8.1-rasm. Benk of Amerika (AQSh) va Doychebank (Germaniya)
aktivlarining umumiy hajmida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan
investitsiyalarning salmog’i
17
, 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra (foizda)
8.1-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki, AQShning ―Benk of
Amerika‖ banki va Germaniyaning ―Doychebank‖i aktivlarining umumiy hajmida
yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar sezilarli darajada
yuqori salmoqni egallaydi. Bu esa, mazkur banklarning joriy likvidliligini yuqori
likvidli qimmatli qog’ozlar hisobidan ta’minlanishi bilan izohlanadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda
kredit va foiz risklarini boshqarishga alohida e’tibor qaratiladi
18
. Bu esa, risk-
menejmentini takomillashtirishga olib kelgan.
8.2. Banklar investitsion operatsiyalarini boshqarish printsiplari
17
Расм муаллиф томонидан
www.bankofamerica.com
ва
www.db.com
сайтлари маълумотлари асосида
тузилган.
18
Ephraim Clark , Davide Salvatore Mare, Nemanja Radic Cooperative banks: What do we know about competition and risk
preferences? J. Int. Financ. Markets Inst. Money 52 (2018) 90–101 journal homepage: www.elsevier.com/locate/intfin
103
Tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini boshqarish bir qator
printsiplarga atyanadi. Ana shunday muhim printsiplardan biri bo’lib, bank
investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish printsipi hisoblanadi.
Korporativ qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
yuqori riskli bo’lganligi sababli tijorat banklari qimmatli qog’ozlar portfelini
diversifikatsiyalashga katta e’tibor beradilar.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari investitsiya portfelini
diversifikatsiya qilishda 7 foizli me’yoriy chegara keng qo’llaniladi. Ya’ni, bir
emitentning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar tijorat banki investitsiya
portfelining 7 foizidan oshib ketmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining
investitsion faoliyatiga nisbatan uchta iqtisodiy me’yor belgilangan.
* tijorat bankining bir emitentning qimmatli qog’oziga qiladigan
investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 15 foiizdan oshib
ketmasligi kerak;
* tijorat bankining oldi-sotdiga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlariga
qiladigan investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan
oshib ketmasligi lozim;
* tijorat bankining barcha emitentlarning qimmatli qog’ozlariga qiladigan
investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 50 foizidan oshib
ketmasligi kerak.
Tijorat banklari investitsion operatsiyalarining risk darajalari va
daromadliligi o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash printsipi ham asosiy
printsiplardan biri hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda valyuta optsionlarining ikki standarti mavjud bo’lib,
ushbu standartlar risk darajasiga ko’ra bir-biridan keskin farqlanadi. Valyuta
optsionlarining birinchi standarti evropa standarti deb ataladi va bu optsionlar o’z
egasiga faqat shartnoma muddati tugagandan so’ng optsiondan foydalanish
huquqini beradi. Valyuta optsionlarining ikkinchi standarti esa, amerika standarti
deyiladi va mazkur optsionlar o’z egasiga optsion shartnomasi muddatining
104
istalgan vaqtida optsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta
optsionlarining amerika standartida risk darajasi evropa standartiga nisbatan yuqori
hisoblanadi
19
.
Valyuta fyuchersi bozorini beqaror valyuta kursi hukm surayotgan
mamlakatlarda tashkil etish lozim. Valyutalarning beqaror bo’lishida eng avvalo
mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy tadbirlarga ishonchning yo’qligidadir.
Qayd etish joizki, derivativlar bilan amalga oshiriladigan spekulyativ
operatsiyalar yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi va ular tijorat banklariga katta
miqdorda zarar keltirishi mumkin. Bunga aniq misol qilib 1995 yil 25 fevralda
bankrot deb e’lon qilingan Angliyaning ―Berings‖ bankini keltirish mumkin.
Holbuki, ushbu bank 233 yillik tarixga ega edi.
Berings bankning Singapur filiali treyderi Nik Lison bankning passividagi
barcha bo’sh turgan pul mablag’larini Singapur fond birjasiga chiqib, Yaponiya
korporatsiyalarining fyuchers va optsionlarini sotib olishga yo’naltirdi. Oradan 3
kun o’tgandan so’ng Yaponiyaning Kobe shahrida dahshatli zilzila bo’ldi. Zilzila
natijasida Yaponiya korporatsiyalarining fyuchers va optsionlarining bahosi keskin
pasayib ketdi. Natijada, Berings bank 1,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida zarar
ko’rdi.
Berings bankining Prezidenti dunyoning eng boy odamlaridan biri
hisoblangan Bruney sultoni bilan do’st edi. U bankni qutqarib qolish uchun Bruney
sultonidan 1,0 mlrd. dollar qarz so’radi. Ammo sulton tavakkal qilishni hohlamadi.
Oxir-oqibat 233 yillik tarixga ega bo’lgan Berings bank bankrot bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining tijorat banklarida valyutalarni sotib olish
maqsadida berilgan optsionlar 92728-«Optsion bitimi bo’yicha sotib olish»
hisobraqamining debetida va 96379-«Optsion bo’yicha sotib olish kontr
hisobvarag’i»ning kreditida hisobga olinadi.
Tijorat banklarining valyuta optsionlaridan oladigan daromadlari 45404-
hisobraqamining kreditida, optsionlardan ko’rilgan zararlar esa, 55306-
hisobraqamining debetida hisobga olinadi.
19
Красавина Л.Н. Международные валютно-кредитные отношения. – М. ФиС, 2013. – С. 173-176.
105
Qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari moliyaviy broker sifatida
qimmatli qog’ozlarni oldi-sotdisida mijozni hisobidan va uning topshirig’i bilan
komissiya shartnomasi yoki shartnoma topshirig’iga muvofiq agentlik funksiyasini
bajaradi. Tijorat banklarining komission muomalalari (operatsiyalari) o’z
mijozning topshirig’iga muvofiq banklar komission operatsiyalarni bajaradi.
Bunda ular mijozning topshirig’iga muvofiq komissioner sifatida o’z nomlaridan,
mijozning hamma ko’rsatmalarini, masalan kurslarni cheklash, kelishuvlarni vaqti
va kelishuv o’tkaziladigan joy to’g’risidagi ko’rsatmalarni bajarishi lozim.
Bu xizmatlar uchun bank mijozdan komissiya haqi, qo’shimcha xarajatlar
kompensatsiyasini olishi kerak, chunki bu ishlar mijoz topshirig’ini bajarilishiga
bog’liq tadbirlardir. Komission kelishuv tipi ikki shartnomani tuzishni ko’zda
tutadi:
- bank (komissioner)va mijoz(komitent) o’rtasidagi komission shartnoma;
- bank komissioner va uchinchi kelishuv qatnashchisi o’rtasidagi oldi-sotdi
shartnomasi, qoida bo’yicha, komitent sotib oluvchi qimmatli qog’ozlarni sotib
olish shartnomasini tuzishdan oldin, vositachi-bank ixtiyoridagi o’zini hisob
varaqasiga pul mablag’larini o’tkazadi. O’tkazilgan pul mablag’lari qimmatli
qog’ozlarni sotib olishga etadigan darajada bo’lishi kerak.
Qimmatli qog’ozlarlarni sotishga bog’liq shartnoma komissiyasini tuzishda,
komitent sotuvchi vositachi-bankda sotishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarni
deponentlashtiradi.
Qimmatli qog’ozlarning investitsion jozibadorligi banklarning investitsion
operatsiyalarini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Shu sababli, banklarning
investitsiya portfelini daromadliligi va risk darajalari o’rtasidagi mutanosiblikni
ta’minlashda sotib olinadigan qimmatli qog’ozlarning investitsion jozibadorligiga
alohida e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |