Microsoft Word olmadan kompot tayyorlash va saqlash texnologiyasi doc



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana04.06.2022
Hajmi3,26 Mb.
#637169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
olmadan kompot tayyorlash va saqlash texnologiyasi

1. UMUMIY QISM 
1.1. Olmaning navlari va geografik kelib chiqishi 
O‘zbekistonda ekilayotgan olmaning barcha navlari geografik kelib chiqishi 
bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. 
Mahalliy Markaziy Osiyo; 
2. 
G‘arbiy Yevropa; 
3. 
Shimoliy Amerika; 
4. 
Rossiya; 
5. 
Qrim
6. 
Respublika ilmiy tadqiqot institutlarida ishlab chiqarilgan yangi navlar.
Mahalliy Markaziy Osiyo 
navlari mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, 
issiqqa chidamlidir. Xorazm olmalari tuproq sho‘riga ham chidamli, mevasining 
ta’mi va tovar sifatlari o‘rtacha, mazasi shirin, asosan erta muddatlarda pishadi. 
G‘arbiy Yevropa navlari 
mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, meva 
sifatlari ancha yuqori, tovar sifatlari o‘rtacha, asosan avgust va sentabr oylarida 
pishadi. Qish davrida nisbatan yaxshi saqlanadigan navlari bor (Oq rozmarin). 
Rossiya navlarining 
(Oqnaliv, Renet Simirenko, Borovinka va boshqalar) 
ta’m sifatlari yaxshi, tovar sifatlari o‘rtacha. 
Qrim navlari 
(Kandil Sinap, Sariq Sinap) yuqori hosildor, meva sifatlari 
yaxshi, lekin mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashmagan. Sovuqqa va issiqqa 
chidamsiz, shuningdek kech hosilga kiradi. 
Shimoliy Amerika navlari 
(Zolotoye Grayma, Vaynsep, Belfler, Golden 
delishes, Starkrimson va b.) guruhi asosan Amerika Qo‘shma Shtatlari navlaridir. 
Mahalliy sharoitlarda yaxshi o‘sadi, hosilga kirish muddatlari o‘rtacha. Mevasining 
ta’mi va tovar sifatlari yuqori. 
Respublikamiz navlari 
asosan R.R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, 
uzumchilik va vinochilik institutida va uning filiallarida ishlab chiqarilgan. 
Samarqand to‘ng‘ichi, Toshkent borovinkasi, Afrosiyob, Mehmoni, Saratoni va 
boshqa navlar shular jumlasidandir. Ular mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, 


11
issiqqa va sovuqqa chidamli. Mevasining ta’m va tovar sifatlari yaxshi, asosan erta 
va o‘rta pishar navlardir. 
Qayd etilgan olmaning madaniy navlari guruhlaridan yangi nav olishda 
birlamchi material sifatida foydalanish mumkin. Yangi nav olishda olmaning 
yovvoyi guruhlaridan ham keng foydalanish zarur. Ular ham zamonaviy nav uchun 
zarur bo‘lgan muhim xo‘jalik belgilariga ega. Respublikamiz olma navlari 
majmuini yaxshilash, yangi navlar ishlab chiqarish va chet el seleksiyasining eng 
yaxshi navlarini introduksiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Respublikamizda olma seleksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 

erta yoz muddatlarida (iyun) pishadigan, ho‘l va qayta ishlangan holda 
iste’mol etishga yaroqli; 

kech kuzda (oktabr) pishadigan, mevalari ho‘l holda kamida 150-200 kun 
saqlanadigan; 

mevalarining o‘rtacha og‘irligi 150-200 g. keladigan vitaminlarga, 
mikroelementlar va biologik faol moddalarga boy, ta’m va tovar sifatlari yuqori 
(4-5 ball) bo‘lgan; 

respublikamizning barcha iqlim va ekologik sharoitlariga moslashgan, 
Renet Simirenko va Oq Rozmarin tipidagi navlar; 

asosiy kasalliklarga, vegetatsiya va tinim davrida stress omillarga 
(qurg‘oqchilikka, issiqqa, past haroratlarga) chidamli; 

sug‘orish, o‘g‘itlash va boshqa agrotexnik tadbirlarga sezgir; 

shox-shabbalari kichik, mexanizatsiya, shakl berish va hosilni terish 
uchun qulay bo‘lgan, kuchsiz o‘suvchi, spur tipidagi hosil beruvchi; 

kech gullaydigan, o‘zini-o‘zi changlaydigan, muntazam hosil beruvchi 
navlar ishlab chiqarish kerak.
Olma seleksiyasida navlar aro va turlar aro chatishtirish ko‘proq qo‘llaniladi. 
Geografik jihatdan uzoq joylashgan, ya’ni har xil ekologik sharoitlarda 
shakllangan ota-ona juftlarini chatishtirish eng yaxshi natijalar beradi. Geografik 
jihatdan uzoq joylashgan ota-ona juftlarini tanlashda zamonaviy chet el navlaridan 


12
foydalanish kerak. Ular ko‘pchiligi kuchsiz o‘suvchi, shox-shabbalari kichik va 
spur tipida hosil beruvchi navlar jumlasiga kiradi. Shuning uchun mahalliy 
navlarni G‘arbiy Yevropa va Amerika navlari bilan chatishtirish kerak. Mahalliy 
tez hosilga kiruvchi, kuchsiz o‘suvchi navlarni introduksiya qilingan spur tipidagi 
navlar bilan; mevalari qishda yaxshi saqlanadigan mahalliy navlarni eng yaxshi 
chet el qishki navlari bilan; seleksiyada chet el navlaridan foydalanilganda 
retsipron chatishtirish tavsiya etiladi. 
Chatishtirish natijasida olingan duragay urug‘larini saqlash, ekish, nihollarni 
o‘stirish, tanlash, sinash va eng istiqbolli nihollarni ko‘paytirish, hamda nav sinash 
hay’atiga topshirish umumiy qabul qilingan qoidalar asosida bajariladi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish