CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-385-393
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 390 E-mail: carjisor@carjis.org
Hayo – bu o‟zbekcha uyat demakdir. Hayosiz, behayo deyilganida, uyatsiz ish
qilganda hijolat chekmaydigan, odob-ahloqsiz kishi tushuniladi. Hayo erkak kishiga
nisbatan ayollarda tabiatan ko‟proq bo‟ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba‟zi
so‟zlarni, hatti-harakatlarni ayollar turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar,
hayo ularga yo‟l bermaydi. Hayoli bo‟lish, bu faqat uyatli so‟zni aytmaslikda emas. U
bundan ham ko‟ra kengroq ma‟no va mazmunga ega. Sharm-hayoli bo‟lish insonni
hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O‟z nojo‟ya hatti-harakatidan uyalish
hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib
tarbiyalash oiladan boshlanadi. U milliy tarbiyamizning muhim jihatini tashkil
etadi.Imonli bo‟lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning
o‟ziga nomunosib yoki ep ko‟rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va
nomus qilish tuyg‟usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.Oriyat -
or-nomusdan tashqari izzat va nafs, qadr tuyg‟usidir. Odatda oriyatli odamlar o‟zlari
va oilalarining, tug‟ishganlarining izzat-nafsi, qadr-qimmatini, hurmatini yuksak
tutib, boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga
loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.Nomus – bu iffat, bokiralik ma‟nolaridan
tashqari kishining o‟z mavqeini saqlash, ulug‟lash va ardoqlash, hijolat tortish
tuyg‟usini, oila va ajdodlar sha‟niga dog‟ tushirmaslik ma‟nosini ifodalaydi.
Ko‟pincha, biror kishini, uning oila a‟zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u
kishi bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat
bormi o‟zi, deb hitob qilinadi.Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-
nomusli, oriyatli bo‟lib kelgan, shuning uchun ular o‟z yurtini, uning tuprog‟ini,
onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o‟zlari uchun or
deb bilganlar. Ko‟rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik
tuyg‟ulari yashiringandir.Bunday ezgu maqsadlarga esa inson faqat yuksak
ma‟naviyat, uzluksiz ma‟naviy tarbiya orqaligina erishishi mumkin. Vijdon –
insonning o‟z faoliyatini, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ichki ruhiy tahlil
eta olish imkoniyatidir. Imon – inson qalbidagi vijdon tarozisidir. Vijdon asosida har
bir kishi o‟z qilmishlarigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi
voqea-hodisalarga, ijtimoiy vaziyatga baho beradi.Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin
tushuncha. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe‟l-atvori uchun
avvalo o‟zi oldida, qolaversa, oila, jamiyat va vatan oldida ma‟naviy mas‟uliyat his
etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g‟azabga keladi, ularga
qarshilik bildiradi; o‟z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo‟lsa,
yomon tomonlaridan norozi bo‟lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O‟zini
bilgan odamga vijdon azobidan og‟irroq jazo yo‟q. Shuning uchun xalqimizda vijdon
azobi go‟r azobi degan maqol ishlatib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |