionida fyuchers savdosida qatnashmaydigan 
ekzotik valyutalar uchun ham bitimlar tuzish mumkinligi uning ahamiyatini oshiradi. 
Valyuta opsioning muddati turli muddatlarda tuzish mumkinligi bilan ajralib turadi uni 
bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha tuzishingiz mumkin, ammo asosan 
muddatlar sifatida to‗liq muddatlar masalan bir hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi 
mumkin. 
Quyidagi etti omil opsion narxini shakllantiradi: 
1.
Valyuta kursi. 
2.
Strayk baho (realizatsiya bahosi). 
3.
Valyuta kursining volatillik darajasi. 
4.
Amalga oshirilish muddati. 
5.
Foiz stavkalaridagi farqlar. 
6.
Bitim turi (koll yoki put). 
7.
Opsionning modeli – amerika yoki evropa opsioni. 
Ushbu etti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi. Aynan valyuta kursiga 
qarab opsion narxi o‗zgaradi. Opsion narxini o‗zgarishini va uni shakllantirishda 
quyidagi indekslardan foydalaniladi. 
Delta
Delta yoki oddiy qilib aytganda A – opsion narxini shakllantirishdagi birinchi 
hosiladir. Bu indeksni uchta aspektda ko‗rishi mumkin: 
1.
Valyuta opsioning narxi valyuta kursining o‗zgarishiga bog‗liqligi 
sifatida. Masalan, opsion narxining o‗zgarishi A = 0.5 ga teng bo‗lsa demak, valyuta 
kursi o‗zgarishining yarmiga teng bo‗ladi. YA‘ni, valyuta kursi 10 % ga oshsa, valyuta 
opsioning kursi 5 % ga oshadi.
2.
Opsion riskini sug‗urtalash darajasi sifatida.
3.
Pozitsiyadagi ulush sifatida, ya‘ni koll xaridori sotib olish (uzun) 
pozitsiyada, put xaridori esa sotish (qisqa) pozitsiyada bo‗ladi. Va A = 0.5 da put 
xaridori ½ valyuta fyuchersini sotadi.
Gamma
2
Кравченко П.П ―Фьючерсный рынок и рынок опционов‖, Финансовый Менеджмент № 4/2001


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
Gamma – bu opsion narxini shakllantirishning ikkinchi hosilaviy modeli 
hisoblanadi va u deltaning o‗zgaruvchanlik darajasi hisoblanadi. Gamma 0 dan 100 % 
gacha bo‗lgan darajada o‗zgaradi.
Vega
Vega volatillikka nisbatan opsion narxining o‗zgarish darajasini belgilaydi. 
Masalan, V = 0.2 bo‗lsa, u opsion narxini 2 % ga oshishini belgiaydi va aksincha.
Teta
Teta indeksi (T) opsion narxining u amalga oshirilishi kerak bo‗lgan vaqtdan 
o‗tib ketgach opsion narxining kamayish darajasi belgilaydi. Masalan, T=0.2 bo‗lsa, 
bu opsion narxining har bir kun uchun 0.02 yo‗qotilishini anglatadi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish