-jadval
.
Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari
Taqqoslash belgilari
Fyuchers
Svop
Bitim tuzilish hajmi
Standartlashgan
10 mlndan yuqori hohlagan
summada
Belgilanadigan vaqti
Qat‘iy belgilangan vaqtda
Hohlagan paytda.
Boshqarishning qiyinlik
darajasi
Murrakab
Oddiy
Pozitsiyani tugatish
Qarama-qarshi bitim bilan.
Aksi yoki sotish.
Bitimni tugatish
birjada
Tijorat va investitsion banklar.
Valyuta fyuchers operatsiyalarining mohiyati shundan iboratki, bunda
standartlashtirilgan miqdordagi chet el valyutasini shartnomalar asosida kelgusida
ma‘lum vaqtda AQSH dollariga almashinuv tarzida etkazilib beriladi. Lekin valyuta
fyuchers shartnomalari ham, tovar fyuchers shartnomalari singari qayta-qayta sotilishi
mumkin, ya‘ni shartnoma ijro qilinish muddati kelgunga qadar bir haridordan ikkinchi
haridorga o‗tib turadi. Fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish jarayonida ikki
qoidaga qat‘iy rioya qilish muhim hisoblanadi: 1-qoida: valyuta kursining kelgusidagi
o‗zgarishini ko‗ra bilish; 2-qoida: fyuchers shartnomasining amal qilish vaqtida
valyuta kursining o‗zgarishini doimiy ravishda kuzatib borish.
Fyuchers shartnomasi egasi yuqoridagi qoidalar asosida valyuta bozorida
nomaqbo‗l jarayon vujudga kelishi mumkinligini ko‗ra bilishi natijasida,
shartnomadan o‗z vaqtida qutilish (ya‘ni sotib yuborish) choralarini ko‗radi, aks holda
u katta miqdorda zarar ko‗rishi muqarrar.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ikki vazifani bajaradi: birinchidan, fyuchers
shartnomalari investorlarga valyuta kursining bozordagi nomaqbo‗l ravishda
o‗zgarishi tufayli vujudga keladigan riskdan himoyalanish imkoniyatini bersa,
ikkinchidan, birjadagi broker va shu kabi qatnashchilarga fyuchers shartnomalari bilan
savdo qilish natijasida foyda olishga yordam beradi.
YUqoridagi fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki, agar valyuta kursi
qanchalik o‗zgaruvchan (tebranuvchan) bo‗lsa, fyuchers bozorida himoyalanishga
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
ehtiyoj shuncha ko‗p bo‗ladi. Valyuta kursining turli omillar ta‘sirida tinmay o‗zgarib
turishi natijasida yuzaga keladigan riskka javoban, ya‘ni undan himoyalanish
maqsadida valyuta fyuchers operatsiyalari joriy qilingan.
Valyuta fyuchers operatsiyalari amaliyotda keng qo‗llaniladigan forvard
shartnomalarining bir ko‗rinishi hisoblanadi. Bu ikki shartnomalarning asosiy farqi
shundan iboratki, forvard operatsiyalari birjadan tashqarida amalga oshirilsa, fyuchers
shartnomalari esa tartibli birjalarda amalga oshiriladi.
Valyuta fyuchers operatsiyalari orqali xedjirlash usulini eksport-import bitimlari
misolida ko‗rib chiqamiz.
Eksport-import
operatsiyalari bilan faoliyat ko‗rsatuvchi kompaniya
YAponiyaning tashqi savdo firmasidan yirik partiyadagi yapon soatlarini sotib olish
maqsadida muzoqaralar olib bormoqda, deb faraz qilaylik. YApon firmasi etkazib
beriladigan soatlar uchun hisob-kitoblar YAponiyaning pul birligi hisoblangan ienada
amalga oshirishni talab qilmoqda, chunki shartnomaga asosan yapon soatlari uchun
hisob kitoblar yapon ienasida emas, AQSH dollarida amalga oshiriladigan bo‗lsa, u
holda YAponiya kompaniyasi valyuta kursining tebranishi tufayli yuzaga keladigan
risk natijasida moliyaviy talofatga uchrashi mumkin.
Tuzilgan shartnomaga ko‗ra har bir yapon soatining narxi 2850 ienadan
belgilanib, 15000 dona soatni haridorga 7 oydan so‗ng 42750000 yapon ienasi
miqdoridagi to‗lovni amalga oshirib berishi zarur bo‗ladi.
Quyida shartnoma tuzilgan kundagi AQSH dollarining yapon ienasiga
almashtirish kurslarining joriy stavkalari keltirilgan:
1.
Joriy naqd almashtirish kursi 0.004173
2.
Iyun fyuchers shartnomasi bo‗yicha almashtirish kursi 0,004200
3.
Sentyubr fyuchers shartnomasi bo‗yicha almashtirish kursi 0.004237
4.
Dekabr fyuchers shartnomasi bo‗yicha almashtirish kursi 0.004265
YUqorida keltirib o‗tilgan kurslardan foydalangan holda, harid qilinayotgan
yapon soatlarining qiymatini aniqlashimiz mumkin. Joriy almashtirish kursi bo‗yicha 1
AQSH dollari 0.004173 yapon ienasiga teng bo‗lgan sharoitda, harid qilinayotgan
15000 dona yapon soatining qiymati 178.396 AQSH dollariga ega bo‗ladi.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Agar fyuchers bozoridagi valyuta kurslarini bo‗lajak almashtirish kurslari deb
qarasak, bunda AQSH dollarining yapon ienasiga nisbatan kursi pasayish ehtimoldan
holi emas. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‗yicha 1 AQSH dollari qiymati 0.004265
yapon ienasiga teng bo‗ladi deb olsak, u holda 15000 dona yapon soatining qiymati
182.329 AQSH dollariga teng bo‗ladi.
SHartnomaga asosan soatlarni etkazib berish va ular bo‗yicha hisob-kitoblar
dekabr oyida amalga oshirilishini e‘tiborga olsak, yapon soatlarini import qilayotgan
kompaniya 178.396 AQSH dollari emas, balki 182.329 dollar to‗lashi zarur bo‗ladi,
ya‘ni import qiluvchi kompaniya valyuta kursining tebranishi natijasida 3933 AQSH
dollari miqdorida zarar ko‗rishi ma‘lum bo‗lib qoldi.
YUqorida ko‗rsatib o‗tkanimizdek, eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat
ko‗rsatuvchi kompaniya va YAponiyaning tashqi savdo firmasi o‗rtasida tuzilgan
shartnomaga asosan 15000 dona yapon soatlari noyabr oiyda etkazib berish ko‗zda
tutilgan, shu sababli import qiluvchi kompaniya fyuchers bozorida ijro muddati dekabr
oyida bo‗lgan valyuta fyuchers operatsiyalarini amalga oshirishga qaror qiladi. Buning
sababi shuki, dekabr oyidagifyuchers shartnomasi ijro qilinadigan davrdagi valyuta
kursi import qiluvchi kompaniya uchun zaruriyat tug‗ilgan davrda (ya‘ni noyabr
oyida) shakllangan ―spot‖, ya‘ni real bozordagi valyuta kursiga juda yaqin turadi.
Ikkinchidan,
dekabr
fyuchers
shartnomalari
bilan
amalga
oshiriladigan
operatsiyalarning sarf-harajatlari boshqa davrdagi (ya‘ni matr, iyun, sentyabr oylari)
shartnomalari harajatlariga nisbatan ancha miqdorda kam bo‗ladi. Valyuta fyuchers
shartnomasining miqdori 12500 ming yapon ienasi miqdorida standartlashtirilganligi
bois import qiluvchi kompaniya navbatdagi muammoga duch kelishi mumkin, chunki
15000 dona yapon soatlari qiymatini to‗lash uchun unga 42750 ming yapon ienasi
zarur, u holda u fyuchers bozorida 3 valyuta valyuta fyuchers bitimini amalga
oshiridagan bo‗lsa, ularning umumiy miqdori 37500 ming yapon ienasiga, 4 ta valyuta
fyuchersi bitimini tuzadigan bo‗lsa, ularning umumiy miqdori 50 mln yapon ienasiga
teng bo‗lib qoladi.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |