Kirish
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) jahonda oltin, uran ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar ontaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bolgan toliq ishlab chiqarish jarayonini ozlashtirgan, Ozbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning 999,9 soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar boyicha birjalarida Ozbekistonning brendiga aylandi.
Mustaqillik yillarida Navoiy KMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoydi. Amaldagi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini qurish natijasida kombinat mahsulot ishlab chiqarishda salmoqli yutuqlarga erishdi.
2.I NKMKning asosiy bolinmalari:
- Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri);
- Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri);
- Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri);
- 1-GMZ kon boshqarmasi (Navoiy shahri);
- 5-kon boshqarmasi (Zafarobod qorgoni);
- Navoiy mashinasozlik zavodi;
- Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi;
- Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi.
Songgi 25 yilda kombinat tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi:
1. 2-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)
2. Qizilqum fosforit majmuasi
3. 4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ)
4. 7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)
Bugungi kunda 5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ) qurilishi davom etmoqda va 6-gidrometallurgiya zavodi (6-GMZ) qurilishi loyihasi boyicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash ishlari yakunlandi.
2011 yildan buyon Muruntov konida kotarish balandligi 270 metr bolgan, quvvati boyicha dunyoda yagona Tik-qiya konveyeridan samarali foydalanilmoqda.
NKMK respublikamizning eng yirik sanoat korxonasi bolib, zamonaviy konchilik asbob-uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlangan, malakali muhandis, mutaxassis kadrlarga ega. Kombinatda o‘n ming nafardan ortiq oliy maʼlumotli mutaxassis faoliyat yuritadi, ulardan 27 nafari fan nomzodi va 9 nafari fan doktoridir.
Kombinat zamonaviy sanoat klasteri bo‘lib, unda ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasining yangi shakllarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Kombinatning Innovatsiya markazi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida maʼdanni qazib olish va qayta ishlashning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |