«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
NYSE
- Nyu-York fond birjasi
SBF
- Parij birja
SES
– Singapur Fond birjasi a
SET
– Tailand Fond birjasi a
TSE
- Tokio fond birjasi
TSE
- Toronto Fond birjasi
LSEX
- London fondovaya LSEX
LIFFE
- London fyuchersnaya i opsionnaya LIFFE
CBOE
- CHikago opsion birjasi
PHLX
- Filadelfiya fond birjasi va boshqalar.
Fyuchers bozorining rivojlanishi va o‗sishiga asrimizning 70-yillarida sodir
bo‗lgan Bretton-Vuds valyuta tizimining inqirozi ham turtki bo‗ldi. Ushbu valyuta
tizimining inqirozidan keyin rivojlangan mamlakatlar valyuta kurslari to‗xtovsiz
tebrana boshladi buni oldini olish maqsadida CHikago savdo birjasida 1972
yilda
valyuta kurslari bo‗yicha birinchi fyuchers bitimlari tuzila boshlandi. 1982 yilda
shuningdek, London xalqaro moliyaviy fyuchers birjasi (The London International
Financial Futures Exchange - LIFFE), 1990 yilning oxirida muddatli shartnomalar
bo‗yicha nemis birjasi – Deutche Terminal Borse – tashqil qilindi.
Fyuchers
operatsiyalarining joriy qilinishiga eng asosiy turtki bo‗lib bozor
iqtisodiyoti sharoitida narxlarning va valyuta kursining doimiy ravishda o‗zgarib
turishi hisoblanadi. Bunday sharoitda narxlar va valyuta kursining o‗zgarishi natijasida
yuzaga keladigan riskdan himoyalanish chorasini izlab topish juda dolzarb bo‗lib
qoldi, chunki sanab o‗tilgan holatlar ta‘sirida xo‗jalik yurituvchi sube‘ktlar
jiddiy
moiyaviy talofot ko‗ra boshladilar, bu esa o‗z navbatida makroiqtisodiyotga ta‘sirini
ko‗rsatmay qolmaydi.
Fyuchers
operatsiyalari (inglizcha futures transaction-birja orqali amalga
oshirilidigan kelishuv yoki shartnoma) – tovar, moliyaviy aktivlarni shartnoma
tuzilayotgan davrdagi narxda ma‘lum muddat vaqt o‗tgach sotish yoki sotib olish
jarayonini anglatadi. Fyuchers
operatsiyalari fyuchers operatsiyalarini tuzish yo‗li
bilan amalga oshiriladi. Fyuchers kontrakti – tovar, moliyaviy aktivlarni kelgusida
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
etkazib berish to‗g‗risidagi ikki tomon o‗rtasida birjada tuziladigan shartnoma
(kelishuv)dir.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi
ma‘lum bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib
olish bitimidir. Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‗xshash
bo‗lib, lekin ular bir-biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi:
-
Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy
tarzdagi taklif asosida
tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy
qonunchilik
va
maxsus
muvofiqlashtiruvchi
organlar
tomonidan
tartibga
solinadi.forvard bitimlari esa birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning
ustidan nazorat tijorat va soliq qonunchiligiga asosan amalga oshirladi;
-
Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‗ladi, ya‘ni
ularning summasi va sanasi
standart shaklda bo‗ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz ehtiyojiga qarab tuziladi;
-
Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab
kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha
hech qanday to‗lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda
ta‘minot talab etishi mumkin;
-
Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi.
Kliring palatasi marjasini o‗tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi
tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari
esa ikki tomonlama bitim
bo‗lib, unda hech qanday vositachilar bo‗lmaydi.
Bu ikki bitimni quyidagi jadval orqali qiyosiy harakteristikasini keltirib o‗tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: