CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-385-393
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 389 E-mail: carjisor@carjis.org
ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Allohga ishonch-e‟tiqodi yo‟q, xudodan, dindan
qaytgan, xudosiz ma‟nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil,
diyonatsiz kabi dunyoviy imon mazmuni ham aks etgan. Bu shunday og‟ir diniy va
dunyoviy haqoratki, o‟tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo‟lgan oriyatli kishilir
haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo‟q
kishilar esa mahalla-ko‟yda, yaqin kishilari orasida la‟natlangan hisoblangan, unday
kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh berolmasa ko‟chib
ketishgacha borilgan.Demak, imon inson hayoti va faoliyatiga asos bo‟ladigan diniy
va dunyoviy ma‟naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimidir.
Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson
kamolotiga bevosita daxldor bo‟lgan ma‟naviyat deb qarashimiz lozim.O‟zbeksiton
mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo‟shayotgan fuqarolarning imoni mustaqillik
ishiga fidoyilik, millatparvarlik, vatanparvarlik, baynalminalchilik, porloq kelajakka
ishonch, davlatimiz ramzlariga sadoqat, milliy g‟urur va iftixor tuyg‟ularini o‟zida
tarbiyalash, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o‟zida
namoyon etishidan iborat.
Demak, insoniylikning muhim shartlari – diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik
va halollilikni imon tushunchasi o‟z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo‟lgan
insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo‟ladi. Imonsiz kishilardan
uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo‟lmagani uchun ham ba‟zi
odamlarga nisbatan imonsiz so‟zini ishlatamiz.Endi shaxs ma‟naviy fazilati
imonlilikning ba‟zi tushunchalarini izohlashga o‟tamiz. Ularning mazmuni, mohiyati
v amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o‟zimizning kundalik hatti-
harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda yuksak insoniylikka, komillikka
tomon eltadi, demakki imonimiz mustahkamlana boradi. Imonning boshi – taqvo.
Taqvo – har noto‟g‟ri ishga qo‟l urishda – Allohdan qo‟rqish, yomon ishlardan
saqlanish. Allohdan qo‟rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo‟l
urmaydi, oxiratda javob berishini o‟ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to‟g‟ri
bo‟ladi, poraxo‟rlik qilmaydi, qasamxo‟r bo‟lmaydi, birovni aldamaydi, yolg‟on
gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga
ham taqvodor bo‟lish nasib etsin. Bu o‟zimizga bog‟liq. Sharm-hayo ham imonlilik
belgisi sanaladi. Sharm – har bir odamning nojo‟ya, yomon hatti-harakatlardan o‟zini
tiya olish, uyalish hissi. Hadisi shariflarda aytilishicha, odam eng avvalo, o‟zidan
uyalishi kerak. Nojo‟ya, yomon qilmishi, hatti-harakati uchun o‟zidan uyalgan odam
o‟zgaga ham nojo‟ya hatti-harakatni ravo ko‟rmaydi. O‟zidan uyalmagan odamda
sharm bo‟lmaydi. Demak, sharm odam o‟z nojo‟ya hatti-harakati uchun o‟z vijdoni,
diyonati oldida javob berish hissi, desak bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |