JAVOBLAR
1
. Kasb tanlashga Yo’llash eng avvalo odam imkoniyatlari va u yashayotgan muhitning
bir qancha sharoitlarini o‘rganishdan boshlanadi. Bularni umumlashtirib mehnat
ekspertizasi deb aytiladi. Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda
kasb tanlashga alohida e‘tibor berish kerakligini ta‘kidlashi uning yoshlarni kasb
-hunarga yo’llash masalalariga alohida e‘tibor bilan yondashganini ko’rsatadi.
Uning fikricha, har bir inson faqat unga tegishli bo’lgan xususiyatlargagina egadir,
unga o’xshagan insonlar kamdan-kam bo’ladi. Kasb tanlashga yo’naltirish davlatning
tadbir – choralari tizimidan iborat bo’lib inson tomonidan tanlanadi, o’z hayot
yo‗lining ilmiy asoslanganligini ta‘minlashga xizmat qiladi, u turmushda o’z
o’rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) maktabda kasbiy ma‘lumotlar berish;
2) kasb – hunar maorifi bilan shug‗ullanish:
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslahatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab
chiqqan bo’lib, u “Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagi” deb nomlanib, o’zining
ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga
yo’llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin. Kasb tanlashga
yo’naltirish uchburchagining muhim bir tomoni – bu har xil kasb – hunar egasiga
nisbatan qo’yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir.
Kasb tanlashga yo’naltirilgan uchburchak shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o’zini
o’zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o’zida mujassamlashtiradi.
2
. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi sharoitlarga ko‘pgina kasbga asoslangan omillar ta’sir
etadi. Bular kasb tanlovchilaming qiziqish va manfaatlari, qobiliyatlari, sog‘lig‘ining
darajasi va jamiyatni kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari hisoblanadi. Kasb tanlashning
o‘ziga xos formulasi bo‘lib, u quyidagilarda ko‘rinadi. Bu kasb tanlovchining quyidagi
fikrlarida “xohlayman”, “ bajara olaman”, “kerak” degan fikrlarida ko‘rinadi. Kasb
tanlovchilaming kasb tanlashlariga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda
birinchi o‘rinda shaxsning kasbga bo‘lgan ehtiyoji, uning motivlari, layoqati,
qiziqishi, iqtidori va qobiliyati kabilar turadi. Yoshlarda kasb tanlashga ta’sir etuvchi
qator tomonlar bordir. Bular ularning sulolasi, ota-onasi, aka-ukalari, qavmu-
qarindoshlari, atrofidagi namuna boiadigan insonlar, avlodlar bilan bogliq jarayonlar,
atoqli shaxslar bilan b o g iiq voqealar, allomalar to‘g‘risidagi malumotlar va shu
kabilami ko‘rsatish mumkin. Kasb tanlashda bu kabi omillar ham o‘z ta’sirini
o‘tkazishi mumkin boiadi. Kasb tanlovchilardagi havas, orzu va bularga erishish kabi
tomonlar ularni shu kasbni tanlashlariga har doim intilib turishga majburlaydi. Masalan,
avlodarida kimdir yaxshi vrach bolsa kasb tanlovchi xuddi shu insonga o‘xshab vrach
bolishga va aynan shu inson kabi yaxshi nom chiqarishga harakat qiladi. Bu undagi
havas bo’lib doimo shu kasbni tanlashga undab turadi. Xuddi shunday jumalist,
olim, modeler, yaxshi tikuvchi.
3
. Kasb tanlash jarayonida yoshlarda sodir bo‘ladigan o ‘ziga xos jarayonlar bu
undagi jismoniy va ruhiy o‘zgarishlarda, o‘zidagi o‘zgarishlar asosida o‘zini katta
inson b o ‘lib borayotganini bilib borishi, atrofdagilami unga nisbatan kattalardek
munosabati va shu kabi jarayonlar insonni endi o‘z hayotini qurish uchun kasb
tanlashiga olib keladi. Kasb tanlash uchun esa unga bilim va malakalar juda
zarurdir. Kasb tanlayotgan inson o‘zining psixologik jarayonlarini va psixologik
xususiyatlarini boshqarishi va ulardan foydalanishi zarur bo‘ladi.
В. M. Tanlov ko‘rsatib o ‘tganidek kasb tanlashdagi insonni har xil xatti - harakati,
uning o‘ziga xosligi, uning ishonchi, qiziqishi, bilmi, layoqati, odati, o‘ziga xosligi
shaxs psixologik hayoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Insonda yuz berayotgan jarayonlaming
psixologik va fiziologik tomonlarining asosi bu u yoki bu darajada sodir bo‘layotgan
shartli bog‘lanishlar hisoblanadi. B.M. Teplov bir xil sharoitlarda ham insonlar bir -
biridan ajralib turishini, ulami bilim olishida, ish bajarishdagi psixo fiziologik
imkoniyatlari har xil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tdi. Bu jarayon I.P.Pavlov tomonidan
nomlagan nerv tizimiga yoki oliy nerv faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. I.P.Pavlov
tasawuricha nerv tizimini uchta xususiyati mavjud. Bu uning kuchi, harakatchanligi
va muvozanatligidir. Bular nerv tizimining xususiyatlari o‘zaro munosabatda insonga
xos bo‘lgan 4 ta temperamentni shakllantiriadi. Bular sangvinik, xolerik, flegmatik va
melanxolik tiplardir. Bular esa insodagi jismoniy va psixologik jarayonlarda, ulaming
holalarini tushuntirib berishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu kabi ko‘plab
tadqiqotlarda kasb tanlovchining psixologik va jismoniy sog‘lomligi masalasi
ko‘rilgandir.O‘qituvchi o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganida uning
psixologik va fiziologik holatlarini ham o‘rganib boradi. Tanasi sog‘ va ruhi sog‘lom
bo‘lgan o‘quvchi o‘zi tanlayotgan kasbni aniq va irodasiga asoslanib tanlab oladi. Yosh
davrlari o‘ziga xos bo‘lgan psixologik va jismoniy tuzilishni olib keladi. Kasb
tanlashda bolalami yoshiga asosan o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda kasbga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Bu sohada avvaldan ham
insonlami ma’lum bir yoshiga qarab ajratishlar bo‘lgan.
4
. Professiogrammani tajribada tekshirish - mehnat psixologiyasida muayyan kasbga
nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni eksperimental ravishda tekshirib ko‘rish.
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, qolgan bir qismini –
inson psixikasiga quyiladigan talablar, ya‘ni kasb qobiliyatlari ro’yxat tashkil qiladi.
Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o’z ichiga oladi, bu turli mezonlari
bilan ifodalanadi: texnologik, gigienik, psixologik va boshqalar. Har qanday kasbni
o‘rganish va tavsiflash har doim ma‘lum maqsadni kozlaydi va shu maqsadga
bo‘ysunanadi.
Professiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda bo’lishi
mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigienik sharoitlarni hisobga olish va
uni sog‘lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy maslahat va kasbiy
tanlovni asoslashga; mehnatga baho berish normativlarini, mehnat xavfsizligi
saviyasini kutarish va boshqalar.